|
Vakuum (lotincha, Vacnum-bo‘shliq)-elektromagnit maydonining qo‘zg‘almagan sharoitidagi maxsus holati.
Virus
|
bet | 67/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasiVakuum (lotincha, Vacnum-bo‘shliq)-elektromagnit maydonining qo‘zg‘almagan sharoitidagi maxsus holati.
Virus (lotincha-virus-zahar)-kichik hujayrasiz zarracha; DNK yoki RNKdan tashkil topgan.
Global muammolar- insonlar hamma vaqt duch keladigan va faqatgina barcha mamlakatlarning umumiy sa’y harakati, shuningdek, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy tadbirlar natijasida bartaraf etiladigan muammolar.
Gumanitar fanlar- ijtimoiy fanlar: tarix, iqtisodiy siyosat, falsafa va boshqalar.
Gregor Mendel- klassik genetika asoschisi.
Genetika- irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlarini o‘rganuvchi fan.
Genotip- har qaysi organizmdagi barcha genlar yig‘indisi.
Gemoglabin- qonning qizil tanachalari, «eritrotsit» tarkibiga kiruvchi modda.
Geterotrof- (geterotrof organizm) tayyor organik moddalar bilan oziqlanadigan organizm. Inson, hamma hayvonlar, ba’zi o‘simliklar, ko‘pchilik bakteriyalar, zamburug‘lar geterotrof hisoblanadi.
Galaktika-Yagona yulduzlar sistemasi. hamma yulduzlar va ularning to‘plari birlikda yulduzlarning g‘oyat katta-gigant sistemasini–galaktikani tashkil etadi.
Gipoteza-haqqoniyligi yoki qalbakiligi hali isbotlanmagan, ixtiyoriy ravishda emas, balki, muayyan qonun, qoida, talablar asosida ilgari surilgan taxminiy bilim.
Giperdunyo- o‘ta katta megadunyo.
Gepodunyo- mikrodunyo ichidagi mikrodunyo.
Geliotsentrik-nazariya unga ko‘ra markazda Quyosh, hamma planetalar qo‘yosh atrofida aylanadi.
Gen (grekcha genes-tug‘uvchi)-irsiy axborot (informatsiya) majmuasi.
Genezis-grekcha genesis-kelib chiqish yoki paydo bo‘lishi. Tabiatda va jamiyatda biror tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarning paydo bo‘lishi.
Geotsentrizm-yer markaziy o‘rinda ekanligi haqidagi nazariya (Aristotel, Ptolomey nazariyasi).
Global evolyusionizm-umumiy xarakterga ega olam evolyusiyasi. Katta portlashlar nazariyasini tasdiqlovchi nazariya-evolyusiya ta’limoti universal ekanligi: fizika, kimiyo, biologiya, genetika, geologiya va hokazo.
Deduksiya-masalalarni umumiy holatdan xususiy holatga o‘tkazish, yechimga asoslanib, qat’iy qonunlar, xulosalar chiqarish, induksiyaga nisbatan teskari yo‘nalishda fikr yuritish.
|
| |