• MUSOBAQALARGA RUHIY TAYYORGARLIK KOʻRISH.
  • Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish toshkent -2023




    Download 1,93 Mb.
    bet51/92
    Sana17.11.2023
    Hajmi1,93 Mb.
    #100428
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92
    Bog'liq
    DARSLIK 2023 йил октябр 2

    Musobaqa — psixologiya fanining taʼrificha kishi faoliyatini belgilovchi, kuzatuvchi omildir, yaʼni qoʻzgʻatuvchi ragʻbatlantiruvchi omildir. Sport musobaqasining tarbiyalovchi Har qanday sport faoliyati sport musobaqasi bilan uzviy bogʻliqdir: hech qanday sport faoliyatini sport musobaqasiz tasavvur etib boʻlmaydi. Sport trenirovkasida oʻqitish va tarbiyalash ishlarni olib borilishi konkret musobaqada muvaffaqiyatli qatnashishga tayyorlashdan iboratdir: — musobaqa — olib borilgan trenirovkani yakunlash ahamiyati kattadir. Ular quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi.
    1. Sport muvaffaqiyati uchun kurash-sport musobaqasining xarakterli tomonlaridan biridir. Keskin kurash birgina individual maqsadlar bilan cheklanmaydi, balki jamoaviy hamda ijtimoiy motivlarni ham paydo qiladi.
    2. Sport musobaqasi jismoniy kuch va psixik faoliyatni zoʻr berib ishga solish bilan xarakterlanadi. Zoʻr berish sport musobaqasining spetsifik xususiyatidir. Bu xususiyat sportchida axloqiy, iroda va xarakter, psixik sifatlarni tarbiyalash vositalaridan biridir.
    3. Sport musobaqasidagi shiddatli kurash yurak, qon aylanish faoliyatini kuchaytiradi, modda almashuvni tezlashtiradi. Bularni barchasi yurak-asab faoliyatini mustahkamlaydi. Organizmning ish qobiliyatini oshiradi.
    4. Sport musobaqasi yuksak emotsional holatning manbaidir. Chunki musobaqada sportchi doimo muvaffaqiyatga erishadi yoki magʻlubiyatga uchrab turadi. Bu hol tabiiy ravishda, goh xursandlik, goh noxushlikni paydo qilib turadi. Natijada sportchida yoki ishchanlik oshadi yoki kamayadi.
    5. Sport musobaqasida sportchining barcha psixik jarayonlari keskinlashadi.
    Demak, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan musobaqaning oʻziga xos xususiyatlaridan maʼlumki, sport musobaqasi sportchining oʻz faoliyatini yuksak darajada namoyon qilish va yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalash vositasidir. Sportchilarni tayyorgarlik holatiga qarab, musobaqa sharoitlari ularga har xil taʼsir koʻrsatadi.
    MUSOBAQALARGA RUHIY TAYYORGARLIK KOʻRISH.
    Shugʻullanuvchilarda psixik holatlar va ularning tashki ifodasi, his- tuygʻularning hissiyot (emotsiya)lar, kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish tarzida boshdan kechirilishi chogʻida maʼlum darajada seziladigan tashqi belgilarga xam ega boʻladi. Yuzlarning ifodali harakatlari (mimika), qoʻl va gavdaning maʼnoli harakatlari, turqi- tarovat, ohang, koʻz qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. Bu ifodali harakatlar bir holatda oʻziga oʻzi hisob bermagan tarzda yuz bersa, boshqa bir holatda ongning nazorati ostida sodir boʻladi.
    Insonning his- tuygʻulari roʻy berishiga koʻra murakkab shartsiz reflekslarga bogʻlik boʻlgani holda ijtimoiy xususiyatga egadir. Insonning his- tuygʻulari bilan hayvonlar his-tuygʻularining tubdan farqi, birinchidan, gap hatto aynan bir xil his- tuygʻular haqida ketgan xollarda ham odamlarning his- tuygʻulari hayvonlarnikiga qaraganda benihoya murakkab ekanligida koʻrinadi; bu odamlarda ham, hayvonlarda ham, gʻazablanishni, qoʻrquvni, qiziquvchanlikni, shodlanish va ruhan tushkunlik holatini ularning kelib chiqishi sabablari jihatidan ham, shuningdek ularning namoyon boʻlishi xususiyatlari jihatidan ham taqqoslanganda aniq- ravshan boʻladi. Ikkinchidan, odamlar hayvonlarda mavjud boʻlmagan juda koʻplab his- tuygʻularga egadir.
    Odamlar orasida mehnat jarayonida, siyosiy, madaniy, oilaviy hayotda roʻy beradigan oʻzaro munosabatlarning boyligi koʻplab sof insoniy his- tuygʻularning paydo boʻlishiga olib keladi. Jumladan, jirkanish, faxrlanish, hasad qilish, shodu xurramlik, zerikish, hurmat qilish, burchni his etish va hokazolar paydo boʻldi. Bu his- tuygʻularning har biri oʻziga xos yoʻllar bilan (nutq ohangida, imo- ishorada, turqi tarovatida, kulgida, koʻz yoshi va shu kabilarda) ifodalandi. Uchinchidan, kishi uz his-tuygʻularini nooʻrin ifoda etilishidan saqlagan holda ularni «jilovlab» boradi.
    Odamlar kuchli va aniq ravshan seziladigan his- tuygʻularni boshidan kechirayotib, tashqi koʻrinishda koʻpincha osoyishtalikni saqlab qoladilar, baʼzida esa his- tuygʻularini sezdirmaslik uchun oʻzini beparvo qilib koʻrsatish kerak, deb hisoblaydilar.
    Insonlarda baʼzan haqiqiy his- tuygʻularini «jilovlash» yoki yashirish maqsadida oʻzini hatto boshqacha, qarama- qarshi his- tuygʻularni boshdan kechirayotgandek qilib koʻrsatadi: ranjigan yoki qattiq ogʻriq azob berayotgan mahalda kuladi, kulgisi kelganida ham turganda oʻzini jiddiy tutadi.

    Download 1,93 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92




    Download 1,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish toshkent -2023

    Download 1,93 Mb.