• Ключевые слова: учитель, компьютеризация, информационная безопасность, информационная культура, цифровое образование. Abstract
  • Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet328/551
    Sana15.05.2024
    Hajmi15,84 Mb.
    #234763
    1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   551
    Bog'liq
    Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

    Kalit so‘zlar:
    o‘qituvchi, kompyuterlashtirish, axborot xavfsizligi, axborot madaniyati, 
    raqamli ta’lim 
    Аннотация:
    В данной статье написано об анализ работы, проводимой в области 
    информационной безопасности, педагогического мастерства учителя сегодняшнего 
    дня, информационной культуры будущего учителя информатики. 
    Ключевые слова:
    учитель, компьютеризация, информационная безопасность, 
    информационная культура, цифровое образование. 
    Abstract:
    This article is written about the analysis of the work carried out in the field of 
    information security, the pedagogical skills of the teacher today, the information culture of 
    the future informatics teacher from the creation of digital educational tools. 
    Key words:
    teacher, computerization, information security, information culture, digital 
    education. 
    Bugungi kunda pedagogik ta’lim tizimi oldiga yangicha zamonaviy metodik 
    tayyorgarlikka ega bo‘lgan pedagog-kadrlarni tayyorlash vazifasi qo‘yildi. O‘qituvchilarni 
    tayyorlashda psixologik-fiziologik o‘ziga xosliklarini hisobga olish, shakllantirish va 
    rivojlantirish tajribasini egallashi lozimligi asosan diqqat markazida bo‘lishi kerak. 
    Ma’lumki, bo‘lajak informatika o‘qituvchisining ta’lim jarayonidagi metodik tayyorgarligini 
    takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish ustuvor o‘rin egallaydi. Buning uchun 
    talabalardan, oliy ta’lim muassasalarida pedagogika, psixologiya, metodik turkumdagi va 
    informatikani nazariy jihatdan o‘rgatishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarni olib boruvchi 
    professor-o‘qituvchilardan, zamonaviy talablarga javob beradigan, mustaqil fikrlaydigan, 
    intellektual salohiyat, shuqur bilim, zamonaviy dunyoqarashga va puxta metodik 
    tayyorgarlikka ega shaxs bo‘lgan moderator, tyuter va zarur bo‘lsa arator bo‘lish talab 
    etiladi. 
    Shaxsga ta’lim-tarbiya berish nihoyatda murakkab jarayon, qadimdan ushbu faoliyatga 
    jamiyatning yetuk arboblari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uni tashkil etish 
    mazmuni va nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilovchi muhim 
    ahamiyatga molik bo‘lgan omil ekanligi ta’kidlanadi. O‘qituvchi – pedagogik va psixologik 
    jihatdan o‘z ixtisosligi bo‘yicha maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan kasbiy tayyorgarlikka va 
    yuksak axloqiy fazilatlarga boy va ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs 
    xisoblanadi. O‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘qitish shakllarini optimal darajada tashkil 
    etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni 
    puxta bilishi lozim. Hozirgi kunda o‘qituvchining pedagogik mahoratida bilish, tushunish, 
    qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash kabi didaktik qonuniyatlar ta’lim berishning 
    muhim kategoriyalari sifatida e’tirof etilgan.
    Bugungi kun o‘qituvchisiga nisbatan 
    qo‘yilayotgan talablar mazmuni kun sayin yangilanib, zamon talablariga moslashib 
    bormoqda.
    4
    Hozirda an’anaviy o‘qitish o‘rnini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar, masofaviy ta’lim 
    shakllarni, raqamli ta’lim, aralash ta’lim egallamoqda, nafaqat egallamoqda, balki 
    bosqichma-bosqish joriy etilmoqda. Shu nuqtai nazardan, talaba-yoshlarlarning egallagan 
    bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam nazorat qilish, ularning olayotgan bilimlaridagi 
    bo‘shliqlarni o‘z vaqtida to‘ldirib borish, iqtidorli talaba-yoshlardagi intellektual 
    salohiyatning muntazam rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, kattalar bilan 
    hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga qiziqtirish, ularning salomatligini muhofaza qilish va 
    mustahkamlashga qaratilgan pedagogik yondashuvlar va tajribalarni boyitish, istiqboldagi 
    va maqsadli rejalarni ishlab chiqish, o‘quv-tarbiya jarayonida raqamli ta’lim 
    texnologiyalardan hamda pedagogika fanining ilg‘or yutuqlaridan muntazam foydalanish, 
    4
    Matchanov B.J. Bugungi kun o

    qituvchisining pedagogik faoliyati va qiyofasi
    . “
    Axborot texnologiyalarining 
    zamonaviy muammolari hamda ularning yechimlari
    ” 
    mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2020 yil 5 iyun, 
    TATU UF, 56-59 b. 


    397 
    ya’ni, ta’lim jarayoniga masofaviy ta’lim, axborot-kommunikasiya texnologiyalari 
    elementlarini olib kirish, ulardan samarali foydalanish, o‘qituvchilarning ota-onalar bilan 
    hamkorlikda faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish, informatika o‘qituvchilarini qayta 
    tayyorlash va ularning malakalarini muntazam oshirib borishda innovasion metodlardan 
    foydalanish, xorijiy davlatlarning yetakshi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida 
    qayta tayyorlash va malaka oshirish, stajirovka, doktoranturada tahsil olishlarini yo‘lga 
    qo‘yish kabi vazifalar dolzarb tus olmoqda. Ta’limga oid o‘quv-me’yoriy-huquqiy 
    hujjatlarda ham uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlari uchun informatika o‘qituvchilarini 
    tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. 
    Insoniyat tomonidan qadim zamonlardan beri o‘rganib kelinayotgan axborotni ruxsatsiz 
    kirish va unga kiruvchi ta’sirlardan himoya qilish muammosi jamiyatni 
    kompyuterlashtirish bosqichida yangi mazmun kasb etdi. Ma‘lumki barcha sohalarni 
    kompyuter texnikasi yordamida axborotlashtirilishi jamiyat rivojini belgilovchi yo‘nalish 
    hisoblanadi. Jamiyatning jadal sur’atlarda axborotlashtirilishi natijasida axborot xavfsizligi 
    muammosi dolzarb vazifa sanaladi va doimo shunday bo‘lib qoladi. 
    Axborot xavfsizligi – mamlakat madaniy mulkining, xo‘jalik subyektlari va fuqarolar 
    intellektual mulkining, davlat va kasbiy sirga ega maxsus ma’lumotlarning ishonchli 
    himoyalanganligi holati.
    5

    Download 15,84 Mb.
    1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   551




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish