|
Quyosh sistemasining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat
|
bet | 11/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasiQuyosh sistemasining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- barcha sayyoralar Quyosh atrofida o‘z orbitasi bo‘ylab harakat qiladi;
- barcha sayyoralar Quyosh atrofida bir yo‘nalishda soat miliga qarshi (Shimoliy qutbdan qaraganda) harakat qiladi;
- barcha sayyoralar (Urandan tashqari) va ularning ko‘pchilik yo‘ldoshlari ham o‘z o‘qi atrofida soat mili yo‘nalishiga qarshi harakat qiladi;
- barcha sayyoralar (Merkuriy va Plutondan tashqari) orbitalari bir tekislikda joylashadi;
- Quyosh sistemasidagi sayyoralar ikki guruxga bo‘linadi - ichki (Merkuriy, Venera, Yer, Mars) va tashqi (Yupiter, Saturn, Uran, Neptun).
Ularda bir-biridan tubdan farq qiladigan xususiyatlari mavjud. Masalan, astronomik apparatlar yordamida tekshirish natijasida ma’lum bo‘lishicha, ichki sayyoralar atmosferasi tashqilarnikiga qaraganda ancha siyrak. Merkuriyda atmosfera yo‘q, Venera va Marsda SO2 dan iborat juda zich atmosfera. Tashqi sayyoralar atmosferasi juda qalin, zich bo‘lib, asosan metan, ammiak va vodoroddan iborat.
Gigant sayyoralar ichki sayyoralarga qaraganda o‘z o‘qlari atrofida juda katta tezlik bilan aylanadilar. Plutonning fizik tabiati, gigant sayyoralardan tubdan farq qilganligi uchun uni tashqi sayyoralar qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi. Saturn ham o‘ziga xos, uning atrofida xuddi yo‘ldoshlari kabi son-sanoqsiz mayda jismlardan tashkil topgan xalqalar tizimi aylanadi. Xalqalarning eni 70000 km, qalinligi 5 km.
Quyosh sistemasida 40000 ga yaqin kichik sayyoralar (asteroidlar) borligi taxmin qilinsa-da, ammo shulardan 2 mingtasi topilib, orbitalari aniqlangan.
Quyosh sistemasida yana kometalar ham mavjud. Kometalarning Quyosh atrofida aylanish davrlari bir necha o‘n yildan ortiq emas. Har yili astronomlar tomonidan 5-10 tacha kometa kashf qilinadi. Optik kuzatishlar yordamida ko‘rinmaydigan son-sanoqsiz meteor moddalar va kosmik changlar Quyosh sistemasi fazosining hamma joyida mavjud.
Quyosh sistemasi Galaktika markazi atrofida aylanaga yaqin orbita bo‘ylab 250 km/sek/ tezlik bilan aylanadi,uning aylanish davri 180 mln. yilga to‘g‘ri keladi.
Quyosh, Yerdagi barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. Quyoshning rentgen, ultrabinafsha to‘lqinlarda nurlanishi Yer ionasferasini vujudga keltiradi, korpuskulyar (zarraviy) nurlanishi Yer magnitosferasining dinamikasini belgilaydi. Bu esa Yerning issiqlik muvozanati turg‘unligini ta’minlaydi. Yerdagi barcha hodisalarga faqat Quyoshdan doimiy keladigan energiyagina emas, balki Quyosh faolligi bilan bog‘liq bo‘lgan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishdagi o‘zgarishlar ham ta’sir etadi. Bular Quyosh faolligining 11 yillik davri va Quyoshning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri bo‘lgan 27 kunlik davriyliklarda seziladi.
Quyosh chaqnashlari Quyosh kosmik nurlari manbai bo‘lib, unda chiqarib tashlangan zarralar oqimlari Quyosh shamolida uzilishlar va zarb to‘lqinlarini vujudga keltiradi. Quyosh chaqnashlari rentgen, ultrabinafsha to‘lqinlarda nurlanadi. Qadimdan Quyosh nuridan davo-profilaktika maqsadida foydalaniladi. Quyoshning infraqizil nurlari to‘qimalardan o‘tayotganda, issiqlik hosil qiladi; ko‘zga ko‘rinadigan (yorug‘lik) nurlari nerv sistemasini qo‘zg‘atadi; ultrabinafsha nurlari ta’sirida biofizik va fotokimyoviy reaksiyalar vujudga kelib, terida D vitamini, pigmyentlar va boshqalar hosil bo‘ladi. Quyosh nuri bilan davolashda Quyosh vannalaridan foydalaniladi.
|
| |