391
Modellashtirish
- bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar)ni ularning modellari
yordamida tadqiq qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va
o‘rganishdir.
Dasturlash
– kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun
dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori
saviyali dasturlash tillari (
Delphi, Java, C++, Python)
vositasida amalga oshiriladi [3]. Bu
dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha
oson kechadi. Ma’lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning modeli
va algoritmi tuziladi, so‘ng mazkur algoritm ma’lum bir qonun-qoidalar asosida
kompyuter
tushunadigan tilda ko‘rsatma va buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo‘lgan kompyuter
tushunadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi.
Dasturlash tillarini shartli ravishda quyidagi
uch
guruhga ajratish mumkin:
quyi darajadagi dasturlash tillari;
o‘rta darajadagi dasturlash tillari;
yuqori darajadagi dasturlash tillari.
Delphi (o‘qilishi Delfi)
qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan avliyo yashagan ibodatxona
joylashgan grek shaharchasining nomi bo‘lib, u avliyo kabi
bu dasturlash muhiti ham
ko‘pchilik orasida juda mashhur bo‘lib ketgan. Uning qariyb chorak asr mobaynida 25 ta
varianti yaratilgan bo‘lib, ular quyidagi uchta guruhga ajratiladi:
1.
Delphi 1 – Delphi 8 (1995-2003 yillar);
2.
Delphi 2005 – Delphi 2010 (2005-2009 yillar);
3.
Delphi XE 1 – Delphi XE 10 (2010-2017 yillar).
Ularning barchasida asosiy (ba’zan yagona) dasturlash tili Object Pascal bo‘lsada,
ko‘pchiligida C++, Assemblerda, oxirgi variantlarida Javada, ba’zi versiyalarida hatto PHPda
ham dastur yozish mumkin. Oxirgi versiyalari Windows ilovalari bilan birga Android va IOS
ilovalarini ham yaratish imkonini beradi [5].
Delphi dasturida test yaratish uchun quyidagi amallarni bajaramiz. Delphi dasturi ishga
tushirilganda avtomatik Form1 nomli yangi forma hosil qiladi. Forma xususiyatlari
Object
Inspector
oynasida to‘g‘rilanadi. Masalan
Captions
bandida forma sarlavhasini
“
Test dasturi
”
deb o‘zgartirish mumkin. Test dasturini yaratish uchun formaga
Win32
tabshetida
joylashgan
PageControl
joylashtiriladi (1-rasm).
PageControl
oynaning to‘liq pastki qismini
qoplab turishi uchun
Object
Inspektor
oynasining
Align
bandidan
alBottom
tugmasi
tanlanadi.
1-rasm. Delphi dasturida test yaratish.
PageControl
ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib,
New Page
tanladi. Natijada
PageControl
da bitta tabshet paydo bo‘ladi.
Object TreeView
oynasidan
TabSheet1
tanlanib,
Scroll Box
Tabshetlar
Object
Inspektor
oynasi
392
Object Inspektor
oynasining
Captions
bandiga “
Test
” deb yoziladi. Bu ishni yana bir marta
takrorlab “
Yordam
” nomli ikkinchi tabshet hosil qilinadi. Ikkinchi
tabshet test haqida
ma’lumot yozish uchun kerak bo‘ladi. Formaga
Standart
tabshetidan bitta
Label
joylashtiriladi.
Label
belgilangan holda,
Object Inspektor
oynasining
Captions
bandiga test
nomi kiritiladi (2-rasm).
2-rasm. PageControlga ikkita tabshet va Label joylashtirish.
Additional
tabshetidan bitta
ScrollBox,
PageControl
ichiga joylanadi. Bu
ScrollBox
test
savollari ko‘payib ketgan paytda vertikal suzuvchi oyna hosil qilish uchun kerak.
ScrollBox
belgilangan holda
Object
Inspektor
oynasidan
Align
bandi
alTop
tanladi.
Savollar blankini
joylashtirish uchun
Standart
tabshetidan
RadioGroup,
ScrollBox
ichiga joylashtiriladi.
RadioGroup
belgilanib
Object
Inspektor
oynasining
Caption
bandiga test savol kiritiladi.
Items
bandiga javoblar to‘rtta satrga kiritiladi (3-rasm).
3-rasm. RadioGroup joylashtirish.
Bu yerda to‘g‘ri javoblar qaysi variantda berilayotganiga e’tibor qaratish talab etiladi va
ularni oddiy bloknotga qayd qilib borish kerak. Masalan: ((1,0,0,0),(0,0,1,0)) mana bunday
ko‘rinishda. Bu yerda birinchi to‘rttalik birinchi savolni, har bittta bir va nollar esa
variantlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini bildiradi. Berilgan misolda ikkita savol va
birinchi savolga birinchi variant to‘g‘ri, ikkinchi savolga uchinchi variant to‘g‘ri ekani
ko‘rsatilgan. Demak, shu tartibda barcha savollarni joylab bo‘lgach
Standart tabshetidan
bitta Button va Label joylashtiriladi. Tugma ustiga sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi.
Ochilgan Unit1.pas oynasiga quyidagicha kod kiritiladi.
ball:=otv[1,radiogroup1.ItemIndex]+otv[2,radiogroup2.ItemIndex];
label2.Caption:=‘Sizning bahoyingiz’+IntToStr(ball);
Bu yerda ikkita savol uchun kod yozilgan. Agar savollar soni ko‘p bo‘lsa har bir savol
uchun bitta otv[N,radiogroupN.ItemIndex] qo‘shib boriladi.
Bu koddan yuqoriroqda
var
Form1: TForm1;
dan keyin
ball:integer;
type answers=array[1..2,0..4] of byte;
const otv:answers=((1,0,0,0),(0,1,0,0));
kodini kiritish kerak. Bu yerda massiv ikkita savol va har bir savol uchun to‘rtta
variantga moslangan. Yordam tabshetiga Label joylashtirib testga qisqacha izoh yozish ham
mumkin.