YEYILISHGA CHIDAMLILIKNI TERMIK




Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/122
Sana20.05.2024
Hajmi5,99 Mb.
#246411
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   122
Bog'liq
Tribotexnikadan amaliy mashg\'ulotlar. Ahmedxo\'jaev X

5.3.3. YEYILISHGA CHIDAMLILIKNI TERMIK
VA KIMYOVIY-TERMIK
ISHLOV YO‘LI BILAN OSHIRISH
O 'rta va yuqori uglerodU po'latlar, bolg‘anuvchi kulrang va 
yuqori mustahkam cho‘yan detallarning ishchi sirtlarida yeyilishga 
chidamli qattiq qatlam hosil qilish uchun bu joylar 
1
,5-2,0 mm 
chuqurlikda toblanadi.
Detal sirti 
qatlamini toblash gaz alangasi (yirik detallar) yoki 
yuqori chastotalik tok (YuCHT) vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Detallarga kimyoviy-termik ishlov berish vazifalariga ko‘ra 2 ta 
asosiy guruhga bo‘linadi.
1
) yeyilishga chidamlilikni oshirish maqsadida sirt qatlam qattiq- 
ligini sementatsiyalab, azotlab, ionlash, borlab oshirish.
2
) metallni tirnalishiga qarshilik xususiyatini sirt qatlamni ki- 
m y o v iy
birikmalar (sulfidlash, sulfatsianlash, selenlash, tellurlash, 
yod-kadmiyli suvda ishlov berish) bilan to ‘yintirish hisobiga oshirish.


Detallarga kimyoviy va termik ishlov berish usullari texnologyasi 
to‘g‘risidagi m a’lumotlar konstruksion materiallar texnologiyasi va 
materialshunoslik fanlarida batafsil o ‘iganilgan. Qisqacha qШb aytil- 
ganda sementitlash kam uglerodli (0,08—0,30 %) po‘latlarni, yeyilish­
ga chidamliligini, azotlash yeyilishga, eroziya va kavitatsiyaga chi- 
damlilikni, nitrotsementitlash va ionlash asosan yeyilishga chidam- 
lilikni oshirish uchun qo'llaniladi. Sementitlashda 0,15—2 mm li 
qatlam qattiqligi N RS—58—64, azotlashda 0,25—0,7 mm li qatlam va 
nitrotsementitlashda 0,15—1 mm li qatlam qattiqligi NRS 52—60, 
borlashda 0,12—0,85 mm li qatlam qattiqligi NV 1400-1500 ga 
yetadi. Sulfidlash va sulfatsinirlash tuzli vannalarda bajariladi va 
ishqalanish koeffitsiyentini 2-5 marta kamaytiradi.
Antifriksion xossalari yomon va ilashishga moyil titan qotish- 
malarini sulfidlash, azotlash, termik oksidlash va yodkadmiyli ish- 
qorda ishlov berish bilan ularning ishqalanish va yeyilishga chidam ­
liligi ortadi.
Yeyilishga chidamli qilish uchun detal sirtlari 
galvanik usulda 
xromlanadi, po'latlanadi va nikellanadi.
Xromli qatlam 0,1—0,2 mm qalinlikda, 1000—1100 NV qattiq- 
likda va kichik ishqalanish koeffitsiyentiga ega bo‘Ub ishqalanganda 
issiqlik kam ajraladi. Silliq xromli 
qatlamning ishqalanishdagi 
kamchiligi uning yaxshi moylanmasligidir. G ‘ovak (o'yiq ariqcha yoki 
nuqta)li qatlam yaxshi moylanadi.
N uqta g'ovakli sirt moyni yaxshi ilashtirganligi uchun o ‘ta og'ir 
sharoitlarda ishlovchi (masalan, motorlarning yuqori kompression 
halqalari) detallarda qo'llaniladi. Ular tez xo‘rdalanadi, lekin ariqcha 
g‘ovak qatlamiga nisbatan ishqalanishga chidamliligi kamroq. Ariqcha 
g'ovakli qatlam bilan silindr gilzalari qoplanadi. Natijada, gilza va 
halqalarning yeyilishi xromlanishga qaraganda 4—7 marta kam, 
xromlangan yuzalar bilan ishqalanayotgan detaining yeyilishi ham
3—5 marta kamayadi.


Xromli qatlam detalni mexanik ishlov (jilvirlash, artish)ga 
qo'yimli qilib ham qoplanishi mumkin. Xromli yuzalar babit, may- 
daydonali cho‘yan, yumshoq va o ‘rtacha toblangan, po‘lat juftlikda 
moyli hamda o'rtacha bosimli sharoitda yaxshi ishlaydi, ulam i titanli 
qotishmalar bilan bir juftlikda ishlatish tavsiya qilinmaydi. Xromlash 
po'latni toblash va sementitlashning o ‘m ini bosmaydi, shuningdek, 
toblangan va sementitlangan yuzalar yeyilishga yanada chidamli 
bo'lishi uchun xromlanadi. Xromlash yeyilgan detallarni tiklash 
maqsadida ham qo'llaniladi.
Po'latlash jarayoni xromlashga nisbatan 10—15 marta unumli, 
arzon, qatlam qalinligi 3 mm ga yetadi, qattiqligi 600—650 Nva bo'lib 
asosan ishqalanuvchan detallarni tiklash, shuningdek, xromlashdan 
oldin ost qatlamni tyorlash uchun qo‘llaniladi.
Nikellash qalinligi 2 mm gacha bo‘lib, xromlashdan ko‘ra 
unumli, arzon, yaxshi ishlanadi, qovushqoqligi yuqori, ammo qattiq­
ligi kamroq.
Qattiq fosfor—nikel qotishmali elektrolitik qoplama yaxshi anti- 
friksion xususiyatlarga ega. Bunday qoplamali yuzalarning cho'yan 
bilan ishqalanish koeffitsiyenti po‘latli va xromli yuzaga nisbatan 30 
% kam, yeyilishga chidamliligi 2,5—3 marta ko‘p. Fosfor—nikel 
qotishmali yuzalar bilan tutash detallarning ishqalanib yeyilishi po'lat 
bilan ishlanganga nisbatan 4—5 marta, xrom bilan qoplanganga 
nisbatan 20—40 % kam bo‘ladi.
Qattiq nikelli qoplama bilan metall qirqish datsgohlarining 
shpindeli, porshen barmoqlari, gilzalar, tirsakli vallar kabi detallar 
tiklanadi va mustahkamlanadi.
Alumin va uning 
qotishmalarini qalinligi 60 mkm dan katta, 
qattiqligi 4000—4500 M Pa oksidli parda bilan qoplansa yeyilishga 
chidamliiik moyli sharoitlarda 5—6 marta ortishi mumkin. Detallarni 
tayyorlash va tiklash jarayonlarida ularni sirtiga gaz yoki elektr yoyida


elektrodni eritib 0,25—5,0 mm va undan katta qalinlikda qatlam 
qoplash keng qo‘llaniladi. Bu usulda qoplangan qatlam asosiy tana 
metali bilan yaxshi qo'shiladi, unumdorlik yuqori bo‘ladi. Elektrodni 
eritib qoplash usullari va texnologiyasiga oid batafsil m a’lumotlar 
«Mashinalarni ta ’mirlash asoslari» fanida to ‘liq o'rganiladi.

Download 5,99 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   122




Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish