Ko'rish analizatorining ahamiyati




Download 208,22 Kb.
bet8/12
Sana05.01.2024
Hajmi208,22 Kb.
#130365
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KOMILOV DILMUROD Oliy nerv faoliyati va markaziy sistemasi fiziologiyasi (2)

Ko'rish analizatorining ahamiyati. Ko'rish a'zosi - ko'z yordamida odam tevarak-atrofdagi buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini ajratadi; o'simlik va hayvonot olamini o'rganadi; rassomlik, me'morlik, haykaltaroshlik san'atlarining mahsulotlaridan bahramand bo'ladi, tabiat go'zalliklaridan zavqlanadi.

Ko'rish odamning mehnat faoIiyatida muhim o'rin tutadi. Ko'rish orqali inson o'qishni, yozishni va mehnatning boshqa turlarini o'rganadi, bilim oladi, hunar egallaydi. Binobarin, ko'rish orqaIi odamning ichki dunyosi boyiydi, uning tevarakatrof, tabiat, san'at haqidagi tushunchasi ortadi, fikrlash qobiliyati, aqlidroki, ongi rivojlanadi.
 
Ko'zning ko'rish qobiliyati normal saqlanishi ko'p jihatdan har bir odamning o'ziga bog'liq. Buning uchun quyidagi gigiena qoidalariga rioya qilish zarur:
- ish, o'qish joyida yorug'lik yetarli (100-150 lyuks) bo'lishi talab etiladi. Yorug'lik chap tomondan tushishini ta'minlashga e'tibor berish kerak. Shu bilan birga, haddan tashqari kuchliyorug'lik nuri ko'z to'r pardasidagi retseptorlarni o'ta qo'zg'atib, ko'zning tez toliqib qolishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ish joyida qo'llaniladigan elektr lampasining usti soyabon bilan to'sib qo'yiladi;
- o'qiganda, yozganda daftar va kitob ko'zdan 35-40 sm uzoqlikda bo'lishi kerak. Shuningdek, chizmachilik, tikish va boshqa mayda nozik ishlarni bajarganda ham shu qoidaga amal qilish kerak;
- o'quv-yozuv, chizmachilik, tikish kabi mashg'ulotlar bi¬Ian shug'ullanganda har 12-15 minutdan keyin yarim-bir minut davomida uzoqdagi daraxtlarga, buyumlarga qarash lozim. Chunki yaqinga qarab ish bajargan vaqtda ko'z qorachig'i kengayib, ko'z ichidagi bosim ortadi va ko'z toliqadi. Uzoqqa qaraganda esa ko'z qorachig'i torayib, ko'z ichidagi bosim pasayadi va ko'z dam oladi;
-avtobus, tramvay, metro, poezd va boshqa transport vositalarida ketayotganda o'qish yaramaydi, chunki bu vaqtda qo'ldagi kitob yoki jurnal, gazeta bir tekis turmaydi, balki qimirlab turadi. Bu esa ko'z gavhari shaklining uzluksiz o'zgarib turishiga sabab bo'ladi va ko'zni toliqtirib, uning xiralanib qolishiga sabab bo'ladi. Shuningdek, yotib o'qish ham zararli; uzoq vaqt davomida televizor ko'rish ham ko'zni toliqtiradi;
- ko'zni quyosh nuridan, yonib turgan olov shu'lasidan, changdan va shunga o'xshash noqulay ta'sirlardan himoya qilish lozim. Shuningdek, ko'zni qo'l barmoqlari bilan ishqalash yaramaydi. Ko'z qichishsa, toza bint yoki ro'molcha bilan avaylab qovoq ustidan silash mumkin;
- kundalik ovqat tarkibida A vitamin yetishmasligi tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlar faoliyati buzilishiga va ko'rish o'tkirligi pasayishiga sab.ab bo'ladi. Shuning uchun tarkibida A vitamini bo'lgan taomlar Uigar, tuxum, sariyog', sabzi, qovoq, baliq ikrasi kabilar)ni muntazam iste'mol qilish kerak;
- zararli odat bo'lgan chekish, spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlik ko'zning turli kasalliklari yuzaga kelishiga sabab bo'ladi;
- bolalar ko'zining har xil ranglarga sezuvchanligini oshirish uchun ularga yoshligidan har xil rangdagi o'yinchoqlarni, rasmlarni ko'rsatib, ularning rangini aniqlashga o'rgatib, chiniqtirib borish kerak;
- ko'zni chiniqtirish uchun bolalar yoshlikdan boshlab tennis, basketbol, voleybol, futbol, otish kabi sport turlari bilan shug'ullanib borishlari maqsadga muvofiq bo'ladi.


3-FAKT.Eshitish

Download 208,22 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 208,22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko'rish analizatorining ahamiyati

Download 208,22 Kb.