• Ikkinchi guruh
  • Uchinchi guruh
  • Psixologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari




    Download 221,49 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana04.06.2024
    Hajmi221,49 Kb.
    #259935
    1   2   3
    Bog'liq
    42-44

    www.pedagoglar.uz
    41-son 1–to’plam fevral 2023 
    Sahifa: 43 
    tekshirish, qiyoslash maqsadida qo‘llaniladi. Nemis olimi V.Shtern, fransuz olimi 
    R.Zazzo, rus olimlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Muxina 
    va boshqalar bu usuldan keng foydalandilar. Bu usulda kuzatish «Ona kundaligi» 
    singari nomda ham atalishi mumkin. Psixologik tadqiqotlar ilmiyligini oshirishda 
    bir necha fanlar hamkorligiga suyanib kompleks metodlar qo‘llaniladi. Hozir 
    muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, kosmik psixologiya, tibbiyot 
    psixologiyasidagi ko‘pgina kashfiyotlar shu usullar bilan ochilmoqda. 
    Ikkinchi guruh
    – empirik metodlarga kuzatish, eksperiment, test, so‘rov, 
    sotsiometriya, faoliyat jarayoni va uning mahsulini tadqiq qilish, tarjimayi hol 
    kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnostika va prognozlash vazifalarini 
    bajaradi.
    Uchinchi guruh
    metodlari natijalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, 
    ular statistik (miqdoriy) va psixologik (sifat) tahlili turlariga bo‘linadi. To‘plangan 
    ma’lumotlarni qayta ishlab chiqishda matematik formulalardan foydalaniladi. 
    Tadqiqot metodlarining to‘rtinchi guruhi – genetik va donalash metodlaridan 
    iboratdir.
    Genetik metodga asoslanib psixik o‘zgarishlar bilan rivojlanish 
    bosqichlarining bevosita bog‘liqligi ildizi aniqlanadi. Uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik 
    uchun yig‘ilgan materiallar maxsus bosqichlarga ajratib sharhlanadi. Quyida 
    psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tadqiqot metodlarining empirik metodlar 
    guruhini tahliliy ko‘rib chiqamiz: Kuzatish metodi. Psixologiyada keng 
    qo‘llaniladigan bu metodning mohiyati shundaki, tadqiqotchi mutaxassis boshqa 
    odamning xatti-harakatlarini, xulq-atvorini, psixikasining tashqi ko‘rinishlarini 
    kuzatadi va xulosa chiqaradi. Ilmiy kuzatishlar jarayonida tadqiqotchi kuzatadigan 
    obyektlarni nihoyatda diqqat bilan aniq o‘rganishi, pala-partishliklarga yo‘l 
    qo‘ymasligi lozim. Psixik holatning tashqi alomatlariga ishongan holda ish ko‘rish 
    har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Odamning xatti-harakatlarini to‘g‘ri talqin 
    qilish ayniqsa muhimdir. Ba’zida o‘quvchi juda diqqat bilan tinglayotgandek 
    ko‘rinsa ham, tamomila boshqa narsa haqida o‘ylab o‘tirgan bo‘ladi. Binobarin, 
    bolalar holatini bilmoqchi bo‘lsangiz, yolg‘iz ko‘z yugurtirib turishning o‘zi kifoya 



    Download 221,49 Kb.
    1   2   3




    Download 221,49 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari

    Download 221,49 Kb.
    Pdf ko'rish