Axborot-texnologik kompetentsiyasi




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet389/551
Sana15.05.2024
Hajmi15,84 Mb.
#234763
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   551
Bog'liq
Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

Axborot-texnologik kompetentsiyasi
- bu shaxsning integral sifati bo‘lib, u ma’lumotni 
tanlash, o‘zlashtirish, qayta ishlash, o‘zgartirish va yaratish jarayonlarini mavzuga oid 
bilimlarning maxsus turiga aks ettirish natijasi bo‘lib, uni rivojlantirish, qabul qilish, 
bashorat qilish va baholash imkonini beradi va faoliyatning turli sohalarida optimal 
qarorlarni amalga oshiradi. 
Tadqiqotchilarning fikrini tahlil qilish asosida shuni ta'kidlash mumkinki, axborot-
texnologik kompetensiyasi tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 


471 
-
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tushunish, axborotni tahlil 
qilish, sintez qilish va umumlashtirish operatsiyalarini bajarish qobiliyati va tayyorligi; 
-
axborotni idrok etish jarayonini tashkil etish qobiliyati va axborotni analitik va 
sintetik qayta ishlashning rasmiylashtirilgan usullariga ega bo‘lish; 
-
axborot muhitining turli manbalaridan olingan ma'lumotlarning ishonchliligini 
baholash qobiliyati; 
-
axborot bilan ishlashning huquqiy normalarini tushunish; 
-
ma'lumotni qidirishning mumkin bo‘lgan manbalari va strategiyalarini aniqlash 
qobiliyati,
-
uni qabul qilish va uzatish qobiliyati va tayyorligi,
-
olingan ma'lumotlarni etarli darajada tahlil qilish va baholash qobiliyati va 
tayyorligi, 
-
ma'lumotni yaratish va saqlash ko‘nikmalari va kasbiy faoliyatda foydalanish 
uchun bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi. 
Yuqorida keltirilgan tahlil natijalari asosida biz axborot-texnologik kompetensiyani 
tarkibiy tuzilishini tayanch, texnologik va amaliy (professional) darajaga ajratdik. (1-
sxema) 
1-sxema. Axborot-texnologik kompetensiyani tarkibiy tuzilishi. 
Biz 
bo‘lajak 
muhandisning 
axborot-texnologik 
kompetentsiyasini 
kasbiy 
kompetentsiyasining eng muhim tarkibiy qismi deb hisoblaymiz va uni bo‘lajak 
muhandisning kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishga tayyorligi va 
qobiliyatini aks ettiruvchi mutaxassisning integral xususiyati sifatida belgilaymiz. 
Axborot-texnologik kompetensiyalarining darajasi:
Tayan
ch
T
exnolog
ik
Amaliy 
(professional) 
- bu darajada kompyuter savodxonligi bilan tamshish uchun zarur bo‘lgan 
asosiy bilim, ko‘nikma va malakalar to planadi; bu darajadagi AKTdan 
foydalanish minimal (axborotni elektron shaklda yaratish. tahrirlash, saqlash: 
nusxalash va uzatishning umunny usullarini bilish, taqdimot texnologiyalari 
yordamida malumotlami taqdim etish, intemetda ma'lumot izlash 
ko‘nikmalarini egallash va boshqalar), muammoning tabiatiga eng mos 
keladigan va uni eng maqbul usullar bilan hal qilish yo‘llarini ishlab chiqishga 
imkon beradigan tarmoq o‘zaro ta'siri usulini tanlash (yoki ulaming 
kombinatsiyasi) 

bu darajada АКТ amaliy faoliyatni amalga oshirishda vositaga aylanadi 
(intemetresurslar salohiyatinr ulaming interaktivligi va maqsadli fan sohasi 
nuqtai nazandan 
mformativlik darajasini baholash; dasturiy vositalar va 
resurslami 
tahlil 
qilish) global kompyuter tarmog'ining asosiy texnologik, 
iqtisodiy va texnik talablarini hisobga olgan holda; dasturiy' ta'minot, 
texnologiya va axborotni ta'minlashning global Internet tarmog'ida 
taqdim 
etish 
sifati, vositalari va shakllarini baholash va boshqalar
- bu darajada axborot faoliyatini amalga oshirishning yangi 
vositalarini yaratish haqi dagapirish maqsadga muvofiqdir. 


472 
Shu boisdan ham kompetensiyaga asoslangan yondashuv nafaqat ma'lum bilimlarga, 
balki olingan bilimlarni turli sharoitlarda muayyan muammolarni hal qilish uchun 
shakllangan ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga jamiyatning ehtiyojini 
aks ettiradi. Bundan tashqari, nafaqat ko‘p narsani bilish va qila olish, balki eng muhimi, 
bilimlarni doimiy ravishda yangilash qobiliyatiga ega bo‘lish, boshqa fan bo‘yicha qayta 
tayyorlash imkoniyati va o‘z faoliyatida ijobiy, samarali natijalarga erishish qobiliyatiga ega 
bo‘lish kerak [4]. 
Umuman olganda, axborot-texnologik kompetensiyasi deganda aloqa va axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda axborotni to‘plash, baholash, uzatish, qidirish, tahlil 
qilish, jarayonlarni, ob'ektlarni modellashtirish qobiliyati tushuniladi.[6] Keyinchalik, biz 
axborot-texnologik kompetentlikning umumlashtirilgan kontseptsiyasini emas, balki 
bo‘lajak muhandisning kasbiy kompetentsiyasining eng muhim tarkibiy qismi sifatida 
belgilangan axborot-texnologik kompetentsiyasini ko‘rib chiqamiz va mutaxassisning 
integral xarakteristikasi sifatida bo‘lajak muhandisning axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan, xususan, ma'lumotlar bazasidan kasbiy faoliyatida samarali 
foydalanishga, ulardan foydalanish tajribasini oshirishga, uning mazmuni va chegaralarini 
kengaytirishga tayyorligi va qobiliyatini aks ettiradi. 
Jumladan ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 
bo‘lajak muxandislarning intellektual ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish, 
kasbiy faoliyatini takomillashtirishning yangi yo‘nalishlarini ochib beradi.
 
Shuning uchun 
ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan va qo‘llanilishi kerak bo‘lgan axborot komunikatsion 
texnologiyalarni ta’lim sohasidagi faoliyatini doimiy ravishda rivojlantirib, ularni 
imkoniyatlaridan kengroq foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirib borish ko‘zlangan eng 
oliy maqsad hisoblanadi. 
Xulosa shuki, kompetentlikni shakllantirish bosqichma-bosqich va uzluksiz jarayondir. U 
oliy ta’lim muassasasida boshlanadi va ish joyida tajribali ustozlar nazorati ostida davom 
etadi. Bu boradagi olib boriladigan ishlar ta’lim tizimidagi zamonaviy axborot 
texnologiyalarining qo‘llash imkoniyatlarini, talabalarda axborot texnologiyalardan 
maqsadli foydalanish va axborot-texnologik kompetensiyani oshirishga olib keladi. Bu 
jarayonda virtual didaktik vositalari talabalarda o‘rganiladigan har bir fanga tatbiq etish 
orqali bu fanlarning o‘zlashtirish qamrovini oshiradi. Natijada, ushbu fanga nisbata yanada 
qiziqishi va motivatsiyasi oshadi. Shu bilan birga, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini unumli 
o‘tkazishga, fikrlash doirasini yanada kengaytirishga hamda taffakurini rivojlantirishga 
yordam beradi. 
Bu esa, o‘z navbatida texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muxandislarni 
tayyorlash tizimiga yangicha qarashni taqozo etadi. 

Download 15,84 Mb.
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   551




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish