487
Transkripsiya tamoyillari o‘ziga xos xususiyatlari bilan orfografiya va uning
tamoyillaridan farq qiladi. Ma’lumki, orfografiya o‘zining fonetik, morfologik va tarixiy-
an’anaviy kabi tamoyillari bilan lingvistikada ahamiyat kasb etadi.
Birinchidan, transkripsiyaning asosiy tamoyiliga ko‘ra so‘z qanday eshitilsa, u shunday
yozib olinadi.
Ikkinchidan, orfografiyada bir tovush, odatda, bir harf bilan ifodalansa ham, lekin ba’zan
bir tovush ikki harf (belgi) bilan, yoki, aksincha, ikki tovush bitta harf bilan berilishi
mumkin. Transkripsiyada esa hamma vaqt bir tovush bir harf (belgi) bilan beriladi.
Uchinchidan, transkripsiyada bosh harf degan tushuncha yo‘q, transkripsiya
belgilarining barchasi kichik harflarda (simvollarda, belgilarda) beriladi.
Transkripsion belgilar odatda ma’lum o‘zgarishlar kiritish orqali an’anaviy alifbolar
(lotin, rus, o‘zbek alifbosi kabi) asosida tuziladi: Lekin ularga qo‘shimcha belgilar ham
qo‘shiladi. Shuning uchun transkripsion belgilar soni asos qilib olingan alfavitdagi harflar
sonidan ko‘p bo‘ladi.
Transkripsiyada asosiy belgiga qo‘shilgan qo‘shimcha belgi