|
Izolyasiyalovchi qisqichlarining tuzilishi va ishlash prinsipi Pdf ko'rish
|
bet | 122/199 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,08 Mb. | | #236514 |
Bog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978Izolyasiyalovchi qisqichlarining tuzilishi va ishlash prinsipi
Izolyasiyalovchi qisqichlar. Izolyasiyalovchi qisqichlar saqlagichlar bilan
ishlash uchun, izolyasiyalovchi qoplamalar va to‘siqlarni o‘rnatish, hamda olish
va shunga o‘xshash ishlarni bajarishda qo‘llaniladi. Izolyasiyalovchi qisqichlar
o‘rniga, zaruriy hollarda universal kallakli izolyasiyalovchi shtangalarni qo‘llash
lozim.
Qisqichlar ishchi (qisqich tishlari), izolyasiyalovchi qism va dastakdan
tashkil topgan. Izolyasiyalovchi qisqichning o‘lchamlari quyidagi jadvalda
keltirilgan.
Elektr uskunalarining nominal
kuchlanishi, (kV)
Uzunligi, (mm)
izolyasiyalovchi qismi
dastagi
1 kV gacha
CHeklanmaydi, qo‘llashga qulay
6 kV dan 10 kV gacha 450 150
450
150
10 kV dan yuqori, to 35 kV gacha 750
200
Elektr o‘lchovchi qisqichlar. Elektr o‘lchovchi qisqichlarga qo‘yilgan
umumiy texnik talablar, «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik
texnikasi qoidalari» da keltirilgan.
Elektr o‘lchovchi qisqichlar, elektr uzatish tarmoqlarida ularning
yaxlitligini buzmasdan tarmoqdagi tok, kuchlanish va quvvatni o‘lchash uchun
ishlatiladi. 10 kV kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida ishlatiladigan
elektr o‘lchovchi qisqichlar ishchi, izolyasiyalovchi qismlar va dastakdan tashkil
topgan. Qisqichning ishchi qismi ochilib ѐpiladigan magnit o‘tkazgichdan,
chulg‘amdan va olib qo‘yiladigan ѐki ichiga o‘rnatilgan o‘lchov asbobidan tashkil
topgan. Izolyasiyalovchi qismi va dastagi esa, elektr izolyasiyalovchi materialdan
tayѐrlangan, hamda minimal uzunligi 380 mm, dastaginiki 130 mm bo‘lishi lozim.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarining zanjirlarida o‘lchovchi
qisqichlar bilan foydalanilganda, chiqariladigan asboblarni ishlatish, shuningdek,
o‘lchov chegarasini tok o‘tkazuvchi qismlardan qisqichlarni olmay turib almashlab
ulash man qilinadi. O‘lchash ishlari olib borilaѐtganda, qisqichni osilib turgan
holda ushlash lozim. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun
qo‘llaniladigan qisqichlar, ishchi qismdan (ajratgichli magnit o‘tkazgich, chulg‘am
va o‘lchov asbobidan), hamda bir vaqtning o‘zida izolyasiyalovchi qismli tayanch
va dastak vazifalarini bajaruvchi korpusdan iborat.
Sinov savollari:
1. Izolyasiyalovchi himoya vositalarining turlari.
2. Izolyasiyalovchi qoplamalarni saqlash shartlarini gapiring.
3. Izolyasiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblarini qanday
kuchlanish bo‘lgan elektr uskunalarda qo‘llaniladi?
4. Izolyasiyalovchi operativ shtangalar bilan qanday ishlar bajariladi?
5. Erga ulash shtangalari qanday o‘lchamlarda bo‘lishi kerak?
6. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish larmoqlarida
ishchini bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ishlashi uchun mo‘ljallangan
izolyasiyalovchi qurilma va moslamalar qanday materiallardan tayѐrlanadi?
7. Izolyasiyalovchi qisqichlar o‘lchamlari haqida ma’lumot bering.
8. Elektr o‘lchovchi qisqichlar nima uchun ishlatiladi?
9. Kuchlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
10. 1000 V dan yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli indikator
lampali asboblarning minimal o‘lchamlari.
11. 1000 V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatkichlarini ishlash
jaraѐni nimaga asoslangan?
|
| |