• Sog‘lom turmush tarzi
  • Sinergetika
  • Tabiat ilmi
  • Sima-yer po‘sti tagidagi qatlam. Sial




    Download 1,32 Mb.
    bet72/76
    Sana21.06.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #264992
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
    Bog'liq
    Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

    Sima-yer po‘sti tagidagi qatlam.
    Sial-yer po‘stining ustki qatlami.
    Sintetik evolyusiya nazariyasi (SEN)-ko‘payishning moslashgan, o‘zgarishini chaqiruvchi sabab va omillarni eksperimental o‘rganilishi va ularning genetik natijalari darajasini umumlashtirish, ekologiya, matematik modellashtirish va boshqa fanlar sintetik evolyusiya nazariyasini (SEN), ya’ni zamonaviy darvinizmni namoyon etuvchi nazariya.
    Sotsium-jamiyatga ta’sir etish, o‘rganishlar, tadqiqotlarni xatarli qilib qo‘yish.
    Stress- o‘ta hayajonlanish, odam vujudi (organizmi)ning izdan chiqish tezligini ta’riflovchi tushuncha.
    Salomatlik-1. individual psixosomatik (ruhiy) holat, insonning asosiy hayot ehtiyojlarini oqilona qondiraolish qobiliyati orqali ifodalanadi; 2. jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan to‘liq ravnaq topish holati, u xastalik hamda jismoniy nuqsonlardan xoli bo‘lmaydi.
    Sog‘lom turmush tarzi-ko‘pgina ichki va tashqi omillar, ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlar hosilasi.
    Sxolastika (sxolastik)-o‘rta asr falsafasida ustun bo‘lgan, cherkov va din aqidalarini quruq safsata, formal mulohazalar bilan asoslashga uringan, hayotdan va amaliyotdan ajralgan oqim.
    Sinergetika-1. o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish nazariyasi, o‘tgan asrning 70 yillarida paydo bo‘lgan fanlararo ilmiy yo‘nalish I.R.Prigojin, G.Xakel va boshqalar tomonidan asoslangan; astronomik, kimyoviy va biologik sistemalarning o‘z-o‘zida paydo bo‘lishi. Sinergetikada o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishni muvozanat bo‘lmagan sistemalarda birdaniga paydo bo‘lish deb tushuniladi; 2. jonsiz tabiatda yangi tuzilmalarning shakllanishi va yashashi;
    Tabiat ilmi- tabiat haqidagi fanlar sistemasi.
    Texmosfera-texnikaning tabiatga ta’siri.
    Tabiat-1. keng ma’noda-butun borliq, xilma-xil shakl va ko‘rinishdagi olam, Materiya, Koinot tushunchalarini ham qamrab oladi. Tabiatning umumiy tushunchalari falsafiy va fan metodologiyasi doirasida ishlab chiqilib, tabiiy fanlar yutuqlariga tayangan holda, tabiatning asosiy tavsifini ochib beradi; 2. Geografiya va tabiat hodisalari, uning asosiy qonuniyatlarini to‘g‘ri tushuntirish inson turmushini yanada yaxshilash va materialistik dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Bunda, tabiat haqida dastlabki tasavvur beriladi, ob’ektiv olamning rang-barang ko‘rinishi va hodisa-lari tushuntiriladi; 3. olamdagi narsalarning hammasi, butun borliq, mavjudot, jonli tabiat, tevarak-atrof, dala, o‘rmon, tog‘, adir va h.k.lar.

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




    Download 1,32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sima-yer po‘sti tagidagi qatlam. Sial

    Download 1,32 Mb.