399
Hozirgi vaqtda Respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalari zamonaviy rusumdagi
kompyuterlar bilan to‘la taminlanganligidan, ko‘pchilik o‘quvchi va talabalarning
kompyuterdan to‘la foydalanish malakasiga egaligidan, fizika fanidan laboratoriya
mashg‘ulotlarida an’anaviy laboratoriya qurilmalarini kompyuterlar bilan birgalikda
ishlatish metodini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
STEAM – maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib, u bolalarni bir vaqtning
o‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhadislik), Art
(san’at) va Mathematics (matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda
o‘quvchilar amaliy va loyiha mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar. STEАM – real hayot
talablaridan kelib chiqqan holda akademik ilmiy–texnikaviy konsepsiya doirasida
integratsiyalashgan holda o‘qitishdir. STEAM
ta’lim metodi shunday metodki,
o‘quvchilarning boshqa fanlar bilan integratsiyasini amalga oshirib, kundalik turmushda
uchragan masalalarni o‘zlari hal qilishga o‘rgatadi.