PROTSESSORLAR, TURLARI VA XUSUSIYATLARI
REJA:
1.
Protsessorlarning tuzilishi,
protsessorlarning ichki registrlari, turlari,
xususiyatlari va bajaradigan vazifalari,.
2.
Boshqarish qurilmasi, arifmetik-mantiqiy qurilma, mashina takti va mashina
sikllari, protsessor turlari, matritsali va vektorli protsessorlar.
3.
Qo‘zg‘almas va suriluvchi vergulli bo‘lgan protsessorlar,
Intel va AMD
protsessorlari.
4.
Pentium sinfi protsessorlari, turli xil firmalarda ishlab chiqilgan
protsessorlar turlari va imkoniyatlari.
Kalit so‘zlar: CPU, Mikroprotsessor, shina, Intel-4004, yadro, kesh, tranzistor,
vakum lampa, taktli chastota, gerts.
CPU
– (Central Processor Unit – Централное процессорное устройство) –
Markaziy protsessor qurilmasi. Protsessor (yoki mikroprotsessor) – bu
kompyuterning barcha
operatsiyalarini bajaruvchi, barcha tizimlarni hamda
kompyuterning barcha elementlarini boshqarishni amalga oshiruvchi qurilmadir.
Kompyuterning buyruqlarni tahlil qiluvchi va bajaruvchi funksional qurilmasi.
Protsessor kamida buyruqlarni boshqarish qurilmasi va arifmetik-mantiqiy
qurilmadan iborat bo‘ladi. Muayyan buyruqlarning aniq bajarilishini ta’minlovchi
funksional qurilma.
Protsessor
inglizchada “Process” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “jarayon”
—
jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi. Kompyuter
Protsessori asosan kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va
boshqarish vazifalarini bajaradi. Asosiy oʻlchov birligi chastota hisoblanadi.
Protsessor chastotasi uning maʼlum vaqt ichida nechta
amalni bajara olishini
ifodalaydi.
Protsessor
(lot. processus — surilish) — elektron mashinaning dastur
(programma) da koʻzda tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish,
barcha
hisoblash jarayonlarini, hisoblash mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini
boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy qurilmasi. Asosiy qismlari:
arifmetikmantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi.
Arifmetikmantiqiy qurilmada
axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. Boshqarish qurilmasi
xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab
chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish
signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi.
Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi.
Jismonan mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ni
u umumiy
maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega
kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib,
ustiga
protsessorning
barcha
ishlarini
bajaradigan
sxemalar
(qoliplar)
joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda,
plastmassa yoki sopoldan
tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni
bo‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. Hisoblash tizimida
parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlar –
ko‘p protsessorli tizimlar deb ataladi. (7.1-rasm)