• 2.Sayyoralar va ularning harakati.
  • Quyosh atmosferasi uch qatlamga bo‘linadi




    Download 1,32 Mb.
    bet10/76
    Sana21.06.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #264992
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
    Bog'liq
    Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

    Quyosh atmosferasi uch qatlamga bo‘linadi:
    - fotosfera - eng pastki qatlam, quyoshning barcha nurlanish energiyasi asosan fotosferadan sochiladi. Fotosferada dog‘lar va mash’alalar mavjud. Quyosh dog‘lari uzuq-uzuq to‘rsimon yorug‘ maydonchalar-mash’alalar bilan o‘ralgan. Quyosh dog‘lari va mash’alalari Quyosh yuzasining faol sohalarini tashkil etadi;
    - xromosfera- fotosferaning ustida joylashgan. Xromosfera bilan fotosfera chegarasida harorat 4500O. Xromosfera asosidan bir necha ming km. balandlikda esa harorat ortib, 15-20 mingga yetadi. Atmosfera bosimi fotosferanikidan million marta kam;
    - Quyosh toji - quyoshning tashqi, eng ko‘p cho‘zilgan qatlami. Quyosh toji quyosh gardishidan 106 marotaba xira bo‘lib, quyoshning to‘la tutilishi paytida yaqqol ko‘rish mumkin. Quyosh toji spektorida ko‘p marta ionlangan Fe, Ca, Mg va boshqa elementlar atomlarning emission chiziqlari bor. Quyosh tojining o‘rtacha harorati 106 dan ortiq. Xromosfera bilan Quyosh chegarasidagi harorat 105 ga teng. Quyosh tojining tashqi qatlamlaridan fazoga yuqori energiya zarra (proton, elektron) lar sochilib turadi va bu oqim Quyosh shamoli deb ataladi.
    2.Sayyoralar va ularning harakati. Quyosh , 9 ta sayyora (Atorit-Merkuriy, Zuhra-Venera, Yer, Mirrix-Mars, Mushtariye-Yupiter, Zuhal-Saturn, Uran, Neptun, Pluton) va ularning yo‘ldoshlaridan iborat osmon jismlari, yana bir necha o‘n ming kichik sayyora (asteroid), ko‘pdan-ko‘p kometa va mayda meteor moddalar birgalikda Quyosh sistemasi (tizimi) ni tashkil etadi.
    Quyosh sistemasi hududidagi har qanday jism ham uning a’zosi bo‘lavermaydi. Quyoshning ta’sir doirasidagi har bir jismning Quyosh sistemasi a’zosi bo‘lishi uchun energiya to‘la manfiy bo‘lishi kerak. Bu holda jism quyoshning tortish kuchini yenga olmay, Quyosh sistemasi doirasidan tashqariga chiqib keta olmaydi. Yana, Quyosh sistemasiga tegishli jismlarga quyoshning tortishish kuchi ta’siri boshqa yulduzlarnikiga nisbatan ortiq bo‘lishi kerak.
    Quyosh sistemasida jismlarning haroratlarini boshqaruvchi asosiy jism Quyoshdir.

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




    Download 1,32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quyosh atmosferasi uch qatlamga bo‘linadi

    Download 1,32 Mb.