A steroidlar, kometalar va meteor modda




Download 1,32 Mb.
bet12/76
Sana21.06.2024
Hajmi1,32 Mb.
#264992
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

A steroidlar, kometalar va meteor modda. Asteroidlar.Kichik sayyoralar yoki asteroidlar, asosan Mars va Yupiter orbitasi oralig‘ida aylanadi va bevosita qaraganda ko‘rinmaydi. Birinchi kichik sayyora 1801 yilda kashf etilganva uni an’anaga ko‘ra yunon-rim mifologiyasidagi nomlardan biri - Serrera deb atashdi. Tezda boshqa kichik sayyoralar topildi va ularga Pallada, Vesta va Yunona nomlari berildi. Fotografiyaning qo‘llanilishi natijasida yorug‘ligi xira bo‘lgan asteroidlar ham kashf etila boshladi. Hozirgi vaqtda 3000 dan ortiq asteroidlar ma’lum.Milliardlab yillar davomida asteroidlar vaqti-vaqti bilan to‘qnashadilar. Bir qator asteroidlar sharsimon bo‘lmay, aniq shaklga ega emasligi ana shunday xulosaga olib keladi. Asteroidlarning umumiy massasi, Yer massasining atigi 0,1 qismiga to‘g‘ri keladi.


Kometalar (Dumli yulduz) fazoda Quyoshdan uzoqda joylashib, markazlarida yadrosi bo‘lgan juda xira tumanli oqish dog‘lar shaklida ko‘rinadi. Faqat Quyoshga nisbatan yaqinlashib o‘tadigan kometalargina juda yorug‘ va «dumli» bo‘lib ko‘rinadi. Shuningdek, kometaning Yerdan qanday ko‘rinishi ungacha bo‘lgan masofaga, uning Quyoshdan burchak uzoqligiga, ayni paytda Oyning yorug‘ligiga va shunga o‘xshash omillarga bog‘liq bo‘ladi. Katta kometalar - uzun oq dumli tumanliklar - qadimda turli baxsizliklar, urushlar va shu kabi falokatlarning xabarchilari deb hisoblangan. Chor Rossiyasida, hatto 1910 yilda ham «kometa qiyofasidagi xudoning g‘azabini» qaytarish uchun ibodatxonalarda toat-ibodatlar qilinar edi.
Koinotda, osmon jismlarining (asteroidlar) bir biri bilan to‘qnashishi natijasida, nisbatan kichikroq jismlar paydo bo‘ladi. Ular fanda Meteor moddalar nomini olgan. Meteor modda yakka holda yoki to‘p bo‘lib, Quyosh va boshqa yirik osmon jismlarining tortishish kuchiga bo‘ysunib, doimiy harakatda bo‘ladi. Sayyoramiz yonidan uchib o‘tayotganda Yerning atmosfera qobig‘iga kirib kelishi ham mumkin. Atmosferada, ishqalanish natijasida yemirilib, yo‘q bo‘lib ketganlari Meteorlar deyiladi, Yergacha yetib kelgan qoldiqlari esa myetyeoritlar deb ataladi. Meteor moddaning bir vaqtning o‘zida atmosferaga ko‘plab kirib kelishi Meteor yomg‘iri hodisasini vujudga keltiradi. Ba’zida meteor modda juda katta tezlikda kirib kelishi mumkin. Bu holda ular Bolidlar ya’ni «uchar yulduz» deb ataladi. Bolidlar Yer sathidan 40 hatto 20 kilometrgacha yetib kelishi va reaktiv samolyotlar uchishiga katta xavf tug‘dirishi mumkin. Bolidlar, ko‘pincha sezilarli, darajadagi ko‘rinma diametrga ega bo‘lib, ba’zida hatto kunduzi ham ko‘rinadi.Meteoritlar uch xilga ajratiladi: toshli, temirli va tosh temirli. Yergacha ko‘pincha ishqalanishga bardoshli temir meteoritlar yetib kelgan va to‘qnashuv natijasida o‘ziga hos kraterlar paydo qilgan.

Download 1,32 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Download 1,32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A steroidlar, kometalar va meteor modda

Download 1,32 Mb.