5.2. ISH SHAROITINI YAXSHILASHGA DOIR
KONSTRUKTIV USULLAR
Mashina detallarini ko‘p ishlay olishligi, yiliga chidamliligi ma-
s h in a n i
loyihalashning dastlabki bosqichlaridan boshlab uning detal
larini tayyorlash va yig‘ish hamda qismni ishlatish mobaynida ham
ta ’minlanishi Iozim.
Hisoblash usuli yordamida qism va detallarni optimal konstruktiv
parametrlarini aniqlash natijasida yeyilish tezligini minimallashtirish,
chegaraviy yeyilish miqdorini belgilash, detal o ‘lchami va material-
larini unifikatsiyalash, ishqalanish juftlarining bir xil ishlashiga eri-
shish, yeyilishga chidamli materiallarni tanlash va ularning zarur
xossalarini yaxshilash, fizik-mexanik xususiyatlariga qo‘yiladigan
talablarni asoslash, qism va detallarning bir necha xil variantlarini
yeyilishga chidamlilik bo‘yicha taqqoslab baholash, detal va qismning
ishlash muddatini oldindan belgilash imkoniyatini beradi.
Biz yeyilish jadalligini hisoblash, abraziv yeyilishi jadalligini
hisoblash, ishqalanish juftligi uchun material tanlash kabi mavzularda
olgan bilimimiz mashinani konstruksiyalash jarayonida uni ishqala-
nuvchi qism va detallarini ishchanligini ta ’minlash uchun asos bo‘-
ladi.
Qismni ishqalanish sharoitini yaxshilashni konstruktiv imkoniyat-
lari xilma-xil bo‘lib, ulardan eng samaralilari quyidagilardir:
tutashishdagi yuklanishni kamaytirish;
yuzalarnining yopishib qolishi oldini olish;
quruq ishqalanishni chegaraviy, chegaraviy ishqalanishni moyli
(gidravlik yoki gidrostatik) ishqalanishga almashtirish;
ishqalanish ishini kamaytirish;
ishqalanishdagi issiqlik rejimini yaxshilash;
ishqalanish qismini abraziv zarralardan saqlash;
ishqalanish qismini tashqi muhitning kimyoviy ta ’siridan himoya
qilish.
Dastlabki 5 ta omilga asosan ishqalanuvchi detallami tayyorlash
va yig'ishda tozalik va aniqlik darajalarini to ‘g‘ri belgilash, qismning
belgilangan шоу rejimi ta ’minlanadigan qilib loyihalash natijasida
erishildi.
Ishqalanish qismini abraziv zarralardan saqlash turli moy va havo
filtrlarini hamda germetik qurilmalarni qo'llash orqali amalga oshi-
riladi. Jumladan, manjet, yonbosh to'sqichi, porshen halqasi, tikila-
digan m oy-to‘sqich, labirintli to ‘skich, turli qistirmali to ‘sqichlar.
Bularning turini, o ‘lchamini to ‘g‘ri tanlash va ularni qismga to‘g‘ri
o'rnatish masalalari mashina loyihalanayotganda hal etilishi kerak.
Masalan, podshipnik 2 ga nisbatan aylanma va ilgarilanma ha-
rakatlanadigan o ‘q 1 ga yupqa rezinali membrana 5, halqali prujina
6
, korpus 3 ga keriluvchi metall qopqoq 4 vositasida qo‘zg‘almas qilib
o'rnatiladi (5.6-rasm).
Z
5.6-rasm.
Shamirli birikma to'sqichi.
To'sqich qismning ichki qismini yaxshi himoya qiladi. 0 ‘qning
podshipnikka nisbatan harakatiga membrana 5 deformatsiyasi tufayli
imkoniyat yaratiladi.
|