|
Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi
|
bet | 69/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasiInfraqizil nurlar-qizil tusli nurga nisbatan uzunroq bo‘lgan va ko‘zga ko‘rinmaydigan issiqlik nurlari.
Ilm-o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba natijasida ortirilgan bilim.
Inersial tizim-to‘g‘ri va bir me’yorda harakatlanayotgan tizim. Unda klassik mexanik qonunlar bajariladi.
Kataliz-kimyoviy reaksiyalarning katalizator moddalar yordamida o‘zgarishi. Tirik organizmlarda katalizator rolini fermentlar bajaradi.
Kvant-diskre energiya porsiyasi. M.Plank tomonidan elementar diskre energiya porsiyasi, deb belgilangan.
Kvark-nazariy jihatdan hisoblangan elementar zarracha.
Kontinuallik (grekcha continium)-uzluksizlik.
Kontinuum- uzluksiz bog‘langan butun nuqtalar, uzluksiz, birlamchi.
Konsepsiya- (lotincha conceptio-tushuncha sistema) tushunishning maxsus usuli yoki birorta qarash, ta’limot haqida tushuncha berish.
Korpuskula- (lotincha corpusculum-zarracha) - klassik fizikada zarracha.
Kosmogoniya (grekcha Kosmogonia)-kosmik jismlarning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi haqidagi ta’limot.
Kosmologiya-olam haqidagi ta’limot.
Kosmos-(grekcha koCMOS) o‘xshatma so‘z bo‘lib, olamni ast-ronomiya nuqtai nazardan aniqlash.
Kvazar-radionur tarqatib turadigan, optik diapazonda yulduzsimon bo‘lib ko‘rinadigan, spektri gaz tumanliklariga o‘xshaydigan samoviy ob’ekt.
Kosmogoniya-Quyosh sistemasi, yulduzlar va ularning sistemalari, tumanliklar va boshqalarning paydo bo‘lishi va taraqqiyotini o‘rganadigan fan.
Kosmos (yunoncha kosmos)-koinotning ikkinchi nomi. yer atmosferasidan tashqaridagi, sayyoralararo, yulduzlararo va galaktikalararo fazoni hamda barcha ob’ektlarni o‘z ichiga oladi.
Konsepsiya-1. Konsepsiya lotincha so‘z bo‘lib, «tushunish», «sistema», asosiy nuqtai nazar, asosiy fikrlarni anglatadi. Bunda hamma tabiiyot qonunlari qamrab olinadi; 2. Konsepsiya- insonning dunyoqarashi.
Kuzatish-voqea hamda hodisalarni, maqsadini, tashkil etilgan holda anglash.
|
| |