|
Psixikaning fiziologik mexanizmlari. Psixogenez muammosi
|
bet | 4/12 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 208,22 Kb. | | #130365 |
Bog'liq KOMILOV DILMUROD Oliy nerv faoliyati va markaziy sistemasi fiziologiyasi (2)
Psixikaning reflektor tabiati, xususiyati to’g’risida mulohaza yuritilganda rus olimi I. M.Sechenov va uning shogirdlari tomonidan to’plangan materiallar tasavvur etiladi. I.M.Sechenovning "Bosh miya reflekslari" nomli asarida qat'iy ravishda fikr bildirishicha, "ong va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro’y berish usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir". Psixik hodisa sifatida ongning harakati tanasiz ruhning xususiyatiga emas, balki tadqiqotchining mulohazisiga qaraganda, ro’y berish, vujudga kelish usuliga, tuzilishiga binoan refleksga o’xshash xislatga ega bo’lgan jarayondir. Shundan kelib chiqqan holda fikr yanada rivojlantirilsa, psixik (ruhiy) hodisa insonning shaxsiy g’oyalarini, hissiy kechinmalarini, sezgi va idrok jarayonlarini o’zi kuzatish jarayonida aks etuvchi voqelikdangina iborat emas. Balki u refleks singari tashqi qo’zg’atuvchilarning ta'sirini va unga javoban bildiriladigan harakat reaktsiyasini ham o’zida mujassamlashtiradi. Ma'lumki, I.M. Sechenovgacha bo’lgan psixologik, fiziologik nazariyalarda insonning ongida obrazlar, tasavvurlar, mulohazalar, g’oyalar tarzida in'ikos (aks) ettiriluvchi hodisalarni psixologiya fanining predmeti sifatida tan olinar edi. Lekin bu psixologik voqelik Sechenov tomonidan organizmning muhit bilan o’zaro ta'sir harakatining alohida shaklidan iborat ekanligi, psixologik yaxlit jarayonning ayrim holatlari, uning lahzalari tariqasi tushuntirildi. Psixologiyada tan olib kelinayotgan psixik jarayonlar ongning ichida tug’iladi va uning ichida yakunlanadi, degan g’oya I. M. Sechenov tomonidan inkor qilinadi, asossiz da'vo ekanligi ta'kidlanadi. I.M. Sechenovning fikricha, psixik hodisa bus butun (yaxlit) reflektor harakat tufayli yuzaga keluvchi va uning mahsuli bo’lishi bilan birga ham vujudga kelmagan, lekin ta'sir o’tkazish ehtimoli mavjud kutilmadan boxabar qiluvchi omil funktsiyasini ham bajaradi, ya'ni ilgarilab ketuvchi bashorat vazifasini ijro etadi. Bunday dadil ilmiy mushohadalar psixik jarayonlar umuman qanday rol o’ynashi mumkinligi, ularning o’rni to’g’risida tasavvurga ega bo’lish uchun moddiy negizni vujudga keltiradi. Psixik jarayonlar organizmda signal va boshqaruv (regulyativ) funktsiyasini ijro etib, o’zgaruvchan shart-haroitlarga harakatni moslashtiradi, shuningdek, mazkur daqiqada yuqori samaraga erihishni ta'milaydi.
Psixik jarayon miyaning bo’lmalari (tarkibiy qismlari) funktsiyasi tariqasida tashqi olam (borliq) to’g’risidagi axborotning qabul qilinishi, saqlanishi, qayta ishlanishini o’zida mujassamlashtiruvchi javob faoliyatining idora qiluvchisi hisoblanadi. Shuning uchun odamlarning bilimlari borliq to’g’risidagi tasavvurlari, shaxsning shaxsiy tajribalarining yig’indisi (majmuasi) reflektor harakat tarkibiga kiradi. Shunday qilib, psixik hodisalar deganda miyaning tashqi (qurshab turgan olam) va ichki (fiziologik tizimdagi organizmning holati) ta'sirlarga javobini tushunmoq kerak. Boshqacha so’z bilan aytganda, psixik hodisalar: birinchidan, bu faoliyatning favqulodda ta'sir etayotgan (sezgilar, idrok), ikkinchidan, o’tmish tajribada (xotira) aks etgan qo’zg’atuvchiga javob tarzida ro’yobga chiqadigan, mazkur ta'sirni umumlashtiradigan, uchinchidan, pirovard natijalarni (tafakkur, xayol) oldindan payqashga yordam beradigan, to’rtinchidan, monoton ta'sirotlar oqibatida faoliyatni (his-tuyg’u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, beshinchidan, umuman faollashtirib yuboradigan, o’zgacha ta'sirotlar natijasida uni tormozlaydigan, oltinchidan, shaxs xulq-atvoridagi (temperament, xarakter va hokazolar) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy regulyatorlari (idora qiluvchilari) dir. Shuni ta'kidlab o’tish joizki, I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi ta'limotini xaspo’shlab berdi. Bu ilg’or g’oya, muhim ta'limot, nazariya rus olimi I.P.Pavlov (1849-1936) tomonidan eksperimental tasdiqlandi va xususiy holatlarda keng ko’lamda yaqqollashtirildi. I.P.Pavlov ham odamlarning, ham hayvonlarning tashqi muhit bilan o’zaro harakati miya bilan boshqarilishi qonuniyatini ochgan edi. Uning mazkur qonuniyatlarga taalluqli qarashlari yig’indisi birinchi va ikkinchi signallar tizimi to’g’risidagi ta'limot tariqasida fan olamida arzigulik mavqe egalladi.
|
| |