426
5. Caffarella, R. S. (1993). Self‑directed learning. New directions for adult and continuing
education, 1993(57), 25-35.
6. Chakhkiev, Magomed A., et al. "On the Convergence of Some Special Series."
International Journal of Mathematical Analysis10.12 (2016): 573-577.
Bekkamov F. Axborot-kutubxona tizimlarida foydalanuvchilarning axborot
ehtiyojlarini tasniflash
AXBOROT-KUTUBXONA TIZIMLARIDA FOYDALANUVCHILARNING AXBOROT
EHTIYOJLARINI TASNIFLASH
F.Bekkamov
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
tayanch doktoranti, bfayzi@mail.ru
Annotatsiya. Ma’lumki hozirda axborot kutubxona tizimlari aholining axborot
ehtiyojlarini ta’minlashning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi va ular o‘zlarining
ko‘plab foydalanuvchilariga ega. Axborot-kutubxona tizimlari katta hajmdagi qimmatli
axborot resurslariga ega bo‘lib, foydalanuvchilarga kerakli adabiyotlarni topishlari uchun
axborotlarni qidirish xizmatini yo‘lga qo‘yishgan. Ma’lumki qidiruv tizimlari so‘rovlarni
qabul qiladi va unga mos deb hisoblangan natijalarni qaytaradi. Natijada foydalanuvchi
yana taqdim etilgan ko‘plab axborot manbalari ichidan keraklisini topish muammosiga
duch keladi. Bugungi kunda bir qancha axborot tizimlarida sun’iy intelektga asoslangan
tavsiya etish tizimlari obyektlarni tavsiya etishda samarali qo‘llanilmoqda. Axborot
kutubxona tizimlarida ham foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini aniqlash va unga
mos adabiyotlarni tavsiya etish orqali yuqori samaradorlilikka erishish mumkin. Ushbu
maqolada tavsiya etish tizimlari yordamida foydalanuvchilarga aynan kerakli adabiyotlarni
taqdim etish bo‘yicha bir qator farazlar ilgari suriladi.