• DUNYO OKEANI.
  • Yer sharida suvning aylanishi




    Download 1,32 Mb.
    bet20/76
    Sana21.06.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #264992
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76
    Bog'liq
    Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

    Yer sharida suvning aylanishi. Quyosh nuri ta’sirida yer yuzasidan har yili 520 ming km suv bug‘ga aylanib, yuqoriga, ko‘tariladi va to‘yinib kondensiyalanib, yog‘in bo‘lib yana yerga tushadi.
    Yer yuzasiga o‘rtacha yiliga 1015 mm yog‘in (520 ming km)yog‘adi. Yog‘in suvining bir qismi yana bug‘ga aylanadi, bir qismi yerga shimilib grunt suvini hosil qiladi,bir qismi esa daryolar orqali dengiz-okeanlarga quyiladi. Yerga shimilgan suv ma’lum vaqt o‘tgach,yana bug‘ga aylanib ketadi. Shunday qilib, bir yilda 520 ming km hajmdagi suv Yer yuzasiga goh yog‘inga, goh daryo, goh ko‘l, goh dengiz suviga aylanib, to‘xtovsiz harakat qilib turadi.
    Suvning to‘xtovsiz aylanishi natijasida dunyo okeanining suvi 2600-3000 yilda bir marta yangilanib turadi, Arktika muzliklari 15000 yilda bir marta, ko‘l suvlari 10 yilda bir marta,daryo suvlari esa o‘rtacha 12 sutkada yangilanib turadi.
    Yer sharida suvning aylanib yurishini uch turga bo‘lish mumkin. Namlik okean ustiga yog‘ib yana bug‘lanib ketsa,buni suvning kichik aylanishi deyiladi.Ma’lum teritoryaga yoqqan yog‘inning bir qismi shu yerda bug‘lanib ketadi,bir qismi daryolarga quyilib va yerga singib ketadi,bu materik ichkarisida suvning aylanib yurishi deyiladi.Suvning kichik aylaninshi bilan materik ichkarisida suvning aylanib yurishi qo‘shilsa, suvning katta aylanishi vujudga keladi. Lekin bu uch turli suv aylanishi bir-biri bilan uzviy bog‘liq va aloqadadir.
    Masalan, Atlantika okeani yuzasidan ko‘tarilgan suv bug‘larining bir qismi qayta uning ustiga yog‘adi. Bir qismi esa havo massalarining ta’sirida Yevropa qismiga keladi. Buning bir qismi Volga daryosining havzasiga tushadi.Volga daryosi Kaspiy dengiziga quyiladi. Kaspiy dengizidan bug‘langan namlikning bir qismi G‘arbiy Sibir tekisligi va Qozog‘istonning shimoliy qismiga tushib, Ob daryosi sistemasi orqali dunyo okeaniga qaytadi. Kaspiy yuzasidan bug‘langan namlikning bir qismi O‘rta Osiyoning tog‘lariga yetib keladi va Sirdaryo va Amudaryoni suv bilan ta’minlab turadi.Bu daryolar Orol dengiziga quyiladi,bu dengizda suv yana bug‘lanadi va shu tariqa aylanib yuradi.
    Suvning to‘xtovsiz aylanib yurishi yer sharining geogrfik qobig‘i va ayniqsa, undagi organik hayot uchun juda katta ahamiyatga ega:
    DUNYO OKEANI. Yuqorida qayt qilganimizdek yer yuzasining 71 protsenti suv bilan qoplangan bo‘lib, Dunyo okeanini tashkil etadi. Dunyo okeanining maydoni 361 ming km, suvning hajmi 1mlrd. 370mln. km, o‘rtacha chuqurlikda 3.7km, eng chuqur yeri 11022 m metrni tashkil etadi. Dunyo okeanini materiklar juda katta qismlarga-okeanlarga bo‘lib turadi. Demak duyo okeanining materiklar orasida joylashgan juda katta qismi okean deb aytiladi.

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76




    Download 1,32 Mb.