|
Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming Pdf ko'rish
|
bet | 388/551 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 15,84 Mb. | | #234763 |
Bog'liq Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20Kalit so‘zlar:
axborot-texnologik, innovatsion texnologiyalar, virtual ta’lim, elektron
axborot, multimedia, ta’lim muhiti, interaktiv metodlar.
Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni tayyorlashning milliy va jahon ta’lim
tajribasiga asoslangan tashkiliy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish orqali
intellektual resurslari potensialini oshirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shunga
asoslanib hozirgi kunda zamon talablariga mos axborot – kommunikatsion
texnologiyalarga doir bilimlarni muvaffaqiyatli egallash orqali axborot texnologiyalariga
oid bilimlarni to‘g‘ri va samarali uzatish, axborot-texnologik kompetensiyalarini
rivojlantirish va malakalarini oshirishga erishish mumkin.
Oxirgi oʻn yillikda oliy taʼlim muassasalarida taʼlimni axborotlashtirish, axborot
kommunikatsiya
texnologiyalarini
(AKT)
rivojlantirish,
axborot-texnologik
kompetensiyalarini shakillantirish muammolarini hal qilish masalalari bo‘yicha ilmiy-
amaliy anjumanlarda faol muhokama qilinib, dissertatsiyalarda koʻrib chiqilmoqda.
Jumladan bugungi kunda zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotlarda uchraydigan
"axborot-texnologik kompetensiyasi" tushunchasining tavsifi va strukturasini jahon va
yurtimiz ilmiy tadqiqotlari ba’zi talqinlarini ko‘rib chiqqan.
S.A. Bogatenkov “axborot va kommunikativ kompetentsiya - bu kasbiy ta'limning turli
darajalarida o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan ma’lum va tashxis qo‘yiladigan bilimlar,
ko‘nikmalar” degan xulosaga keladi [1].
P.V.Sysoyev, M.N. Evstigneev “axborot-texnologik kompetensiyasi” deganda “ma'lum
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan shaxsning axborot makonida mustaqil harakat qilish,
uni o‘z maqsadlari uchun o‘zgartirish qobiliyati” deb ta'riflaydi [2].
Mavzu bo‘yicha ko‘plab adabiyotlar tahlil qilinib olimlarning qarashlari va tadqiqotlari
o‘rganildi. Ular tavsiya qilgan metod va vositalar muhokama qilinib kompetentsiya,
kompetentlik va axborot-texnologik kompetentsiyalar tushunchalarini bir-biridan
farqlanishini ko‘rsatadilar.
Kompetensiya
- bu muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlar,
qobiliyatlar, ko‘nikmalar majmui, insonga turli vaziyatlarda, shu jumladan yangi
vaziyatlarda harakat qilishga yordam beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming
|