|
Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish toshkent -2023
|
bet | 60/92 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 1,93 Mb. | | #100428 |
Bog'liq DARSLIK 2023 йил октябр 2Kamondan otish boʻyicha musobaqalar
Kamondan otish boʻyicha musobaqalar turli masofalarda, ham ochiq inshootlarda, ham yopiq inshootlarda maxsus jihozlangan maydonlarida quyidagi tartibda boʻyicha oʻtkaziladi:
yopiq inshootlarda;
ochiq inshootlarda
Ski-Ark
Gorizontal nishonlarda (keglyalarda) otish.
Sportchilar belgilangan qoida boʻyicha guruhlanadi va alohida tartibda bellashadilar.
Musobaqalarni oʻtkazish sport tadbirlarining kalendar rejasida koʻzda tutilgan vaqtda oʻtkaziladi.
Musobaqa xususiyatlari
Kamondan otish boʻyicha musobaqalar albatta yakka yoki jamoa tarkibida hamda jamoa birinchiligi aniqlash uchun tashkil etiladi.
Yakka tartibdagi musobaqalarda natija faqat otuvchiga, jamoa tarkibida jamoaga, jamoaviy yakka tartibda esa ham jamoaga ham yakka tartibda ishtirok etganlar hisobiga yoziladi.
Gʻolibni aniqlamasdan texnik natijalarni qayd qilgan holda musobaqalarni oʻtkazishga ruxsat beriladi.
Bellashuv xususiyatlari musobaqaning “musobaqa nizomi” hamda taqvim rejaga asosan belgilanishi lozim.
Talabnoma
Musobaqalarda qatnashish uchun dastlabki va shaxsiy talabnomalar muassasalar tomonidan musobaqalar toʻgʻrisidagi Nizomda koʻrsatilgan muddatlarda taqdim etiladi. Jamoa tarkibi va ishtirokchilar haqida maʼlumot dastlabki talabnomada koʻrsatib oʻtiladi. Yakka tartibdagi talabnomalar musobaqaning mandat komissiyasiga taqdim etiladi.
Musobaqaga etib kelgan sportchilar oʻzlari bilan sport klubining guvohnomasi va toifalangan chiptalari (beydjik) mavjud boʻlishi lozim. Bu hujjatlar musobaqaning mandat komissiyasiga taqdim etiladi.
VII.2. Musobaqalar jadvali va qoidalari.
Kamondan otish 90, 70, 60, 50, 30, 25 va 18 m masofalardagi rangli nishonlarda oʻtkaziladi. 90, 70, 60, 50 va 30 m masofalardagi ball oʻqlari soni 36 ta, ball seriyalari soni 1-oʻrin. 25 va 18 m masofalarda ball oʻqlari soni 30 ta, ball seriyasining soni esa 10 ta.
Musobaqalar boshlanishi arafasida barcha masofalarda sportchilar uchun oʻq otish tashkil etiladi, uni oʻtkazish tartibi hakamlar hayʼati tomonidan belgilanadi.
Mashqlarni bajarishda otish har doim maʼlum bir tartibda — uzoq masofalardan qisqa masofalarga qadar amalga oshiriladi. 90, 70 va 60 m masofalarga oʻq otish har birida 3 ta oʻqdan iborat ikkita ketma-ket natijalarni qayd etish uchun nishonga yaqinlashish bilan amalga oshiriladi.
Har kuni musobaqa boshlanishidan oldin, otuvchilarga sinov-mashgʻulotlari (har biri 3 ta oʻq) imkoniyati beriladi. Sinov-mashgʻulotlari otishma boshligʻi nazorati ostida amalga oshiriladi. Maydonning musobaqa oʻtkazilayotgan har qanday joyida sinov-mashgʻulotlarini oʻtkazish taqiqlanadi va qoidalarning ushbu bandini buzganlikda aybdorlar ogohlantirishsiz tanlovdan chetlashtiriladi.
Nishonlarni almashtirish keyingi otish masofa-asiga oʻtishda, shuningdek, zarurat boʻlganda, texnik komissiyaning koʻrsatmasi bilan almashtirish kerak.
Agar bellashuv bir kunda bir necha masofada amalga oshirilsa, ular orasida kamida 30 daqiqalik tanaffus qilinadi.
Musobaqalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
|
| |