268
–Blended learning(aralash) ta’limining qanday modellari bo‘lishi mumkin – degan
savolga biz quyidagicha javob beramiz. Blended learning(aralash) ta’limning quyidagi
modellaridan foydalanilmoqda
3
(3-rasm).
1.
Flipped Classroom (o‘zgaruvchi auditoriya
)
modeli – bunda o‘qituvchi ma’ruzasi o‘quv
materiali uyda o‘rganish uchun taqdim etiladi, auditoriyada talabalar bilimini amaliy
mustahkamlash, uyda o‘rganilganlarni xatolarini tuzatish, yangilari bilan boyitish amalga
oshiriladigan model.
3-rasm. Blended learning(aralash) ta’limining modellari.
2. Ishchi o‘rinlarni almashtirish modeli
– bunda talabalar bir dars davomida uchta
guruhga bo‘linadilar: 1–onlayn ishlaydiganlar, 2-o‘qituvchi bilan ishlaydiganlir va 3–
mustaqil topshiriq yoki biror loyihani bajarish faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Bunda
talabalar bir dars davomida yoki, ketma ket darslarda ish o‘rinlarini almashinib ishlaydilar.
3.
Laboratoriya rotatsiyasi(almashinish) modeli
bunda bir fan mashg‘uloti muntazam
ketma-ketlikda amalga oshirilib, birinchi darsda talabalar an’anaviy auditoriyada
mashg‘ulotlar o‘tgandan so‘ng kompyuterli laboratoriya xonalarida kompyuterda yoki
planshetlarda individual ravishda ishlaydilar. Bunda nazariya bilan amaliyotni
birlashtirishga va egallangan bilimlarni chuqurlashtirishga erishiladi.
4.
Moslashuvchan model(flexy model
) butun talabalar va butun o‘qituvchilar jamoasini
jalb qilishni o‘z ichiga oladi, har bir talaba individual o‘quv dasturiga ega, shu dastur
asosida bilim oladi, berilgan topshiriqlar o‘zini-o‘zi yoki kursdoshlari va o‘qituvchi
tomonidan yuqori darajada nazorat qilishga erishiladi.
5.
Kengaytirilgan virtual model
– talabalarni ta’lim muassasasida kamroq, o‘quv
ishlarining ko‘p qismini onlayn uyda yoki ta’lim muassasasidan tashqarida onlayn bajarish
imkonini beradi, lekin o‘qituvchi bilan majburiy yuzma-yuz darslar uchun ta’lim
muassasasiga borishi kerak. Boshqa aylanma modellardan asosiy farqi shundaki, talabalar
bir ish o‘rnidan boshqa ish o‘rniga jismonan harakat qilishlari shart emas, ko‘pincha ular
o‘zlarining marshrut varaqlarida rejalashtirilgan ishlarni bajarishga erishishlari lozim.