|
Kvant-qandaydir kattalik (energiya va h.k)ning birikmas qismi.
Kvark
|
bet | 70/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasiKvant-qandaydir kattalik (energiya va h.k)ning birikmas qismi.
Kvark-hozirgi zamon fizik tasavvurlariga binoan dunyo bitilgan (qurilgan) «g‘ishtcha»lar. Ular 6 tipga bo‘linadi. Oxirgi-oltinchi 1994 yilda kashf qilingan.
Klassifikatsiya-narsa va hodisalarni, ularning o‘ziga va xususiyatlariga qarab tur, xil, turkum va shu kabilarga ajratish, tasnif qilish, turkumlash. Masalan, dunyo tillari klassifikatsiyasi, fanlar klassifikaatsiyasi, o‘simliklar klassifikatsiyasi va boshqalar.
Lentonlar-yengil zarrachali elektronlar, pozitronlar, neytrin va boshqalar.
Magnit og‘ishi-magnit meridiani bilan geografik meridian orasidagi burchak.
Magnit qutblari-yerning magnit maydoniga nisbatan belgilangan (o‘zgaruvchan) qutblar.
Magnit enkayishi-erkin osilgan magnit strelkasi, gorizontal holatga nisbatan hosil qilingan burchak.
Mexanika-moddiy jismlarning mexanik harakati haqidagi fan.
Mendel qonunlari-irsiy omillarning nasldan-naslga o‘tishi to‘g‘risidagi qonuniyatlar.
Matematik fizika-fizik hodisalarning matematik modellari nazariyasi. Matematik fizikada, asosan, nazariy fizikada qurilgan modellar matematik modellar bilan o‘rganiladi.
Metagalaktika-yulduz sistema (galaktika)lari majmui. Galaktikamiz yoki Somon yo‘li sistemasi Mategalaktikaning yulduz sistemalaridan biridir.
Ma’lumot (ya’ni fakt)-voqelikning namoyon bo‘lishi.
Muammo-tadqiqotchi tomonidan anglangan, mavjdu bilimlar javob bera olmaydigan masala.
Mistika-g‘ayritabiiy olamga, ilohlar va ilohiy kuchlarga (insonning ilohiyat olami bilan aloqa qila olishga) ishonishdan iborat diniy e’tiqod, tasavvuf.
Madaniyat-1. lotincha cultura-ishlamoq, tarbiyalamoq, ma’lumot bermoq; 2. lotincha cultura-tarbiya, ma’lumot berish, rivojlantirmoq; tabiiy, ilmiy madaniyat; tabiat jarayonlarini ilmiy asosda tushunish.
Materiya to‘lqini-Lui de Broyl tomonidan kashf etilgan moddiy zarrachaning to‘lqin xususiyati.
|
| |