Key words: normative, scientific, methodological, algorithm, rules, law, distribution, work plans, annual, workloads, sequence, lesson schedule, opportunities. АннотацияКлючевые слова |
Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming Pdf ko'rish
|
bet | 326/551 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 15,84 Mb. | | #234763 |
Bog'liq Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20Bu sahifa navigatsiya:
- Key words: normative, scientific, methodological, algorithm, rules, law, distribution, work plans, annual, workloads, sequence, lesson schedule, opportunities. Аннотация
- Ключевые слова
Kalit soʻzlar
: normativ, ilmiy, uslubiy, algoritm, qoidalar, qonun, taqsimot, ish rejalari,
yillik, yuklanmalar, ketma-ketlik, dars jadvali, imkoniyatlar.
Abstract:
In this article, we will consider in detail the algorithm that distributes
scientific methodological work in accordance with the norms of Personal Work Plans of
Professors. The main feature of this algorithm is that it distributes all annual loads to
teachers. As soon as teachers enter their level and write their first and last name, the
algorithm starts working. Based on the level and the teacher's expertise, the algorithm
distributes workloads, determines lesson schedules and explains the sequence of
performing spiritual and educational work.
Key words:
normative, scientific, methodological, algorithm, rules, law, distribution,
work plans, annual, workloads, sequence, lesson schedule, opportunities.
Аннотация:
В данной статье мы подробно рассмотрим алгоритм,
распределяющий научно-методическую работу в соответствии с нормами
Персональных планов работы профессоров. Главная особенность этого алгоритма в
том, что он распределяет все годовые нагрузки на учителей. Как только учителя
заходят на свой уровень и пишут свое имя и фамилию, алгоритм начинает работать.
В зависимости от уровня и квалификации учителя алгоритм распределяет нагрузку,
определяет расписание уроков и объясняет последовательность выполнения
духовно-просветительской работы.
Ключевые слова:
нормативный, научный, методический, алгоритм, правила,
закон, распределение, планы работы, годовые, нагрузки, , расписание уроков,
возможности.
394
O‘qituvchi sifatida shaxsiy ish rejasiga ega bo‘lish tartibli, diqqatli va samarali bo‘lish
uchun juda muhimdir. Ushbu rejada maqsadlarni, vazifalarni va ularga erishish muddatlari
belgilanishi kerak. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun muvofiq ravishda professor-
o‘qituvchilar tarkibining shaxsiy ish rejasini tartibga solish va tizimlashtirish maqsadida
ushbu maqola ishlab chiqilgan. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining
o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash
qoidalari asosida algoritm ishlab chiqiladi. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar
tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va
tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash va shu asosida tizimli ishlarni ishlab chiqish[1].
Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari tarkibi mehnatini normalashtirish har
o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilar va kafedra mudiri tomonidan tuziladigan hamda
prorektorlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish
rejalariga asoslangan holda tizimni tashkillashtirish juda muhimdir. Professor-
o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasi tarkibiga o‘quv yuklamasi hamda
o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarining turlari kiritiladi. Ish turlari
professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejalarida to‘liq va aniq aks
ettiriladi. Joriy o‘quv yili yakunida faqat mazkur o‘quv yili davomida amalga oshirilgan
ishlar hisobga olinadi. O‘quv yili davomida bajarilgan qo‘shimcha ish turlari professor-
o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalariga kiritib boriladi[2]. Professor-o‘qituvchilarning
shaxsiy ish rejasi tarkibiga kiritiladigan o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-
tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari: to‘liq shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-
o‘qituvchilar uchun professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari
asosida, to‘liq shtatda bo‘lmagan va o‘rindosh sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-
o‘qituvchilar uchun ularning stavkalariga muvofiq tarzda professor-o‘qituvchilarning
lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida shakllantiriladi. Shuningdek, mehnatga
haq to‘lashning soatbay shartlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-
o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi ushbu tizimga muvofiq shakllantiriladi [3].
Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasining bajarilishi
muntazam ravishda kafedra mudiri, har semestr yakunida fakultet dekani, dekan
o‘rinbosarlari, fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-
uslubiy boshqarma) va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha prorektorlar tomonidan nazorat qilib
boriladi[4].
Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalarini ishlab chiqishda namuna
sifatida quyidagi ma’lumotlarni olish mumkin. Ya’ni Dotsent darajasidagi o‘qituvchilar
talabalarga dars o‘tish ulardga maruza, amaliy ish va loborotoriya ishlari bo‘yicha va
ulardan tashqari yillik yuklanmalari mavjud bo‘lib, bu borasida ular kafedra tomonidan
muofiqlashtirilgan ish yuklanmalari bo‘yicha o‘zlarining yillik ishlarini bajarib borishlari
kerak bo‘ladi. Dotsentlar ilmiy darajasiga ega o‘qituvchilar yillik yuklama sifatida yakka
mualliflikda va hammualliflikda SCOPUS xalqaro bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar,
o‘quv qo‘llanmalar chiqarib borsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.. Ustoz shogirt an’analariga
rioya etgan holda talabalarning shaxsiy va akademik yutuqlarini rivojlantirish maqsadida
uchrashuvlar o‘tkazib borishi ham talabalarni ilmiy ish olib borishlari uchun yordam
beradi [5].
Bu yuklanmalarni ishlab chiqish bo‘yicha universitet tomonidan qo‘yilgan talablar
mavjud va shu asosida algoritm ishlab chiqilgan bo‘lib, uning ishlash prinsipi quyidagicha:
Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini normotivlarga asosan ishlab
chiqish;
yuklanmalar darajalar bo‘yicha taqsimlanishi;
395
dars mashg‘ulotlari guruhlar va yo‘nalishlar bo‘yicha ajratilishi;
sinf xonalarning soni ko‘rsatilishi;
dars mashg‘ulotlar o‘tkazuvchi o‘qituvchilarning bosh vaqtlari xisoblanishi;
yillik yuklanmalar taqsimlanishi;
xar bir o‘qituvchining ishlarini taqsimlagan xolatda ularga yuklanmalarni
bajarishlari uchun muddatlar belgilab berilishi;
xar bir o‘qituvchining mutaxasisligi bo‘yicha ularga dars mashg‘ulotlari
taqsimlanishi;
barcha ish rejalarini bajarganligini tekshirib borish.
Algoritm o‘z navbarida o‘qituvchilarning darajasiga belgilangan yuklamalar va
o‘qituvchilarning mutaxasisligi bo‘yicha belgilangan normalar asosida taqsimlanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qo‘yilgan ushbu talablar asosida algoritm ishlab chiqildi
va uning modeli xam tayyorlandi. Talablarni o‘rganib chiqib, shuni anglash mumkinki
xozirgi kunda bu ma’lumotlar va yuklanmalarni bitta odam va guruh bo‘lib ishlab chiqish
ancha noqulayliklar va xatoliklarni keltirib chiqarishi mumkun. Shuni inobatga olgan xolda
algoritm ishlab chiqish bir qancha yengilliklar tug‘dirishi mumkun. Ya’ni bu algoritm xech
qanday ortiqcha ish talab etmaydi va uni ishga tushurganingizdan keyin siz shunchaki
o‘qituvchilarning darajasini belgilaysiz va ularning ism familiyasini kiritasiz. Algoritm esa
shu asosida sizga o‘qituvchilarning darajasi bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni
belgilab beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming
|