|
Psixofiziologiya faningning kelib chiqishi va tarixi. Sezgilar a`zolar xaqida ta fakt. Sensor jarayonlari
|
bet | 10/12 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 208,22 Kb. | | #130365 |
Bog'liq KOMILOV DILMUROD Oliy nerv faoliyati va markaziy sistemasi fiziologiyasi (2)5-FAKT. Teri orqali sezish.
Terida uch xil: og'riqni, haroratni, siypalash va bosimni sezuvchi (taktil) retseptor lar bor (7-rasm). Og'riqni sezuvchi retseptorlarning soni taxminan II millionga yaqin. Ular himoya vazifasini o'taydi, ya'ni og'riq sezish tufayli odam o'zini noqulay ta'sirdan chetga oladi, himoyalanadi. Mashhur fransuz faylasufi Volter 200 yil muqaddam «hamma xavf-xatarda og'riq odamning eng ishonchli qo'riqchisidir, u doim ehtiyot bo'ling, hayotin gizni avay]ang va asrang, deb uqtiradi»,- deb yozgan edi.Teridagi og'riqni sezuvchi retseptorlarning qo'zg'alishi sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miyadagi quyi nerv markazlariga, ulardan oraliq miyadagi po'stloq osti markziga va nihoyat, bosh miya yarim sharlari po'stlog'ining orqa markaziy pushtasida joylashgan sezish markazlariga boradi. Markazdagi nerv hujayralarida ta'sir analiz va sintez qilinib, og'riqning tabiati aniqlanadi. Ta'kidlash lozimki, ichki a'zolarda sodir bo'lgan og'riq, shu a'zolarning miyadagi markazlariga berilishi bilan birga, tananing mazkur a'zo joylashgan teri sohasiga ham tarqaladi. Masalan, yurak sanchib og'riganida ko'krak qafasining chap tomonida va chap qo'l sohasida og'riq seziladi. Bundan tashqari, tananing qaysi qismida og'riq paydo bo'lsa, mazkur to'qimalardagi retseptorlarning qo'zg'alishi miyadagi og'riqni sezuvchi markazdan tashqari, boshqa to'qima va a'zolarning markazlariga ham tarqaladi. Shuning uchun ham tananing qaysi bir qismida og'riq paydo bo'lsa, juda ko'p boshqa refleks reaksiyalari yuzaga keladi, ya'ni muskullarning tarangligi ortadi, yurak urishi va nafas olish tezlashadi, qon bosimi ko'tariladi, odam terlaydi, ko'z qora¬chig'i torayadi va boshqa noxush belgilar paydo bo'ladi. Bunday holat simpatik nerv sistemasining qo'zg'alishi, buyrak usti bezidan adrenalin gormoni ajralishining ko'payishi tufayli sodir bo'ladi. Bu o'zgarishlar odam organizmi o'zini himoya qilish, og'riqqa bardosh berish uchun ichki rezerv kuchlarini safarbar qilganligini ko'rsatadi.
Teridagi haroratni sezuvchi retseptor]arning soni 300 ming atrofida bo'lib, ulardan 30 mingtasi sovuqni, qolganlari issiqni sezadi. Sovuqni sezuvchi retseptorlar terining yuzarog'ida, issiqni sezuvchilari esa chuqurroq qavatida joylashgan.
Siypalashni va bosimni sezuvchi retseptorlar 500 ming atrofida. Bu retseptorlarning sezuvchanligi terining turli qismiarida bir xil emas. Burnn uchida, lab terisida, qo'l barmoqlari uchida va oyoq osti yuzasida sezuvchanlik juda rivojiangan bo'ladi. Shuning uchun ko'zi ojiz kishilar oyoqlari bilan paypaslab qulay yo'lni topadi, qo'l barrnoqlari bilan paypaslash orqali pulni va boshqa buyumlami aniqlaydi. Ko'rinib turibdiki, siypalash retseptorlari ma'lum darajada ko'rish a'zosi funksiyasini bajarishi mumkin.
Teri retseptorlarining muhim xossalaridan biri tashqi muhit ta'sirlariga moslashishdir. Masalan, qo'l issiqroq suvga botirilganda oldiniga issiqlik kuchli sezilib, so'ngra u bilinmay qoladi. Bunga
|
| |