• Kesh xotira
  • Intel va AMD protsessorlari.
  • Protsessorlar, turlari va xususiyatlari reja




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/7
    Sana08.09.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #270622
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    PROTSESSORLAR

    Tezligi (Clock Speed)
    - protsessorning ish unumdorligini tasvirlovchi asosiy 
    ko‘rsatgich. Bu taktli chastota bo‘lib, Gers (HZ) da o‘lchanadi. Protsessorning bir 
    sekunda bajaradigan amallar soni. Hozirgi kunda uning tezligi GHZ da o‘lchanadi. 
    Agar protsessorning taktli chastotasi 1.6 GHZ bo‘lsa, u sekundiga 1 600 000 ta amal 
    bajara oladi. Taktli chastota qancha yuqori bo‘lsa, protsessor tezligi shuncha yuqori 
    bo‘ladi. 
    Yadrolar- 
    muhim ahamiyatga ega ko‘rsatgich. Bu bitta integral sxemada 
    joylashgan protsessorlar soni. U fizik jixatdan bitta platada yasalgan bo‘lsada, 
    alohida parallel ishlovchi protsessorlardan tashkil topadi. Bu protsessorlar ko‘p 
    yadroli hisoblanadi. Uning ishlash tezligi yadrolar soni bilan bog‘liq. Masalan Intel 
    Core 2 protsessorining bitta yadorsi taktli chastotasi 3 GHz bo‘lsa, uning umumiy 
    tezligi 2* 3 GHz=6GHz bo‘ladi. Deyarli hozirgi kundagi barcha protsessorlar ko‘p 
    yadroli hisoblanadi (7.5-rasm). Yadrolar bir-biridan mustaqil ravishda parallel 
    ishlaydi. Va kompyuterning umumiy ishlash tezligi ortadi (7.6-rasm). 
    Kesh xotira- 
    mikroprotsessorning ishlash jarayonida qayta ishlayotgan 
    ma’lumotlarni saqlab turuvchi, eng tezkor xotira bo‘lib, u mikroprotsessorning 
    ichida joylashgan bo‘ladi (7.6-rasm). Uning o‘lchami Mbaytlarda o‘lchanadi. Kesh 
    xotira qancha katta bo‘lsa, protsessorning ish umumdorligi shuncha katta bo‘ladi. 
    Kesh xotira bundan tashqari pog‘onalar bilan markirovka qilinadi (7.7-rasm). L1, 
    L2, L3, L4 –bu pog‘onalarning mavjudligi, protsessorning unumdorligini belgilaydi. 
    7.6-rasm. Yadrolar soni 
    7.7-rasm. Kesh stixlari. 


    Intel va AMD protsessorlari. 
    AMD va Intel o‘rtasidagi protsessorlarni ishlab chiqarishdagi raqobat 
    ikkalasining ham mahsulotlari doimiy ravishda takomillashtirilib borilishiga 
    olib keldi va bugungi kunda ular sifat jihatidan ancha taqqoslanadi, aks holda 
    kimning protsessorlari yaxshiroq degan savol tug'ilmaydi. Biroq, yaqin 
    vaqtgacha AMD Athlon protsessorlari shunga o‘xshash Intel mahsulotlariga 
    qaraganda ko‘proq mashhur edi. Bir muncha vaqt o‘tgach, o‘ziga xos «ikki 
    hokimiyat» o‘rnatildi, unda aniq rahbar yo‘q edi. AMD'ning Phenom 
    protsessori va Intel'ning Core 2 Duo protsessorlari ishlash va funksionallik 
    jihatidan juda o‘xshash edi. Shu bilan birga, AMD asosan byudjet protsessorlari 
    ishlab chiqaruvchisi o‘rnini egalladi, bu ko‘plab yangi haridorlarni jalb qildi. 
    Intel o‘ch olish uchun uzoq kutishga to‘g‘ri kelmadi – kompaniya Nehalem 
    arxitekturasida ishlaydigan i5 i3 protsessorlarini chiqardi. AMD tomonidan 
    munosib javob bo‘lmadi va Intel yetakchi o‘rinni egalladi. 

    Download 0,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Protsessorlar, turlari va xususiyatlari reja

    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish