Kuchlanish ko‘rsatgichining minimal o‘lchovlari
Elektr uskunalarning nominal
kuchlanishi, (kV)
Uzunligi, (mm
)
izolyasiyalovchi qismi
dastagi
1 kV gacha
CHeklanmaydi, qo‘llashga qulay holda belgilanadi
2 kV dan 15 kV gacha 700 300
700
300
15 kV dan 35 kV gacha
1100
400
35 kV dan yuqori, to 110 kV
gacha
1400
600
150 kV
2000
80
220 kV
2500
800
500 kV
4000
1000
Kuchlanishi 10 kV dan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida, 5-jadvaldagi
uzunlikka mos bo‘lgan izolyasiyalovchi shtangalarga mahkamlangan, 2-10 kV
kuchlanish uchun mo‘ljallangan kuchlanish ko‘rsatgichidan foydalanish mumkin.
Kuchlanish ko‘rsatgichining sezgirligi, uning lampasi past kuchlanishda
ѐnishi bilan, ya’ni signal lampasining barqaror nurlanishi bilan tavsiflanadi.1000 V
dan yuqori kuchlanishda qo‘llaniladigan ko‘rsatgichning ѐnish kuchlanishi, ushbu
elektr uskunalari me’ѐriy (nominal) kuchlanishining 25 foizini tashkil qilishi zarur.
Kuchlanish ko‘rsatgichining o‘lchamlari 7-jadvalda keltirilgan
o‘lchamlardan kam bo‘lishi kerak emas.
7-jadval
Kuchlanish ko‘rsatgichining minimal o‘lchovlari
Elektr
uskunalarning
nominal kuchlanishi, (kV)
Uzunligi, (mm)
izolyasiyalovchi qism dastaki
1 kV gacha
CHeklanmaydi
1 kV dan 10 kV gacha 230 110
1 kV dan 10 kV gacha 230 110
1 kV dan 10 kV gacha 230 110
10 kV dan 20 kV gacha
320
110
35 kV
510
120
110 kV
1400
600
110 kV dan 220 kV gacha 2500
800
1000 V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgachlari.
Kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichlarining ishlash jaraѐni, elektrostatik
induksiya jaraѐniga asoslangan. Asbobning cho‘g‘lanish lampasi, uning signal
elementi hisoblanadi.
Ushbu asbob, 6-35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida, ochiq
va ѐpiq taqsimlovchi elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish
uchun mo‘ljallangan.
Ushbu kuchlanish ko‘rsatgichi ishchi qism, zaryadlovchi uskuna va 110 kV
kuchlanishli izolyasiyalovchi teleskopik shtangadan tashkil topgan. Kuchlanish
ko‘rsatgichi, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismga yaqinlashtirilgan
sari chastotasi ko‘payib boruvchi impulsli ѐrug‘lik signali bera boshlaydi.
Kuchlanish ko‘rsatgichi uning sozliligini tekshiruvchi biriktirilgan
qurilma va tok manbaiga ega, hamda zaryadlovchi uskuna bilan jihozlangan.
Kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichi, hamda gazorazryadli lampa osti
kuchlanish ko‘rsatgichi bilan kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish tartibi bir xildir.
Ushbu asbobni erga ulash talab qilinmaydi.
1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlari.
1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini
tekshirish uchun nazorat lampasi (cho‘g‘lanuvchi lampali va ikki o‘tkazuvchi simli
patron) dan foydalanish man etiladi. CHunki nazorat lampasidan
foydalanilganda, fazalararo kuchlanishga ulanish natijasida, uning
portlashi va buning natijasida ishchilarning elektr ѐyi, hamda shisha
bo‘laklaridan jarohat olishlariga xavf tug‘ilishi mumkin.
1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini
tekshirish uchun, ikki tipdagi asbobdan: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokli elektr
uskunalari uchun, aktiv tok ta’sirida ishlaydigan ikki qutbli kuchlanish
ko‘rsatgichidan, o‘zgaruvchan tokli elektr uskunalari uchun sig‘im toki ta’sirida
ishlaydigan bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichidan foydalaniladi.
Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi, elektr sxemasi elementlari
joylashgan ikki korpusdan tashkil topgan.
Korpuslar bir-biri bilan havo elektr uzatish tamoqlarida ishlatish
uchun, uzunligi 1 m dan kam bo‘lmagan, qolgan elektr uskunalari uchun, uzunligi
0,6 m dan kam bo‘lmagan mustahkam izolyasiyali egiluvchan mis sim bilan
ulangan.
Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi bir korpusda joylashgan.
Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi esa, ko‘rsatgichli asbob turida ham
bajarilishi mumkin (masalan, cho‘ntakda olib yuriladigan IN-92 turidagi
voltmetr).
Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichining elektr sxemasi, gazorazryadli
indikator lampadan lampaga parallel ulangan qarshilik, qo‘shimcha
qarshiliklar va kontakt-uchliklardan tashkil topgan.
Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichining elektr sxemasi qo‘shimcha
qarshilikli gazorazryadli indikator lampadan, kontakt-uchlikdan va
operatorning qo‘li tegib turuvchi korpusning ѐn tomonida joylashgan
kontaktdan iborat.
1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichida indikator lampasining ѐnish
vaqtidagi kuchlanishi, 90 V dan oshmasligi lozim 1000 V gacha bo‘lgan
kuchlanish
ko‘rsatgichining
tuzilishi
kontakt-uchlikni
o‘qi
bo‘ylab
harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Kontakt-uchlikning izolyasiya qilinmagan
qismining uzunligi, 20 mm dan oshmasligi lozim. Ikkilamchi zanjirlarda ish
bajarish jaraѐnida uchlikning izolyasiya qilinmagan qismidan 5 mm gacha qoldirib,
qolgan qismiga, elektr izolyasiyalovchi materialdan tayѐrlangan trubka kiygizib
qo‘yish tavsiya qilinadi.
Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichini ikkilamchi zanjir sxemalarini
tekshirishda, elektr hisoblagichlarni ulaganda, faza simini aniqlaщda,
elektr lampa patronlarini, o‘chirgichlar, saqlagichlar va boshqalarni ulash uchun
ishlatish tavsiya qilinadi. Bunda, kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish jaraѐnida,
indikator lampasi tashqi kuchlanish ta’siri doirasida ham ѐnishi mumkinligini
e’tiborga olish zarur. Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichlari. Ushbu
asboblar havo va kabel elektr uzatish tarmoqlari, hamda 3-110 kV kuchlanishli
transformatorlarning ishchi kuchlanish ostida fazalarini sozlash uchun
mo‘ljallangan.
Asbob tuzilishi jihatidan izolyasiyasi kuchli egiluvchan sim bilan bir-
biriga ulangan elektrizolyasiyalovchi trubkali ikki korpusdan tashkil topgan.Uning
elektr sxemasi gazorazryadli indikator lampa, kondensator va
qarshiliklardan iborat. Asbobning izolyasiyalovchi qismini minimal uzunligi, 7-
jadvalga mos kelishi zarur. Ushbu asboblarni ishlatish tartibi, ishlatish
yo‘riqnomasi asosida aniqlanadi.
|