428
va ularning axborot ehtiyojlarini tasniflashda yordam beradigan boshqa tegishli
ma’lumotlarini to’plash jarayoni orqali amalga oshiriladi.
Foydalanuvchi axborotlarini tahlil qilish.
Foydalanuvchilarning axborotga bo’lgan
ehtiyojlari asosida ular bir qator axborotlar massiviga ega bo’ladi. Natijada,
foydalanuvchilar o’rtasida bir axborotga nisbatan ehtiyoji bir xil bo’lgan foydalanuvchilar
sinfi paydo bo’ladi. Bir xil axborotdan foydalanishiga qarab foydalanuvchilarga tez va aniq
xizmat ko’rsatiladi.
Foydalanuvchilarning profilini yaratish.
Foydalanuvchilarning turli toifalarini va
ularga mos axborot ehtiyojlarini ifodalovchi to’plam guruhlari yaratiladi. Bu guruh elektron
kutubxona foydalanuvchilarining ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga va shunga mos
ravishda o’z xizmatlari va resurslarini moslashtirishga yordam beradi.
Shuningdek, elektron kutubxona tizimlarida foydalanuvchilarning axborot ehtriyojlarini
baholash uchun turli xil matematik modellar mavjud [5, 6, 7]:
1-jadval.
Axborot
ehtiyojlarini
baholash
modellar
Axborot ehtiyojlarini baholash modellarining umumiy tavsifi
Ehtimollik
modellari
Bu modellar fan va ta’limga oid axborot manbalarini foydalanuvchilarning axborot
ehtiyojlariga mosligini baholash uchun ehtimollar nazariyasidan foydalanadi. Bu
modelning eng mashhur namunasi Bayes modeli bo’lib, u foydalanuvchi so’rovlari sharti
va manba mazmuni asosida tegishli bo’lish ehtimolini hisoblab chiqadi.
Vektor fazo
modellari
Bu modellar manblar va so’rovlarni yuqori o’lchamli fazoda vektor sifatida ifodalaydi.
Ular orasidagi o’xshashlikni kosinus o’xshashligi yoki Evklid masofasi kabi usullardan
foydalanib hisoblaydi. Mashhur vektor fazo modellaridan biri bu axborot manbalaridagi
atamalarni foydalanuvchi axborot ehtiyojlarning chastotasi bilan taqqoslab hisoblashdir.
Yashirin
semantik tahlil
modeli
Foydalanuvchining axborot ehtiyojlari va so’rovlardagi yashirin semantik modellarni
aniqlash uchun matritsani factorizatsiya qilish usulidan foydalanadi. Tegishlilik ballarini
hisoblash uchun ushbu modellardan foydalaniladi.
Elektron kutubxona tizimlarida katta ko’lamli axborot maydonlaridan kerakli
axborotlarni qidirish, ularni qayta ishlash va turli qulay shakllarda foydalanuvchiga tez
yetkazib berish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb
bo‘lgan muammolardan biri bo‘lgan elektron kutubxonalarda foydalanuvchilarning axborot
ehtiyojlari haqida fikrlar keltirildi. Lekin foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini
o’rganish, elektron kutubxona tizimlariga qo‘llash hozircha yetarlicha o‘rganilmagan va
tadqiq qilinmagan. Foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini elektron kutubxonalarga
samarali qo‘llash orqali foydalanuvchilarni aynan xususiyatiga mos manbalarni taqdim
etish muammosini bartaraf etish mumkin. Natijada foydalanuvchilar aynan o‘zlariga zarur
bo‘lgan axborot manbalariga ega bo‘lishiga imkoniyat yaratiladi. Bu esa
foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlari asosida kitob mutolaasining ortishiga, o‘qishga
bo‘lgan qiziqishning yuksalishiga hamda foydalanuvchilar vaqtining tejalishiga va eng
asosiysi aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini oshirishga imkon
beradi.