398
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining
axborot madaniyati doirasida axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish quyidagilarni
nazarda tutgan holda zarur hisoblanadi:
- ushbu fan sohasining nazariy asoslarini bilish;
- axborotni sun’iy yoki tabiiy omillar ta’sirida yo‘qotishdan himoya qilish ko‘nikmalari;
- axborot xavfsizligining huquqiy asoslarini bilish va axborotga yetkazilgan zarar uchun
javobgarlikni anglash.
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirishni
quyidagi 3 darajaga ajratamiz:
- quyi daraja:
Muammoni tashxislash va uni hal qila olmaslik. Axborot xavfsizligi
sohasida zarur nazariy bilimlarning etishmasligi. Maxsus dasturiy ta’minotni bilmaslik.
Yangi bilimlarni egallashni istamaslik.
- o‘rta daraja:
Muammoni topa oladi, lekin uni qanday hal qilishni bilmaydi. Asosiy
tushunchalarni bilsada, dasturiy ta’minot bilan ishlash ko‘nikmalarining yetishmasligi
hamda ko‘rsarilgan modelga muvofiq topshiriqlarni bajara olishlik.
- yuqori daraja:
Murakkab vaziyatni aniqlay oladi va tuzatadi, muammoni hal qilishning
bir qancha usullarini biladi. Axborot xavfsizligining huquqiy va nazariy jihatlariga yaxshi
yo‘naltirilganlik va dasturiy ta’minotdan malakali foydalanish. Yangi yechimlarni
qidirishligi.
Axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish yuqorida sanab o‘tilgan jihatlarni o‘z
ichiga olgan bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlashda “Axborot xavfsizligi asoslari”
fanini o‘qitish orqali amalga oshiriladi.