Ishning bajarilishi: 1 . Ish bajariladigan tajriba qurilmasinmg tuzilishi bilan tanishing
(4.14-rasm).
2. Tormoz kolodkasini ajratib oling va undagi tormoz tasma
sining qalinligini o ‘lchang.
%
3. Tormozni yig'ing va tajriba qurilmasini ishga tayyorlang.
4. O'qituvchi ruxsati bilan qurilmani ishga soling va uni tor-
mozlang.
5.
Qurilmani 10 minut davomida tormozlangan holda yurgizing.
Bunda elektromotor va tormoz kolodkalarining qattiq qizib ket-
m aslig in i
nazorat qiling.
6 . Qurilmani to ‘xtatib tormoz kolodkasini ajratib oling.
7. T o r m o z
tasmasining sinovdan keyingi qalinligini o ‘lchang va
yeyilishini aniqlang.
8 . Tormoz tasmasining yeyilish miqdorini 2 soat uchun hisoblang
va standart talabi bilan solishtiring hamda ishlatilgan tormoz tas
masining A yoki В tipiga mansubligini aniqlang.
4.14-rasm. Friksion materialni yeyilishga sinash
maxsus qurilmasi.
V bob. ISHQALANUVCHI QISMLARNING TRIBOTEXNIK XUSUSIYATLARINI YAXSHILASH 5.1. ISHQALANUVCHI SIRTLARDA SAYLANMALI KO‘CHISH 0 ‘tgan asrimizning 50-yillarida IL samolyotlarining ishqalanlsh
qismlarini nazorat qilinganda og‘ir yuklangan po'lat-bronza qismi
spirt glitserin aralashmasi bilan moylanganda bronza detalining ham,
po'lat detalining ham ishqalanish sirtlari
1—2 mm qalinligidagi mis
parda bilan qoplanganligi aniqlangan. Bu hoi SIATIM-201 moyi
bilan moylangan po‘lat-bronza materiali ishqalanish qismi samolyot-
ning sharnirli-boltli juftligida ham ,ro‘y beigan. Shuningdek, ro‘zg‘or
sovitgichlarining kompressorlaridagi moyh freon aralashma bilan
moylanadigan po‘lat-po‘lat juftlikda ishqalanuvchi sirtlar mis parda
bilan qoplanganligi aniqlandi.
Shunisi e’tiborli ediki, uchala holda ham ishqalanish sirtlarini
yeyilishi keskin kamaygan, ishqalanish koeffitsiyenti ham taxminan
10 marta ozaygan edi. Tadqiqotlar natijasida po'lat-bronza juftligida,
bronzaning anodli erishi natijasida undagi rux, qalay, aluminiy, tem ir
moyga o ‘tib, po‘lat va bronza ustida misli parda hosil bo‘hshini
ko'rsatdi. Kompressorlarda ham misli naychalardan freonga mis ion-
lari o tib ishqalanuvchi yuzalarni qoplanganligi aniqlandi. Bu ho-
disani chuqurroq o'rganish natijasida uni tirik organizmlarda jum -
ladan inson tizzasidagi ishqalanish qismiga (5.1.a rasm) o'xshash
ekanligi (5.1.b-rasm) ko‘rsatdi.
5.1-rasm. Odam tizzasini tribotexnik (a) va saylanmali ko'chish rejimida
ishlovchi bronza—po‘lat ishqalanish juftligining (b) chizmasi:
I—sinovial suyiiqlik; 2—suyak; 3—sinovial qobiq; 4—kemik; 5—saylanmali
ko'chish rejimini ta ’minlovchi suyuqlik; 6—polimer parda; 7—servovitli parda
(mis); 8—po‘lat; 9—bronza.
Tizza oshig'ida ikkita bir xil yumshoq materiallar tutashganligi
sababli garchi ularning sirti g‘adir-budirli bo‘lsada, bu g‘adir-
budirliklarini yuk ostida ezilishi hisobiga haqiqiy tutash yuza nominal
yuzaga deyarli tenglashadi. Bu hodisani kompressorli muzlatkich
misolida batafsilroq o'rganaylik (5.2-rasm). Sirtlarda mis pardasini
hosil bo'lish jarayonini boshlang'ich davr va barqaror rejimli davrga
bo‘lish mumkin.
Boshlang‘ich davrda dastlab po‘lat-po‘lat ishqalanish juftligida
moylovchi material oksidlanadi, hosil bo'lgan kislotalar mis naychalar
yuzasini eritadi va mis ionlarini moylovchi materialga aralashtiradi.
Moylovchi material ishqalanish zonasiga kelganda mis ionlari faqat
ishqalanayotgan sirtlarga o'tiradi va mis parda hosil qiladi.
Barqaror rejimli davri, po‘lat-po‘lat juftligi, mis-mis ishqalanish
juftligi bilan almashgan vaqtdan boshlanadi.
Po'lat bilan po‘lat ishqalanmaganligi uchun moylovchi materialni
oksidlanishi qisman susayib mis naychalar yuzasi erishdan to ‘xtaydi.
Mis parda hosil bo‘lgach po‘lat sirtlar o'zaro ishqalanmaganiigi
sababli yoyilmay uzoq vaqt ishlaydi. Barqaror rejimda mis parda
buzilmaydi, faqat bir sirtdan ikkinchi sirtga o ‘tib turishi mumkin
xolos.