bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun
mo‘ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar
ijrosini jadallashtirish
uchun AMQga qo‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi);
(2)
Boshqaruv Qurilmasi (BQ)
– oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari
va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv
signallarini (boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning
barcha bloklariga
zaruriy fursatlarda uzatib boradi, bajarilayotgan operatsiyada
foydalaniladigan
xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni
EHMning tegishli bloklariga
uzatadi, mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli
impulslar generatoridan oladi;
(3)
Registrlar
– uzunligi turlicha bo‘la oladigan tez
ishlovchi xotira uyalari
(standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo‘lgan AXQ uyalaridan
farq qiladi); Mikroprotsessorning Interfeys Tizimi – ShKning boshqa qurilmalari
bilan ulanib, aloqa bog’lashni ta’minlaydi; o‘z ichiga
MPning ichki interfeysi va
xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va
tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.
(4)
Boshqaruv mantig'i
-barcha protsessor tugunlarining o‘zaro ta'sirini
tashkil qiladi, ma'lumotlarni qayta yo‘naltiradi, protsessorni tashqi signallar bilan
sinxronlashtiradi,
shuningdek, axborotni kiritish va chiqarish protseduralarini
amalga oshiradi.
(5)
Uzilishlarni boshqarish sxemasi
- protsessorga keladigan
uzilish
so‘rovini qayta ishlaydi, uzilishlarni qayta ishlash dasturining boshlanish manzilini
(uzilish vektor manzili)
aniqlaydi, joriy buyruqni bajargandan va protsessor
registrlarining joriy holatini saqlagandan so‘ng ushbu dasturga o‘tishni ta'minlaydi
(xotira stekida).
(6)