TRIBOTEXNIKANI RIVOJLANISH




Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/122
Sana20.05.2024
Hajmi5,99 Mb.
#246411
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   122
Bog'liq
Tribotexnikadan amaliy mashg\'ulotlar. Ahmedxo\'jaev X

5.4.4. TRIBOTEXNIKANI RIVOJLANISH
ISTIQBOLLARI
Tribotexnika ishqalanish, moylash va yeyilish 
to ‘g‘risidagi fan 
bo‘lib hozirgi kunda rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarilmoqda. 
Eski tasawurlar unitilganicha yo‘q, yangi qarashlar va tushunchalar 
esa endigina tan olinmoqda. Shuning uchun yaqin 10—15 yilda tribo­
texnika fanining rivojlanishi nima belgilanishi, zaxiralari o'rganilma- 
gan sohalari, qaerdaligini niinaga asosiy e ’tiborni qaratmoq kerakli- 
gini aniqlab olish kerak.
Yaqin kelajakda mashinasozlikning taraqqiyoti avtomatlashtiril- 
gan komplekslar sex va zavodlar, moslashuvchi avtomatlashgan kor- 
xonalar yaratish bilan belgilanadi. Shuningdek, yangi va og‘ir sharoit 
(o‘ta issiq, sovuq, vakuumli, abrazivli, agressiv muhitli)larda ishlay- 
digan texnikalar yaratiladi. Bunday ko‘p turli va ko‘p sonli mashina 
va jihozlaming samarali ishlashi ularni uzoq ishlash muddatli va 
ishlatish hamda ta ’mirlashda kam xarajatli bo‘lishini taqozo etadi. 
So‘nggi 20 yil davomida fizik, ximik va biologik tizimlarni o ‘rga- 
nishda sinergetika asosida ishqalanish jarayoniga yangicha yondoshish 
bunga imkon berishi mumkin.
Sinergetika zamonaviy tabiatshunoslik yo‘nalishidagi fan bo‘lib, 
uning asosida ba’zi elementlari umumlashishi natijasida o ‘zi tashkil- 
lashadigan jarayonii tizimlar hamda ochiq tizimlar termodinamikasini 
rivojlanishi yotadi.
Mutaxassislar tribotexnikaning 
ba’zi 
bo‘limlariga sinergetika 
usullarini qo'llsh mumkinligiga e’tibor berishmoqda.
Ishqalanishdagi juftliklar orasidagi saylanmali ko'chish va vodo- 
rodli yeyilish shular jumlasidandir. Ikkala hodisa ham jarayonlarining 
ketma-ketligi va alohida elementlarining umumlashuvchi harakatlari 
bilan ifodalanadi.


Saylanmali ko'chish va vodorodli yeyilishni o'rganishga siner­
getika fani nuqtayi nazaridan yondoshish bu jarayonlarni amalga 
oshish mexanizmini chuqurroq o'rganish oqibatida yeyilishga qarshi 
yangi samarali usullar ishlab chiqish imkonini beradi. Jumladan, 
vodorodli yeyilishni o ‘rganishdagi quyidagi yo‘nalishlarni misol kelti- 
rishimiz mumkin:
— mashina detallarining vodorodli yeyilishini tadqiqot qilish 
asboblari va usullarini yaratish;
— metallarni friksion plasmassalar bilan ishqalanganda vodorod- 
lanish jarayonini, vodorodlashgan metalni ishqalanishdagi xossalarini, 
ishqalanish rejimini vodorodlanishga ta’sirini yangi usullarini qo‘llab 
o ‘rganish;
— vodorodlanishda ro‘y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlarni 
o'rganish va yuzani reaksiyalash qobiliyatini turli ish rejimlari uchun
aniqlash;
— suv bilan moylanadigan, katta bosim va sirpanish tezligi yuqori 
ishqalanish qismlarida vodorodli yeyilishni so‘ndirishning ilmiy 
asoslari va usullarini ishlab chiqish.
Umuman bo‘lg‘usi oliy m a’lumotli mutaxassis tribotexnikaning 
eng so'nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lishi va egallagan bilimini ishlab 
chiqarishda tadbiq eta bilishi kerak.
8

Download 5,99 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   122




Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish