Kerakli jihozlar:
1. Val va vtulka turidagi mexanik ishlov berish po‘lat yoki
cho'yandan tayyorlangan detallar.
2. Ishqalanish sirtiga AYaAI berish qurilmasi.
3. Ishqalanish
sirtiga qoplanadigan latun, mis yoki bronzadan
tayyorlangan tayoqchalar 3 dona.
4. Qoplangan qatlam sifatini tekshirish uchun 5—6 marta katta-
lashtiruvchi lupa.
Nazariy asoslar AYaAI texnologik jarayonining mohiyati po'lat
va cho‘yan detallarga an’anaviy usullarda (kesish,
jilvirlash, sayqal-
lash, xoninglash va boshqalar) ishlov berib bo‘lingandan so‘ng ular-
ning ishqalanish
yuzalarini yupqa latun, mis yoki bronza qatlami
bilan qoplashdan iborat. Qoplash latun,
mis yoki bronza tayoqcha
(asbob)ni detal sirtiga ishqalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ish
qalanish natijasida tayoqcha materiali po‘lat yoki cho‘yan sirtga
o ‘tadi.
Qoplanuvchan qatlam yaxlit va tekis bo'lishi uchun detal sirtida
oksidli va moyli pardalar bo'lmasligi, asbob
materiali esa sirt - faol
modda bilan muhofazalanishi, tayoqcha va detal sirtlari o'zaro to'liq
bosilishi kerak. Shunday sharoitdagina asbob materiali (po‘lat yoki
cho‘yan) sirtga hamda o ‘zaro yaxshi ilashgan juda mayda zarralardan
iborat yaxlit qatlam tarzida o'tadi. Shuning
uchun AYaAI qilinadigan
detallar yoq‘sizlantiriladi, jilvir qog‘oz bilan tozalanadi va texnologik
suyuqlik, masalan, glitserin bilan uzluksiz moylab turib AYaAI
jaravoni bajariladi. Glitserinni adsorbiyalash xususiyati oz bo‘lgani
uchun tayoqcha va detal sirtlarini
bevosita tutashishiga
to'sqinlik
qilmaydi. Shuningdek, tayoqcha va detal sirtlari orasidagi ishqalanish
natijasida hosil bo‘ladigan yuqori temperaturada glitserin po‘lat va
asbobda oksidli pardani tiklaganligi tufayli
asbob materialining detal
sirtiga o'tish sharoiti yaxshilanadi. Detal sirtining AYaAIdan keyingi
g‘adir-budirligi uning boshlang'ich g‘adir-budirligidan deyarli farq
qilmaydi.
Yuqori ko‘ndalang kesimli detal (o'q, val bol va b)
laming tashqi
sirtiga AYaAI oddiy tokarlik-vint qirqish dastgohlarida oddiy mos-
lama vositasida amalga oshiriiishi mumkin (5.18-rasm).