• Key words: Modern education, training system, continuous professional development, school education, teachers professional training. Аннотация.
  • Ключевые слова
  • Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet386/551
    Sana15.05.2024
    Hajmi15,84 Mb.
    #234763
    1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   551
    Bog'liq
    Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

    Kalit so‘zlar: 
    Zamonaviy ta’lim,
     
    malaka oshirish tizimi, uzluksiz kasbiy rivojlanish, 
    maktab ta’limi, o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi.
     
    Abstract. 
    At the same time, today in our country, having abandoned the system of 
    periodic teacher training, information is provided on the introduction of a system of 
    lifelong learning. 
    Key words:
    Modern education, training system, continuous professional development, 
    school education, teacher's professional training. 
    Аннотация. 
    В то же время сегодня в нашей стране, отказавшись от системы 
    периодического обучения учителей, приведена информация о внедрении системы 
    непрерывного обучения. 
    Ключевые слова:
    Современное образование, система повышения квалификации, 
    непрерывное 
    профессиональное 
    развитие, 
    школьное 
    образование, 


    466 
    профессиональная подготовка учителя. 
    Bugungi kunda jahonda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida pedagoglarning malaka 
    oshirishdan keyingi faoliyatini nazorat qilishning mexanizmlari ta’lim sifatini ta’minlovchi 
    asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Jamiyat va maktab bugungi kunda ta’limning yangi 
    muammolarini sifatli hal eta oladigan zamonaviy o‘qituvchiga muhtoj. Barkamollik, 
    mas’uliyat, kasbiy faoliyatni jahon standartlari darajasida amalga oshirish qobiliyati va 
    “doimiy kasbiy o‘sishga, ijtimoiy va kasbiy faollikka” tayyor bo‘lish zamonaviy 
    o‘qituvchining o‘ziga xos xususiyatlaridir. Shu munosabat bilan o‘qituvchining uzluksiz 
    malaka oshirishdan keyingi ta’lim tizimining roli va ijtimoiy mavqeini aniqlash muammosi 
    alohida dolzarblik kasb etmoqda. 
    Bunda ta’lim sohasi rivojlanayotgan barcha mamlakatlarda pedagoglarning davriylikka 
    asoslangan qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini doimiy ravishda faoliyat 
    ko‘rsatadigan uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimiga transformatsiya qilish jarayonlari alohida 
    ahamiyat kasb etadi. Xususan, har bir o‘qituvchining kasbiy ehtiyojini o‘rganish va tahlil 
    qilish bo‘yicha yuqori samarali mexanizmning kerakliligi va ushbu mexanizm orqali 
    o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirishini belgilashga zarurat paydo bo‘la boshladi. 
    Ushbu mexanizm o‘qituvchining yangi bilimlarni olishdan oldingi bilimini diagnostika 
    qilishdan iborat. 
    O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida “Uzluksiz kasbiy 
    ta’lim” maxsus elektron platformasini joriy etilishi bir qator muammolarga yechim sifatida 
    talqin etildi. Jumladan, pedagoglarning ehtiyojlarini o‘rganish, ehtiyojlariga mos variativ 
    kontentlarni yaratish va malaka oshirish faoliyatini avtomatlashtirish hamda ta’lim 
    oluvchilar uchun bir qator qulayliklarni yaratish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston 
    Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-
    4947-sonli Farmoni, 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi 
    tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3931-son qarori, 2019-yil 29-
    apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
    konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-sonli Farmoni, 2020-yil 6-oktabrdagi 
    “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy 
    tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida” PQ-4851-son qarori, 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada 
    takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4884-son qarori, 2021-
    yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash 
    hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
    4963-son qaror va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-
    yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish 
    tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son qarorlari hamda mazkur faoliyatga 
    tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda 
    ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. 
    Innovatsiyalar, moslashuvchanlik va doimiy o‘zgarishlarga tayyorgarlik mehnat 
    bozorining kuchli raqobatdosh ustunliklari hisoblanadi. Bugungi kunda barcha soha 
    rahbarlari o‘z tashkilotida, o‘z xodimlarini doimiy ravishda ta’lim olishi va yuqori 
    natijalarga erishishi uchun axborot texnologiyalarisiz mumkin emasligini tushunishadi. Bu 
    bir tomonlama jarayon emas: pedagoglar ham tizimli ravishda yangi bilim va ko‘nikmalarni 
    egallashga tayyor bo‘lishi kerak bo‘ladi. 
    Hayot davomida ta’lim olishning afzalliklari: 
    o‘z kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish ish joyidagi shaxsiy samaradorlikni oshiradi; 
    uzluksiz kasbiy rivojlanish ta’limda bo‘layotgan islohotlar va o‘zgarishlar haqida 
    vaqtida xabardor bo‘lishi va kasbiy yuksalishiga yordam beradi; 


    467 
    o‘z kasbiy ehtiyojlari asosida bilimlarni o‘zlashtirish, pedagogik mahoratini oshirish 
    va psixologik rivojlanishida muhim ahamiyatga ega; 
    hayot davomida ta’lim olish xodimlarga o‘z kasbiy sohalaridagi tendensiyalardan 
    xabardor bo‘lishga yordam beradi, bu esa raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish uchun 
    muhimdir. 
    Jahon Iqtisodiy Forumi - 2020 hisobotida aytilishicha, to‘rt yildan keyin mehnat bozori 
    tanqidiy fikrlash va tahlil qilish, stressga chidamlilik, moslashuvchanlik kabi 
    kompetensiyalarga ega bo‘lgan xodimlarga talab yuqori bo‘ladi. Ko‘pgina tadqiqotchilar 
    bunga qiziquvchanlikni ham qo‘shadilar. 
    Zamonaviy dunyoda o‘quv dasturlarini kasbiy kompetensiyalarga kengroq e’tibor 
    qaratgan holda tuzish talab etiladi. Bizda fan o‘qituvchilari bor, ammo tanqidiy fikrlashni 
    rivojlantiruvchi, o‘zaro samarali munosabatlarni o‘rnatuvchi kreativ fikrlovchi o‘qituvchilar 
    kam. O‘quv dasturlari avvalo bu ko‘nikmalarni an’anaviy fanlar doirasida o‘qitishni 
    singdirishni, so‘ngra bosqichma-bosqich fan mazmunidan o‘quvchilarning malaka va 
    shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishga o‘tishi kerak. 
    Hozirda an’anaviy o‘qitish usullarining o‘rnini loyiha va muammoli ta’limga asoslangan 
    yondashuvlar asta-sekin egallay boshladi. Bu “o‘rganishni o‘rgatish” tushunchasini ham o‘z 
    ichiga oladi. Bu haqdagi fikrlar o‘tgan asrning 80-yillaridan beri davom etmoqda, ammo 
    hozir bu shoshilinch ehtiyojga aylandi. 
    Biz yoshlarga o‘z-o‘zini tarbiyalash, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini o‘rgatishimiz 
    kerak - buning uchun avvalo maktab o‘qituvchilari ham faol bo‘lishi hamda o‘z ustida 
    muntazam ishalashi kerak bo‘ladi. 
    “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali xalq ta’limi tizimida faoliyat olib 
    borayotgan xodimlar malakasini oshirishda tashkil etilgan dastlabki kurslar dasturi 
    tinglovchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuzildi. Bu kurslar zamonaviy pedagog 
    va XXI asrda faoliyat yuritishga qobiliyatli mutaxassisni rivojlantirish maqsadida doimiy 
    takomillashib borishi ko‘zda tutilgan. 
    2016 yilda Davosda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida (WEB) ma’ruzachilar 
    zamonaviy mehnat bozorida talab qilinadigan asosiy ko‘nikmalarni aytib o‘tdilar, ular: 

    har bir mutaxassis uchun zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalar -hard skills 

    raqamlar orqali baholash qiyin bo‘lgan moslashuvchanlik ko‘nikmalari - soft 
    skillsga ajratadilar. 
    Xalqaro kasbiy kompetentlik modelida keltirilgan ko‘nikmalarni inobatga olgan holda, 
    “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi onlayn malaka oshirish kurslarida: 

    Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish; 

    AKT va media savodxonlik; 

    O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari; 

    Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi; 

    Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari modullarida soft skills rivojlantirilsa, 

    Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari; 

    O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari modullarida esa 
    kasbiy ko‘nikmalarini ya’ni hard skills rivojlantiriladi. 
    Yaqin yillar ichida tadqiqotchilarimizning yangi avlodi bu soha samaradorligini yanada 
    oshiradi. Oldindan kompetensiyalarni aniqlash va baholashning yangi usullarini ishlab 
    chiqish, yangi vazifalarni izlash, konsepsiyani qo‘llashning yangi yo‘nalishlarini tatbiq etish 
    bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 

    “tas-ix”da joylashtirilgani va personal kompyuter bilan birga mobil telefon orqali 
    (Android, iOS) kirish; 

    mustaqil onlayn ro‘yxatdan o‘tish va malaka oshirish; 

    har bir tinglovchining shaxsiy kabineti; 


    468 

    malaka oshirishni boshlashdan oldin kasbiy kompetensiyalar bo‘yicha 
    diagnostikadan o‘tish; 

    diagnostika natijalariga asosan individual kasbiy rivojlanish traektoriyasining 
    shakllanishi; 

    individual traektoriyaga asosan platforma tomonidan ehtiyojga asoslangan 
    kurslarning taklif etilishi; 

    har bir kursdagi alohida mavzu bo‘yicha videodars, taqdimot, adabiyotlar 
    mavjudligi; 

    har bir mavzudan keyin o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkoniyati (agarda 
    tinglovchi ma’lum mavzuni o‘zlashtirishi past bo‘lsa keyingi mavzular ochilmaydi va qayta 
    o‘zlashtirish imkoniyati beriladi); 

    rahbar va mutaxassislar kamida 30 soat (15 kredit), pedagoglar 36 soat (18 
    kredit) malaka oshirishdan o‘tgandan keyin malaka oshirganlik to‘g‘risidagi elektron 
    sertifikat; 

    har bir tinglovchining natijalaridan kelib chiqib shaxsiy portfoliosi shakllanishi; 

    muqobil malaka oshirish shakllaridan foydalanish uchun muayyan kredit to‘plash 
    imkoniyati; 

    malaka oshirish davrida turli vebinarlarda cheklanmagan vaqtda cheklanmagan 
    sondagi tinglovchilar ishtirok etishi (bunda tinglovchi onlayn vebinarda ishtirok etmasa 
    vebinarning arxivini ko‘rishi mumkin); 

    vebinarlar o‘tkazish paytida turli onlayn so‘rovnomalar o‘tkazish imkoniyati; 

    yaratilgan kurslar sifatini baholash (5 balli tizimda); 

    tinglovchilar va tyutorlar o‘rtasida o‘zaro muloqot qilish va fayl almashish; 

    tinglovchilar tomonidan o‘zlarining mualliflik kurslarini joylashtirish va boshqa 
    tinglovchilarga o‘rtoqlashish; 

    malaka oshirish tizimini yanada rivojlantirish va sifat darajasini oshirish 
    maqsadida monitoring tizimi, ya’ni respublika, hudud, maktab direktori, fan metodisti 
    o‘zlarining pedagoglarini bilim va ko‘nikmalarnini monitoring qilish va kerakli 
    ko‘rsatmalar berish imkoniyati mavjudligi; 

    kurs kontentlarini yanada rivojlantirish maqsadida har bir kursda individual 
    so‘rovnoma va baholash tizimining mavjudligi hamda qulayligi xalq ta’limi tizimida 
    “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida onlayn malaka oshirmoqchi bo‘lgan 
    talabgorlar ko‘paymoqda va yaqin kelajakda bu sohada yanada ko‘proq yutuqlarga 
    erishamiz. 
    “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi innovatsion ish, bu kichik bir qadam, ammo 
    u rivojlanishda davom etadigan butunlay yangi ilmiy yo‘nalishni ochdi. Umid qilamizki, 3-5-
    yil ichida “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida onlayn malaka oshirish orqali XXI 
    asr ko‘nikmalarini o‘rgatishning yangi yondashuvlari hozirgilaridan samaraliroq tarzda 
    xalq ta’limi tizimida ijobiy natijalarda aks etadi. 
    O‘qituvchilar nega malaka oshirishlari kerak? 
    Rotterdamlik Erazm bundan 500 yil oldin “o‘rganishdagi biinchi qadam o‘qituvchiga 
    bo‘lgan munosabatdan boshlanadi”, “o‘quvchilar yaxshi ko‘rgan ustozlarida yaxshiroq 
    o‘qishadi”, deb yozgan. Zamondoshimiz avstraliyalik professor, “Make Learning Visible” 
    nomli mashhur kitob muallifi Jon Xetti 800 xil xalqaro tadqiqotlar tahlili asosida 
    o‘quvchilarning muvaffaqiyatini na sinfdagi bolalar soni, na sinf xonalarining jihozlanishi, 
    na dars davomiyligi aniqlaydi, uni aniqlovchi asosiy omil o‘qituvchidir degan xulosaga 
    keladi. 
    O‘qituvchining vazifasi bolada uning hayotiy energiyasi, bilimli bo‘lish, bilimlarini o‘ziga 
    moslashtirish va qo‘llash istagini qo‘llab-quvvatlashdir. 
    O‘quvchida o‘qish, o‘rganish istagi majburan shakllantirilmaydi, faqat o‘qituvchisining 
    unga bo‘lgan ishonchini his qilganda uyg‘onadi. Yangi bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan 


    469 
    qiziqish faqat shaxsiy misol bilan ifodalanadi va o‘quvchilar o‘qituvchining o‘zi ularga 
    o‘qitilayotgan fanni yaxshi ko‘rishini shubhasiz his qilishadi. 
    Malaka oshirish kurslarida o‘qishning bir qancha sabablari bo‘lishi mumkin, ammo 
    ularni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lamiz: 
    Ichki sabablar. O‘qituvchi o‘z malakasi darajasidan qoniqmagan va o‘zi o‘qitayotgan 
    fanni o‘quvchilarga yetkazib berishda mahorat va ko‘nikmalar yetishmasligini his 
    qilganida. 
    Tashqi sabablar. Ko‘pincha maktabda o‘qituvchidan malaka oshirish sertifikati talab 
    qilinadi, shunda u o‘z lavozimini saqlab qolishi yoki lavozimga ko‘tarilishi uchun malaka 
    oshirish kursida o‘qishga keladi. 
    Ammo shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pincha o‘qituvchilar malaka oshirish kurslariga 
    majburan kelishadi, ularga mustaqil ravishda boradiganlar afsuski ko‘p emas. 
    Xodimlarning malakasini oshirishning alohida ahamiyatga ega bo‘lgan to‘rtta asosiy 
    sababi mavjud: 
    -
    Axborot asri - tez texnologik o‘zgarishlar. 
    -
    Mehnatga bo‘lgan talablarning o‘zgarishi. 
    -
    Ko‘nikmalarning yetishmasligi. 
    -
    Doimiy tashkiliy o‘zgarishlar. 
    Dunyo juda tez rivojlanmoqda, shuning uchun zamonaviy insonning eng muhim 
    ko‘nikmalaridan biri bu hayot davomida ta’lim olish qobiliyatidir. Uning asoslari maktabda 
    qo‘yiladi va o‘qituvchi bu nuqtai nazardan bolalar uchun eng muhim namunadir, chunki 
    o‘qituvchi qanday o‘rganishni o‘rgatadi. 
    Malaka oshirish o‘qituvchining zamonaviy gadjetlardan foydalanish, sinfdagi faoliyatni 
    boshqarish, nizolarni oqilona va adolatli hal qilish mahorati kabi kompetensiyalarini 
    rivojlantiradi. Bularning barchasini o‘qituvchilar uchun tashkil etiladigan malaka 
    oshirishning an’anaviy, masofaviy, dual shuningdek eng zamonaviy va dolzarb bo‘lgan 
    onlayn shakllarida o‘rganish imkoniyatiga ega. 
    Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, pedagogning o‘z kasbiy kompetentligini 
    rivojlantirib borishi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malakasini doimiy oshirib, jahon tajribasi 
    va ilm-fan yangiliklaridan muntazam ravishda xabardor bo‘lib borishida bugungi kunda 
    jahon ta’lim sohasida keng muvaffaqiyat bilan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan onlayn ta’lim 
    olish tizimi yordamga keladi. Ana shu omillarni hisobga olgan holda, respublikamizning 
    xalq ta’limi tizimida ham onlayn ta’limni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu ishda jahon 
    tajribasi albatta qo‘l keladi. 

    Download 15,84 Mb.
    1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   551




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish