266
***********************************************************************************
3-SHO‘BA. RAQAMLI TA’LIM VOSITALARINI YARATISHDA
DASTURLASHNING ZAMONAVIY TЕNDENSIYALARI.
***********************************************************************************
Abdullayeva B.S., Kayumova N. A. Elektron ta’lim muhitida blended learning (aralash
o‘qitish)
texnologiyasi
ELEKTRON TA’LIM MUHITIDA BLENDED LEARNİNG (ARALASH O‘QITISH)
TEXNOLOGİYASİ
Prof.
Abdullayeva Barno Sayfuddinovna
,
DsC dots.
Kayumova Nasiba Ashurovna
Bugungi kunda elektron ta’limdan uzluksiz ta’lim
jarayonida foydalanish, unga bo‘lgan
qiziqishning ortishi masofaviy ta’limni o‘rnini sezilarli darajada kuchayishiga olib
kelmoqda.
Ochiq aytish kerakki, faqatgina masofadan turib ta’limni tashkil etilishi aniq
fanlar(fizika,
matematika, kimyo, hatto informatikada ham)ni o‘qitilishida oldindan
kutilgan natijaga erishishga olib kelishi qiyin kechadi. Aynan
shu joyda Blended learning
(aralash o‘qıtısh) texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Blended learning(aralash) ta’lim
– ta’lim jarayonida bir yondashuv bo‘lib, bu
o‘zgaruvchan ehtiyojlarni qondirish uchun talabalar, o‘qituvchilar va ta’lim
resurslari
o‘rtasidagi turli xil, yuzma-yuz va masofaviy ta’limning birlashtirish jarayonidir.
Aralashtirilgan ta'lim–bu
kompyuter grafikasi, audio va video, interfaol ta’lim
elementlarining maxsus axborot texnologiyalaridan foydalanib elektron ta'lim muhitida va
auditoriyada an'anaviy shakllarda o‘qitishning kombinatsiyasidir
2
(1-rasm).
1-rasm.Aralash ta’lim tuzilishi.
Blendeded learning texnologiyasi uchta ta’limni aralash
holda tashkil etishiga
asoslanadi. Ular: auditoriyada yuzma-yuz (face-to-face learning), masofali o‘qitish (distance
learning) va Internet orqali (online learning) ko‘rinishlarining uyg‘unligida tashkil etiladi.
Xuddi shu joyda ta’lim texnologiyalarining integratsiyasi vujudga keladi. Bunda ta’lim ham
sinxron, ham asinxron shaklda tashkil etiladi.
Fanlarni o‘qitishda blendeded learning texnologiyasidan foydalanishning maqsadi:
fanning umumiy ilmiy yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirishi;
ta’lim berish darajasini va texnologik
savodxonlikni oshirilishi;