|
Sportchilarda psixik holatlarda hissiyotning buzilishini qoʻyidagicha obyektivka subyekti-baholash mumkin
|
bet | 52/92 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 1,93 Mb. | | #100428 |
Bog'liq DARSLIK 2023 йил октябр 2Sportchilarda psixik holatlarda hissiyotning buzilishini qoʻyidagicha obyektivka subyekti-baholash mumkin:
Eyforiya – kayfiyatning koʻtarilishi oʻz-oʻzini nazorat qila olmaslik, fikrlash jarayonining sekinlashishi bilan kechadi.
Moriya – oʻta koʻtarinki ruhiy holat, kuchli hayajonlanish.
Ekstaz – oʻziga haddan tashqari baho berishi.
Disforiya – kayfiyatning pasayishi va norozichalik holat.
Xavotirlik – xotirjamlik va tinchlikning yoʻqolish holati.
Vahima(trevoga) – baxtsizlik hodisasining sodir boʻlishini kutishlik holati.
Qoʻrquv (strax) – ishonchsizlik kuchayib dahshatga tushib qolish.
Apatiya – beparvolik, hayotga qiziqishning yoʻqolishi.
Xissiyot – emotsiya – bu tashqi muhitga, voqea hodisalarga munosabat va undan kelib chiqadigan (biror shaxsda) his hayajonlardir. Insonning his tuygʻulari ijobiy va salbiy boʻladi. Ijobiy tuygʻularga shodlik, xursandchilik, yaxshi kayfiyat kiradi.
Salbiy tuygʻularga – alam, xafalik, jaholat kiradi. Kayfiyat (nastroenie) bu shunday holatki kishi oʻzining tuygʻu hislarini boshqarib maʼlum darajada ushlab turadi.
Affekt – toʻsatdan paydo boʻlib, sportchi oʻzining muvozanatini maʼlum muddatga yoʻqotib qoʻyadi. Bu holat kishida uchrasa fiziologik affekt har xil kasalliklarda uchrasa patologik affekt deyiladi. Fiziologik affekt holatida odamlar oʻzlarining xatti harakatlarini boshqara biladilar va sodir etilgan ishlarining hisobini bera oladilar. Patologik affektda bemor jinoiy javobgarlikka tortilmay majburiy davolash uchun shifoxonaga yuboriladi.
Har qanday sport faoliyati sport musobaqasi bilan uzviy bogʻliqdir: hech qanday sport faoliyatini sport musobaqasiz tasavvur etib boʻlmaydi. Sport trenirovkasida oʻqitish va tarbiyalash ishlarni olib borilishi konkret musobaqada muvaffaqiyatli qatnashishga tayyorlashdan iboratdir: — musobaqa — olib borilgan trenirovkani yakunlash davri desa ham boʻladi;
|
| |