ni ishlatish mumkin. 5.3. ISHQALANISH SHAROITINI YAXSHILASHNING




Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/122
Sana20.05.2024
Hajmi5,99 Mb.
#246411
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   122
Bog'liq
Tribotexnikadan amaliy mashg\'ulotlar. Ahmedxo\'jaev X

2
ni ishlatish mumkin.
5.3. ISHQALANISH SHAROITINI YAXSHILASHNING
DETALLARINI TAYYORLASH
DAVRIDAGI TEXNOLOGIK USULLAR
5.3.1. DETALLARNI KESIB ISHLASHDA CHIDAMLI
QILISH
Detallar sirtining g‘adir-budirligi va fizik mexanik xususiyatlari 
uni tayyorlash texnologiyasiga bog‘liqligi mashinasolik texnologiyasi 
kursidan ma’lum. 
0
‘z navbatida detal sirtini ishqalanishga chidam- 
liligi uning yuzasini 
g‘adir-budirligini va . yuza qatlamining fizik 
mexanik xususiyatlariga bog‘liqligini tribotexnika kursining dastlabki 
mavzularida ko‘rib chiqdik. Ushbu mavzuda detallarning yeyihshiga 
chidamliligini oshirishning eng ko‘p tarqalgan texnologik usullari 
bilan tanishamiz. Detallarni tayyorlash jarayonida sirtda harakat 
yo'nalishiga nisbatan optimal yoV.alishdagi g‘adir-budirlikni hamda


sirtda qisilgan qoldiq kuchlanishli mustahkam (pishiqtirilgan) qat- 
lamni hosil qilishga intilish kerak.
Bu maqsadga detallarni tayyorlash texnologiyasi: kesish, plastik 
deformatsiyalash, kimyoviy va termik ishlov berish yeyilishga chi­
damli qatlam qoplash kabi jarayonlarda ma’lum rejimlarni ta ’minlash 
yo'li bilan erishiladi.
Aksariyat detallar kesish yo'li bilan tayyorlanadi va keyin qo‘- 
shimcha ishlov berilmaydi. Detal kesilganda uning 0,05—0,5 mm 
qalinlikdagi sirt qatlamini qattiqligi 20—30 %ga ortadi, 3000—7000 
kPa siqilish kuchlanishi hosil bo‘lib u detal yeyilishga chidamli 
bo'lishida ijobiy rol o'ynaydi.
Ammo yuqori kesish tezliklarida (200—600 m /m in) aksinchi sirt 
bo'shashadi pishiqtirilgan qatlam yupqalashadi va toliqish tezlashadi.
Tadqiqotlar kesish tezligi 25 m /m in ga yetguncha sirt g‘adir-bu- 
durligi ortishini, keyin esa kamayishini ko‘rsatdi.
Umuman kesish tezligi 30 m /m in dan 200 m /m in ga qadar 
oraliqda bo'lsa, sirt qatlami yeyilishga va korroziyaga chidamli bo‘- 
lishi aniqlangan. Tezlikni oshirish pishiqtirilgan qatlam qalinligi ortti- 
radi.
Kesish qadami oshgan sirt g‘adir-budirligi kattalashib yeyilishga 
chidamlilikka salbiy ta ’sir etadi, lekin puxtalashish chuqurligi va 
qoldiq siquvchi kuchlanish ortib toUqishga chidamlilikni oshiradi. 
Demak, detal uchun qaysi ishchanlik mezoni muhimligini nazarda 
tutib, kesish qadamini belgilash lozim. Kesish chuqurligi kamaysa 
g‘adir-budirlik sezilarsiz kamayadi va bu yeyilishga 
chidamlilikka 
unchalik ta ’sir etmaydi.
Moylash sovutish suyuqligi kesish zonasidan issiqlikni chiqa- 
rilishni yaxshilaydi va kesuvchi asbobning ishqalanishdan yeyilishni 
kamaytiradi. Natijada, sirt g‘adir-budirligi ozayadi yeyilishga chidam- 
lilik ortadi.


Kesish asbobining urishi sirt to'lqinligi kuchaytiradi va detal ish 
qobiliyatini susaytiradi.
Dastgoh-moslama-asbob-detal tizimining titrashi ham sirtda g‘a- 
dir-budirlik va to iq in hosil qilib detaining ish qobiliyatini kamayishga 
sabab bo‘ladi.

Download 5,99 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   122




Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ni ishlatish mumkin. 5.3. ISHQALANISH SHAROITINI YAXSHILASHNING

Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish