• Mustaqil ish topshiriqlari
  • 6-Mavzu: Yer, uning shakli va harakati REJA
  • Savollari va topshiriqlar




    Download 1,32 Mb.
    bet13/76
    Sana21.06.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #264992
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76
    Bog'liq
    Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

    Savollari va topshiriqlar

    1. Nima uchun koinotni cheksiz deymiz va u qanday jismlardan tashkil topgan .

    2. Galaktika nima va u megagalaktikadan qanday farqlanadi?

    3. Yuulduzlar qanday xususiyatlari jihatidan sayyoralardan farq qiladi.

    4. Sayyoralar deb nimaga aytiladi, ichki sayyoralar qanday xususiyatlari jihatidan tashqi sayyoralardan farqlanadi?

    5. Quyosh va Oy Yerning geografik qobig‘dagi tabiiy jarayonlarga qanday ta’sir etadi?

    Mustaqil ish topshiriqlari

    1. Sayyoralarning vujudga kelishi haqidagi O.Yu.Shmdit va V.G.Fesenkov nazariyalarining mohiyati nimadan iborat?

    2. Yer shari geosferalarining tabiiy komponentlarini o‘rganishda kosmik axborotlarning ahamiyati nimada?


    6-Mavzu: Yer, uning shakli va harakati
    REJA

    1. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi

    2. Yerning yillik harakati

    3. Kalendari. Oy -Quyosh kalendari



    Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. Yer shari o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa tomon aylanadi. U o‘z o‘qi atrofini 23 soat 56 minut 4 sekundda to‘la bir marta aylanib chiqadi. Yerning yana shu o‘z o‘qi tevaragida aylanib chiqish vaqti sutka deb aytiladi. Sutka yaxlit qilib 24 soat deb olingan.
    Yer aylanishining burchak hisobidagi tezligi uning hamma qismida teng, u bir soat vaqt ichida 150 siljiydi (3600:240=150). Lekin yer aylanishining masofa hisobidagi tezligi bir yil emas, turli paralellar uchun turlichadir. Agar ekvator atrofida u sekundiga 464 m tezlikda aylanib katta doira hosil qilsa, undan har ikkala qutbga borgan sari aylanish tezligi sustlashadi va kichik aylana yasaydi. Yer o‘qining uchida joylashgan ikki nuqta (shimoliy qutb va janubiy qutb) Yerning sutkalik harakati jarayonida bir joyda harakatsiz turadi, ya’ni Yerning boshqa nuqtalari singari aylana yasamaydi.
    Kishilar yer sharida yashasalar ham uning aylanishini sezmaydilar. Buning sababi shundaki, yerdagi hamma narsa – havo ham, kishi ham, yer bilan birga bir xil tezlikda aylanadi. Lekin bizga go‘yoki osmon jismlari aylanayotgandek tuyuladi. Aslida esa osmon jismlari emas, balki yer harakat qiladi. Natijada kecha va kunduz almashinib turadi, ya’ni yerning quyoshga qaragan tomonida kunduzi, teskari qismida esa kechasi bo‘ladi.
    Yer sharining o‘z o‘qi atrofida aylanishining quyidagi isbotlari va undan kelib chiqadigan geografik oqibatlari mavjud.
    1) Fuko tajribasi. Fransuz fizigi Fuko 1851-yili yer sharining sutkalik harakatini birinchi bo‘lib tajribada isbotlagan. U Parijdagi eng baland bino – Panteonda quyidagicha tajriba o‘tkazgan: binoning gumbaziga uzun, ingichka sim osib, simning uchiga og‘ir mis shar bog‘lagan va bu mayatnikning tagiga doira yasab qum sepib qo‘ygan. So‘ngra mayatnik uchini qumga tegizib, harakatga keltirgan. Biroz vaqt o‘tgach, mayatnikning qumga tekkan uchi bir necha iz (chiziq) qoldirgan. Bunday bir-biridan burchak bilan farq qiluvchi chiziqlar (yo‘llar) hosil bo‘lishiga sabab mexanikadan ma’lumki, erkin harakat qilayotgan jism (mayatnik)ga tashqaridan tazyiq bo‘lmasa o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmaydi. Demak, mayatnik yo‘nalishini o‘zgartirgan emas, balki uning tagidagi tekislik g‘arbdan sharqqa tomon aylanmoqda: natijada mayatnikning dastlabki izi bilan keying izlari orasida farq (burchak) hosil bo‘lgan. Mayatnik bir soatda 150, 24 soatda esa 3600 hosil qilgan. Chunki yer shari 24 soatda o‘z o‘qi atrofini bir marta aylanib chiqadi.
    2) Yer geoid shaklga ega, ya’ni qutblari siqiq, ekvator atrofi qabarib chiqqan. Bu – yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi orqasida bo‘ladigan markazdan qochirma kuch natijasida hosil bo‘lgandir. Ekvator ustida markazdan qochirma kuch katta, qutblarga borgan sari kamayadi, qutblarda esa nolga teng bo‘ladi;
    3) Yuqoridan tashlangan jism yer yuziga tekkuncha sharqqa tomon bir oz og‘adi. Agar 158,5 mm sharqqa tomon buriladi. Yer shari harakat qilmaganda edi, bu jism to‘g‘ri tushgan bo‘lur edi. Yuqoridan pastga tushayotgan jismning sharqqa og‘ishiga sabab yuqorida pastroqdagiga nisbatan Yer aylanishi tezligining ortiq bo‘lishidir;
    4) Yer sharining o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli shamollar va oqimlar dastlabki yo‘nalishiga nisbatan shomoliy yarim sharda o‘ng tomoniga, janubiy yarim sharda esa chap tomonga buriladi;
    5) Akademik K.M.Ber qonuniga ko‘ra, daryolar qaysi tomonga oqishidan qat’iy nazar shimoliy yarim sharda ko‘proq o‘ng qirg‘og‘ini, janubiy yarim sharda esa chap qirg‘og‘ini yuvadi. Ber qonuni deb atalgan bu hodisaning sababi shundaki, yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan-sharqqa aylanadi;
    6) Yerning sutkalik aylanishi va Oyning tortish kuchi ta’sirida Yer elastik ravishda “deformatsiyalanib”, cho‘zinchoq tuxum shaklini oladi. Bu vaqtda Yerning Oyga qaragan va teskari tomonlardagi suv yuzasi ko‘tariladi. Yerning Oyga qaragan tomoni Oyning tortish kuchi ta’sirida ko‘tarilsa, teskari tomoni, aksincha, markazdan qochirma kuch sababli ko‘tariladi. Bu ikki ko‘tarilgan nuqtalar orasidagi suv yuzasi esa Yer-Oy chizig‘iga perpendikulyar holda pasayadi.
    Oy sutkasi (24 soat 50 minut) davomida dengiz suvi ikki marta ko‘tariladi va ikki marta pasayadi. Demak, suv ko‘tarilishi va qaytishi orasidagi vaqt 6 soat-u 12 minut, 30 sekundga teng.
    Dengiz suvi sathining ko‘tarilib va pasayib turishi muhim geografik oqibatlarga olib keladi. Past qirg‘oqlarni suv bosadi, chunki dunyo okeanida suvning ko‘tarilishi o‘rtacha 20 sm bo‘lsa ham, ba’zi qo‘ltiqlarda 13-18 m ga yetadi. Natijada dengiz suvi qirg‘oqni yemiradi, qirg‘oq relefini o‘zgartiradi.
    7) Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli uning shimoliy va janubiy qismida o‘z holatini o‘zgartiradigan ikki nuqta – qutblar vujudga kelgan. O‘sha ikki qutbni birlashtiruvchi chiziqlar meridianlar deyiladi. Yer sharidagi o‘sha ikki qutbdan baravar masofada turadigan doira o‘tkaziladi va bu doira ekvator deyiladi. Bu chiziq Yer sharini ikki yarim sharga – shimoliy va janubiy yarimsharlarga ajratib turadi.
    Karta va globusda ekvatorning ikki tomonida unga parallel bo‘lgan xayoliy doiralar chiziladi. Bu doiralar parallellar deyiladi.
    Har bir parallel ekvator chizig‘idan qancha masofada turishiga qarab graduslar bilan ko‘rsatiladi. Ekvatorga 00, qutblarga 900 deb yozib qo‘yiladi. Bu esa Yer aylanasi chorak qismini tashkil etadi (16 a, 16 b-rasm).
    Yer sharsimonligi tufayli parallellar aylana shakliga ega bo‘lib, ekvatordan qutblar tomon u kichrayib (qisqarib) boradi. Agar ekvatorda 10 parallel yoyining uzunligi 11,3 km ga teng bo‘lsa, 400 parallelda 85,1 km ga, 800 parallelda 19,4 km ga teng bo‘lib qoladi. Aksincha, meridianlarning hammasida ham 10 yoyining Globus va kartalarda o‘tkazilgan meridian va parallellar bir-biri bilan kesishib, bir necha kataklardan tashkil topgan to‘rni hosil qiladi va uni geografik to‘r yoki gradus to‘ri deb yuritiladi.
    Geografik kenglik 16-b-rasm. Gradus turi (A nuqtaning geografik kengligi va uzunlik va uzunligini aniq toping. B, V, G nuqtalarini taxminan
    (O-Yerning markazi; Pva P1-qutblar;) ko‘rsating).
    EQ-ekvator; PCP1-bosh meridian;
    PAVP1-A nuqtaning meridiani;
    AOV-burchagi-A nuqtaning kengligi;
    VOC-burchagi A nuqtaning geografik uzunligi
    Ekvator, qutblar, meridian va parallellarning gradus to‘rining elementlari hisoblanib, ular gorizont tomonlarini ham ko‘rsatib turadi: meridianlar yer sharining shimol va janubini, parallellar esa sharq va g‘arbini ko‘rsatadi.
    Yer sharini xayolan meridian va parallellarga bo‘lib, koordinatalar sistemasini vujudga keltirishning ahamiyati juda katta. Chunki kenglik va uzunliklardan foydalanib, Yer sharidagi istagan nuqtani topish va aniqlash mumkin. Ekvatorda bir gradus 111,3 km ga, bir minut 1,8 km ga, 1 sekund 30 m ga teng.
    8) Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli vaqt birligi - sutka vujudga kelgan. Bir sutkada, ya’ni 24 soat ichida Yer sharidagi meridianlarning hammasi birin-ketin Quyosh oldidan bir marta o‘tadi. Quyoshga qarab turgan meridianda tush bo‘lsa, unga teskari turgan meridianda yarim kecha bo‘ladi.
    Bunday jarayonni yerning sutkali ritmikligi deyiladi. yerning sutkali ritmikligi uning Quyosh nuri bilan yoritilib turgan kunduzgi qismining o‘ta isib ketishidan, aksincha, tungi qismining sovib ketishidan saqlaydi.
    Yerning sutkalik ritmikligi o‘z navbatida tabiat elementlariga, xususan, absolyut va nisbiy namlikning sutka davomida o‘zgarib turishiga, yashil o‘simliklarda fotosintez jarayonining sutkaning yorug‘ qismida bo‘lishiga va inson organizmining hayot faoliyatiga ham ta’sir etadi. Chunki yerning sutkalik ritmikligi tufayli insonlarning yashashi uchun optimal sharoit vujudga kelib, kunduzgi aktiv ish faoliyatidan so‘ng uxlab dam oladigan tun boshlanadi. Yerning sutkalik ritmiklik jarayoni tufayli ba’zi hayvonlar kunduzgi aktiv hayot kechirib, kechasi dam olsa, ba’zilari aksincha, tunda juda aktivlashadi.
    9) Yerning sutkalik harakati tufayli turli meridianlarda bir daqiqaning o‘zida sutka vaqtlari har xil bo‘ladi. Lekin bir meridianning boshidan oxirigacha hamma joyida vaqt bir xildir.
    Demak, har bir meridianning o‘z mahalliy vaqti mavjud. Chunki har bir 150 geografik uzunlik bir soatga (360:24 soat=150), 10 geografik uzunlik esa 4 minutga (600:150=4 minut) teng.
    Mahalliy vaqt foydalanish uchun ancha noqulay. Chunki, ma’lum meridiandan bir necha o‘n kilometr g‘arbga yoki sharqqa yurilsa, soatni bir necha minut oldinga surish yoki orqaga surishga to‘g‘ri kelardi. Ana shu noqulaylikdan qutilish uchun xalqaro kelishuvga ko‘ra, mintaqa vaqti qabul qilingan, ya’ni vaqt soat mintaqalariga muvofiq hisoblangan va Yer shari 24 soat mintaqasiga bo‘lingan. Har bir mintaqa 150 geografik uzunlikka teng. Boshlang‘ich meridian o‘z ichiga sharqiy uzunlikdan 7,50 va g‘arbiy uzunlikdan 7,50 olgan bo‘lib, boshlang‘ich (nol) mintaqani tashkil etadi. Boshlang‘ich mintaqadan sharqda – 7,50 bilan 22,50 sharqiy uzunlik o‘rtasida ikkinchi mintaqa, 22,50 bilan 37,50 sharqiy uzunlik orasida uchinchi mintaqa joylashgan va hokazo. Bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga o‘tilganda bir soat farq bo‘lib, soat strelkasi yo oldinga, yo orqaga suriladi. Lekin minut, sekundlar hisobga olinmaydi, sababi minut, sekundlar hamma mintaqalarda bir xildir.
    Yer sharidagi 24 soat mintaqalaridan 11 tasi territoriyasiga to‘g‘ri keladi. territoriyasi ikkinchi soat (Moskva) mintaqasidan o‘n ikkinchi soat mintaqasigacha cho‘zilgan. Mamlakatimizda mintaqa vaqti 1919-yil 1 iyundan joriy qilingan. da mintaqa chegaralari meridian bo‘ylab o‘tishi bilan birga ba’zan oblast, o‘lka va avtonom respublikalar chegaralari bo‘ylab ham o‘tkazilgan. Agar shunday qilinmasa, bir shahar yoki oblastning bir qismi bir vaqt mintaqasida, ikkinchi qismi ikkinchi vaqt mintaqasida qolishi mumkin edi.
    Xalqaro kelishuvga ko‘ra, o‘n ikkinchi soat mintaqasi sutkaning boshlanishi deb (bu mintaqa Yer sharining o‘rtasidan, ya’ni 1800 sharqiy uzunlikdan o‘tadi) qabul qilingan. Shu sababli har bir yangi sutka (chislo) o‘sha 12 soat mintaqasidan boshlanadi.

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76




    Download 1,32 Mb.