dalanayotganda ularning yeyilishidagi o'ziga xos xususiyatlami
inobatga olish kerak.
Silindr-porshen guruhi (SPG) dagi detallar motor, kompressor va
nasoslarda qo‘llaniladi.
Q o‘zg‘aluvchi mashinadagi SPG detallari asosan abraziv va me
xanik - korroziyali yeyilishga uchraydi. Moy qatlamining uzluksizligi
buzilgan hollarda (silindrning yuqori qismida) yopishish va shilinish
bo'lishi mumkin.
SPG
detallarining mexanik-korroziyali yeyilishiga ishqalanish
zonasida yoqilg'i yonganidan hosil bo‘lgan agressiv gazsimon va su-
yuq moddalar hamda moyning oksidlanishi sabab bo‘ladi. Kor-
roziyaga elekro-kimyoviy jarayonlar ham yordam beradi.
SPG detallarining abraziv yeyilishi havo, yoqilg'i va moylash
materiali bilan silindrga kirgan mineral abraziv zarralar ta ’sirida ro‘y
beradi. Silindrlar bo‘ylamasiga ham, ko‘ndalangiga ham halqalar
radial yo‘nalishda notekis yeyiladi.