269
Ko‘pincha individual aylanishni ish o‘rnini almashtirishdan farqini ajratish qiyin.
Farqi
talabaning shaxsiy ish rejasi jadvali va tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir talabaning o‘quv
dasturi har kungi ta’lim natijalari onlayn muhitidagi ma’lumotlar
asosida individual
ehtiyojlariga moslashtiriladi.
Kengaytirilgan virtual model dasturlarining Flipped Classroom (o‘zgaruvchi auditoriya)
modelidan farqi shundaki, kengaytirilgan virtual model dasturi odatda talabaning kundalik
ta’lim muassasasiga borishni o‘z
ichiga olmaydi, balki, ba’zi dasturlar
asosida haftada bir
yoki ikki kun qatnashishi mumkin.
6.
Individual rotatsiya(aylanish) modeli.
Talabalarning o‘qituvchi yoki dastur (algoritm
yoki sun’iy intellekt) tomonidan o‘rnatilgan individual jadvalga muvofiq ishchi stansiyalar
bo‘ylab topshiriqlarni bajarish uchun harakatlanishi nazarda tutiladi.
7. A–La–Carte (talab bo‘yicha) modeli– talabalar xohish–istagi
asosida tanlov fanlarini
o‘qituvchi bilan
birga yuzma-yuz kurslarda, qo‘shimcha ravishda o‘qituvchi
bilan onlayn
asinxron va sinxron kurslarni o‘tash imkonini beradi.
Bu talabalar uchun yanada
moslashuvchan jadvallarni yaratishni nazarga tutadi.
Bunday kurslar imkoniyati
cheklangan talabalar uchun juda qo‘l keladi.