-bob. Maktabning mol-mulki va pul mablag‘lari




Download 84.34 Kb.
bet9/20
Sana16.05.2023
Hajmi84.34 Kb.
#60157
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
331 карор
Go\'zal, 71a4175a3a80850aac0239e6fa0a82ce -Shaytonvachchaning Nayranglari (1), Савол-жавоблар
8-bob. Maktabning mol-mulki va pul mablag‘lari
39. Muassis yoki vakolatli davlat organi Maktabga mol-mulkni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Maktab o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni hamda daromadlar va xarajatlar smetasi bo‘yicha o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Maktablar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Quyidagilar Maktab faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
ota-onalar to‘lovidan tushadigan mablag‘lar;
o‘quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan o‘quv jarayonida tayyorlangan mahsulotlar va buyumlari sotuvidan tushgan mablag‘lar;
asosiy mashg‘ulotlardan tashqari paytda bo‘sh binolar, inshootlar, asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pullik xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tushgan mablag‘lar;
o‘quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’sir etmagan holda badiiy kechalar, konsert va teatr tomoshalari tashkil etishdan olingan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, mahalliy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
40. Maktab aholiga, turli tashkilotlarga xizmatlar ko‘rsatishga, qonun bilan taqiqlanmagan, muassasaning asosiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga haqli.
Yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan to‘garak a’zolarining ta’limga aloqasi bo‘lmagan tadbirlarga jalb etilishiga, konsert-tomosha dasturlari va ko‘rgazmalarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi, to‘lov-shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar bundan mustasno.
41. Maktabning budjetdan tashqari jamg‘armalar, shu jumladan, bolalari o‘qiganligi uchun ota-onalar to‘lovi hisobiga shakllangan jamg‘arma oylik, choraklik yoki yillik tushgan mablag‘lari bo‘yicha (maqsadli homiylik xayriyalaridan tashqari) jami summasidan o‘n foizgacha bo‘lgan miqdori mazkur maktab rahbarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
42. Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk maktab mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
43. Pedagog xodimlarni bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari budjet hisobidan va uch baravarigacha budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
44. Maktabning moddiy-texnika bazasi er, bino va inshootlarni, kutubxonalarni, sport zallarini, kommunikatsiya, texnik jihozlar va uskunalarni, transport vositalarini hamda ta’lim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan boshqa anjomlarni o‘z ichiga oladi.
45. Maktablar tomonidan budjetdan tashqari va ota-onalar to‘lovlaridan tushgan mablag‘larni to‘g‘ri tasarruf etish uchun budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Maktab uchun buxgalter (hisobchi) ishga qabul qilinishi mumkin.
Maktab buxgalteri (hisobchisi) tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga tushumlarni ishlatilishi yuzasidan har chorakda hisobot berishi lozim.
To‘garak mashg‘ulotlari jarayoni samaradorligini oshirish va o‘quvchilar bilan individual ishlash maqsadida maktab tomonidan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan to‘garak rahbari, uslubchi va maktab uchun zarur bo‘lgan boshqa shtatlar ochilishi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilishi mumkin.

Download 84.34 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 84.34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Maktabning mol-mulki va pul mablag‘lari

Download 84.34 Kb.