• BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA DASTURLASH TEXNOLOGIYASI Ibragimova Zarinabonu
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet390/551
    Sana15.05.2024
    Hajmi15,84 Mb.
    #234763
    1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   551
    Bog'liq
    Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
    1. Богатенков, С.А. Управление качеством информационной подготовки кадров по 
    критерию безопасности: моногр. / С.А. Богатенков. – Челябинск: Челябинский 
    филиал Военновоздушной академии, 2015. – 186 с 
    2. Sysoyev, P.V. and evstigneev, M.N., 2010. Methods of teaching a foreign language by 
    means of new information and communication Internet-technologies. Moscow: Glossa 
    press. 
    3. Хамидов, Ж. А. Моделирование процесса формирования готовности будущего 
    учителя профессионального образования к применению информационных 
    технологий / Ж. А. Хамидов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 
    2011. — № 12 (35). — Т. 2. — С. 145-149. 
    4. U.J.Hasanov. Ta’lim tizimida multimediali о‘quv kurslarini yaratish va ulardan 
    foydalanish samaradorligi// “O‘zbek tilining milliy korpusi: muammolar va vazifalar” 
    xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2023 yil 25 mart 352-355 bet 


    473 
    Ibragimova Z. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasini 
    shakllantirishda dasturlash texnologiyasi 
    BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI 
    SHAKLLANTIRISHDA DASTURLASH TEXNOLOGIYASI
     
    Ibragimova Zarinabonu 
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistranti 
    zarinabonuibragimova@gmail.com 
     
    Annotatsiya. 
    Ushbu 
    maqolada 
    bo‘lajak 
    o‘qituvchilarning 
    kommunikativ 
    kompetitsiyasini shakllantirishning metodik asoslari alohida yoritilgan. Bo‘lajak 
    o‘qituvchilarni tayyorlash ta’lim jarayonining asosiy vazifasi bo‘lib, o‘qituvchining kasbiy 
    va psixologik tayyorgarligining ajralmas qismi bo‘lgan kommunikativ kompetensiyani 
    shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim masalalar yoritilgan.
     
    Kalit so‘zlar:
    kommunikativ kompetensiya, kommunikatisya, kompetensiya, muloqot, 
    kommunikativ qobiliyatlar. 
    O‘rta Osiyo allomalaridan biri Ibn Sinoning “Tadbir –ul manozil” nomli asarida 
    o‘qituvchining xislatlari haqida so‘z yuritilgan. Buyuk bobokalonimiz o‘quvchi har doim 
    ta’lim jarayoniga mos bo‘lishi ya’ni o‘quvchining shaxsiy va yordamchi kompetensiyalarini 
    rivojlantirish uchun qo‘llanilayotgan ta’lim modeli o‘quvchining qaysi bir kompetensiyasini 
    rivojlantirishini inobatga olgan holda oldindan maqsad qo‘yib ta’lim va tarbiyaning 
    jarayonini amalga oshirish lozim deb hisoblaydi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning yetuk 
    inson bo‘lib kamol topishishida o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosdir. Biz uchun taniqli bo‘lgan 
    rus o‘qituvchisi S.Suxomlinskiy shunday deb aytgan “ Yaxshi murabbiy bo‘lgan 
    taqdirdagina yaxshi o‘qituvchi bo‘lish mumkin. O‘qituvchining butun pedagogik 
    madaniyati, bilimi tarbiyaviy ishda kor qilmasa befoydaa yukka aylanib qoladi.” 
    Pedagogning tajribali mutaxasis sifatidagi kommunikativ kopetensiyasini shakllantirish 
    yosh avlodni mehnat faoliyatlarida o‘z o‘rnini egallashlariga, sifatli ta’lim olishlariga 
    yordam berishi kerak, ammo bunday vaziyatda eng muhimi shaxsni talabga to‘la javob 
    beradigan darajada shakllantirish dolzarb muammolardan biridir. Bo‘lajak o‘qituvchining 
    kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish o‘qituvchilarni tayyorlashdagi muhim 
    muammolar qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bo‘lajak pedagoglarni amaliy, metodik, 
    psixologik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda kommunikativ kompetensiyani 
    rivojlantirish bilan boyib bormoqda. Shu uchun ham o‘qituvchilarni tayyorlash ta’lim 
    jarayonining muhim vazifasi bo‘lajak pedagogning kasbiy pedogogik tayyorgarligining 
    ajralmas qismi hisoblangan kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
    bo‘lishi kerak . 
    Bundan tashqari kommunikatsiyani muloqotning tarkibiy qismlaridan biri sifatida 
    belgilash mumkin. 
    Kommunikativ kompetensiyaning tuzilishi va mohiyatini e’tibor bilan o‘rganib boorish 
    bizlarga ikta darajani ajratish imkoniyatini beradi: 
    birinchi daraja 
    muloqotning o‘zida kommunikativ kompetensiyaning namoyon bo‘lishini 
    belgilab beradi. 
    ikkinchi daraja
    pedagog kasbiy otivatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va uning 
    muloqotga alohida extiyoji orqali pedagogik kommunikativ qadryatlarni kiritishi kerak. 
    E.N.Zaretskayaning ta’rifiga ko‘ra, “kommunikativ faoliyat ma’lum tartibda amalga 
    oshiriluvchi izchil harakatlar tizimi bo‘lib ,ularning har biri xususiy vazifalarni hal qilishga 
    qaratilgan va muomala maqsadi sari qo‘yilgan o‘ziga munosin “qadam” sifatida ko‘rib 
    chiqilishi ehtimoli mavjuddir”. Taniqli tadqiqotchi A.N.Leontevning konsepsiyasiga 


    474 
    tayangan holda, unda “kommunikativ faoliyatning”, aniq bo‘lgan strukturaviy 
    kompetensiyalaridan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. 
    Kommunikativ kompetensiyaning mohiyati va uning tuzilishini sinchkovlik bilan 
    o‘rganib boorish bizga ikkita, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro aloqada bo‘lgan darajalarni ajratish 
    imkonini beradi. Bunda birinchi daraja bevosita muloqotning o‘zida kommunikativ 
    kompetensiyaning namoyon bo‘lishini belgilab beradi,ya’ni insonning xulq atvorida; 
    ikkinchisi, pedagog kasbiy motivatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va yo‘naltirilishi,uning 
    muloqotga alohida extiyoji tomonidan bo‘lajak o‘qituvchining kommunikativ qadryatlarini 
    kiritishi kerak. 
    Bo‘lajak o‘qituvchining kommunikativ kompetensiyasining shakllanish jarayoni ta'lim 
    mazmuni orqali amalga oshirilishi mumkin va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
    -o‘quv fanlarining alohida ro‘yxati; 
    -talabalarning o‘quv fanlarni o‘zlashtirish jarayonida vujudga keluvchi kasbiy 
    kompetensiyalari; 
    -talabalarning ijtimoiy hayotidagi ilg‘or hayotiy o‘rni. 
    Bularning barchasi o‘ziga xos majmuani ifodalab, ularning vositasida bo‘lajak o‘qituvchi 
    yuqori darajada shakllanadi .Bunday holatda o‘zining keying shakllanishi va yuqori 
    darajada kamol toppish usullarini egallashga imkon bo‘ladi va bu bo‘lajak o‘qituvchining 
    “inson-jamiyat-olam” tizimida professional omil sifatida yanada samarali ishlashini 
    ta’minlaydi. 
    Shaxsning 
    kommunikativ 
    qobilyatlarini 
    rivojlantiruvchi 
    “kasbiy 
    faoliyatini 
    shakllantirishga asos bo‘luvchi kommunikativ maxoratni tartibsiz ravishda rivojlanishi 
    ko‘pincha fe’l-atvorning avtoritar uslubiga, tez-tez konfliktli vaziyatlarning paydo 
    bo‘lishiga,pedagog va o‘quvchi munosabatlarida keskinliklar kelib chiqishi , o‘zlashtirish va 
    o‘qish istagini pasayishi , ruxiy toliqishga ca axloqit tarbiyada o‘rnini qoplab bo‘lmaydigan 
    yo‘qotishlarga, aksar hollarda esa o‘quvchilarning ijtimoiy loqaydlik harakatlariga olib 
    keladi”. Kommunikativ kompetensiyani insonga oid murakkab tavsifnoma sifatida ham 
    bilish mumkin. U kommunikativ kompetensiyalarni, ruxiy pedagogik kompetensiyalarni 
    shaxsning boshqalar bilan muloqotida ko‘rinadigan ruxiy holatlarni qamrab oladi-
    bularning hammasi shaxsning kommunikativ xulq atvorida namoyon bo‘ladi. 

    Download 15,84 Mb.
    1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   551




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish