– guruh uchun tarqatma material




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/180
Sana14.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#231480
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   180
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

1– guruh uchun tarqatma material.
Seskanuvchanlik va sezuvchanlik haqida
 
Inson psixikasining paydo bo’lishi va rivojlanishi masalasi tadqiqotchilar 
oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Organik va 
anorganik materiya doimo harakatda, o’zgarishda va rivojlanishda bo’ladi.
Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti masalasi bilan atoqli rus psixologi 
A.I.Leontyev, zoopsixologlar K.E.Fabri va A.I.Seversov shug’ullanganlar.
K.E.Fabri eng sodda hayvonlar psixikasi taraqqiyotini ikki bosqichga – quyi va 
yuqori bosqichga bo’ladi. Psixik taraqqiyotning quyi bosqichi bir xo’jayrali,
qisman ko’p xo’jayrali hayvonlarga xos bo’lib, bu bosqichda psixika primitiv 
holatda bo’ladi va hayvon tashqi ta’sirlarga sekanuvchanlik bilangina javob 
beradi. O’simlik va hayvon shaklidagi barcha tirik organizmlar o’z 
evolyutsiyasining hamma bosqichlarida aks ettirishning biologik shakli 
seskanuvchanlikka ega bo’ladi. Seskanuvchanlik tirik organizmning biologik 
ta’sirlarga javob berish qobiliyatidir.


143 
Oddiy seskanuvchanlikni bir xo’jayrali hayvonlarda ham ko’rish mumkin.
Ular muhitning ta’siriga harakatlanish bilan javob beradilar. Biologik ta’sirlarga 
organizmning o’ziga xos harakatlari bilan javob berish usuliga tropizm yoki 
taksis deyiladi. Tropizmning bir qancha turi farq kilinadi. Buni quyidagi 
jadvaldan ko’rish mumkin:
Tropizm turlari
Fototropizm 
Tapotropizm 
Termopropizm 
Geleotropizm 
Xemotropizm 
Barotropizm 
Gidrotropizm 
Ko’pxo’jayrali hayvonlarda qo’zg’aluvchanlikning yangi shakli – 
sezuvchanlik mavjuddir. A. N. Leontyevning gipotezasiga ko’ra sezuvchanlik 
genetik jihatdan olganda seskanuvchanlikning o’zidir. U ham muhitning tashqi 
ta’sirlariga javob berish asosida vujudga keladi. Faqat sezuvchanlik 
seskanuvchanlikka nisbatan yuqoriroq bosqichdir.
K.E.Fabri fikricha, psixik taraqqiyotning ikkinchi bosqichi ko’p xo’jayrali 
hayvonlarga xosdir. Ko’p xo’jayrali hayvonlarda aks ettirish bir muncha yuqori 
bo’ladi. Bunday hayvonlarga kavakichlilar (gidra, meduza) ni kiritish mumkin. 
Ular ham bir xo’jayrali hayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin kavakichlilar 
o’zining tuzilishi jihatdan bir xo’jayrali hayvonlardan ancha murakkabdir. 
Ularning murakkabligi xo’jayralarning bir-biridan farq qilganligidadir: 
tanasining tashqi qismidagi xo’jayralar qoplagich, ichki xo’jayralar esa xazm 
qiluvchi bo’ladi.
Evalyusiya zanjirining yuqoriroq pog’onasida turgan ko’p xo’jayrali 
hayvonlarda tana tuzulishi ham ancha murakkablashadi, yer sharoitiga mos 
o’zgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarni aks ettiradigan sezgi organlari 
vujudga keladi, aks ettirish ham murakkablashadi.
Tugunli nerv sistemasiga ega bo’lgan hayvonlarda aks ettirish faqat 
shartsiz reflekslar orqaligina bo’lmaydi, balki hayot davomida ta’sirlanishning 
tug’ma turiga nisbatan ancha yangi, serharakat shakli – shartli reflekslar xosil 
bo’ladi.
Tugunsimon nerv sistemasining murakkabroq shakllari atrofni aks ettirish 
imkoniyatini oshiradi. Ancha murakkab tugunsimon nerv sistemasiga ega 
bo’lganlardan o’rgimchaksimonlar va xashoratlarni olish mumkin. Ularning 
organizmi ancha murakkab tuzilishga ega. Hayvonlarning evolyutsiyasi 
natijasida ularning reseptorida ajralish (spesializasiya) yuz bera boshlaydi.
Masalan, qisqichbaqaning uzun mo’ylovi – tuyg’u organi, kaltalari hid biluvchi 
organlardir.

Download 1,78 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   180




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish