Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi




Download 1,32 Mb.
bet15/76
Sana21.06.2024
Hajmi1,32 Mb.
#264992
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

Kalendar. Yer orbita tekisligiga nisbatan 660 33` og‘gan o‘q holatini o‘zgartirmasdan o‘z o‘qi va quyosh atrofida aylanishi oqibatida kun va tun, oy fazalari va yil fasllari vujudga keladi.
Kun va tun, oy fazalari va yil fasllari oralarida o‘tgan hamda qaytarilib turadigan hodisalarni hisoblash sistemasi – kalendar vujudga kelgan. Kalendar hisobining asosi yil bo‘lib, yilning fasl va oylarga bo‘linishiga va davomiyligiga qarab tuzilgan oy kalendari, oy-quyosh kalendari va quyosh kalendari mavjud.
Oy kalendari – Oyning harakati tufayli vujudga kelgan faza va fasllarning takrorlanishiga asoslangan. Ma’lumki, Oy Yer atrofida g‘arbdan sharqqa tomon harakat qilib, Quyosh to‘g‘risiga kelganda oy boshi bo‘lib (lekin bu vaqtda oy ko‘rinmaydi) 1-2 kundan so‘ng u g‘arbda kechqurun o‘roq shaklida ko‘rinadi va uni “Yangi oy” deyiladi. Oy boshidan ikkinchi oy boshigacha 29 sutka 12 soat 44 minut 3 sekund1 (29,5 sutka) vaqt o‘tadi va uni Oy kalendarining oyi deb ataladi. Oy kalendari bo‘yicha bir yil 354 kun bo‘lib 12 oyga (29,6x12-354 kun) bo‘lingan. Bu kalendar bo‘yicha toq oylar (I, III, V, VII, IX, XI) 30 kunga, juft oylar (II, IV, VI, VIII, X, XII) esa 29 kunga (6x30+6x29=354) teng.
Oy kalendari bo‘yicha hisoblangan yil quyosh yiliga nisbatan 10,5 kun qisqa bo‘lib, oy yilining har 34 yili quyosh astronomik yilining 33 yiliga to‘g‘ri keladi. Shu sababli vaqti-vaqti bilan o‘sha 10,5 kun yig‘ilib bir oyga borganda o‘sha yilga qo‘shilib, u 13 oyga bo‘linadi. Yil hisoblashdagi bu qiyinchilikdan qutilish maqsadida Muhammad payg‘ambar Makkadan Madinaga hijrati (Yuliy kalendari bo‘yicha 622 yil 16 iyul) kuni o‘sha davrda vaqtga qo‘shiladigan 10,5 kun taqiqlanadi. Shu tufayli musulmonlar yil sanasi 662 yil 16 iyul juma kunidan boshlanib, uni Hijriy qamariy yil hisobi yoki Muhammad kalendari deyiladi. Bu kalendar bo‘yicha har oyning va yangi yilning boshlanishi g‘arbda birinchi marta yangi oyning (o‘roq shaklida) ko‘ringan kunidan boshlanadi.
Ba’zi musulmon davlatlarida dehqonchilik ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida Hijriy shamsiy kalendaridan ham foydalaniladi. Bu kalendarga ko‘ra yil sanasi 622 yil 16 iyuldan boshlanadi. Lekin yangi yilning birinchi kuni esa 21 martdan boshlanadi. Chunki 21 mart bahorgi tengkunlik nuqtasi – hamalning birinchi chislosi (navro‘z bayrami) hisoblanadi. Hijriy shamsiy kalendarida oylar doimo yilning ma’lum bir vaqtlarida keladi va ularning tartibi quyidagichadir:
3-jadval kalendar



Arabcha aytilishi

O‘zbekcha
aytilish

Hozirgi zamon hisobiga ko‘ra

Necha kun


Hamal

Qo‘y

21 mart-21 aprel

30-31


Savr

Sigir

21 aprel- 21 may

31-32


Javzo

Egizak qiz

21 may- 21 iyun

31-32


Saraton

Qisqichbaqa

21 iyun-21 iyul

31-32


Asad

Arslon

21 iyul-21 avgust

31-32


Sunbula

Boshoq

21 avgust-21 sentyabr

30-31


Mizon

Tarozi

21 sentyabr- 21 oktyabr

30-31


Aqrob

Chayon

21 oktyabr-21 noyabr

29-30


Qavs

Yoy

21 noyabr-21 dekabr

29-30


Shadiy

Tog‘ echkisi

21 dekabr-21 yanvar

29-30


Dalov

Qovg‘a

21 yanvar-21 fevral

29-30


Xut

Baliq

21 fevral 21 mart

29-30


Download 1,32 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




Download 1,32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

Download 1,32 Mb.