|
Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming Pdf ko'rish
|
bet | 400/551 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 15,84 Mb. | | #234763 |
Bog'liq Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20diakritik belgi
deyiladi.
Masalan, til oldi
o‘ (ӧ)
tovushini til orqa
o‘(о)
tovushidan farqlash uchun asosiy belgining
ustiga ikki nuqta qo‘yiladi. Ana shu qo‘yilgan ikki nuqta diakritik belgi sanaladi.
Transkripsiyaning asosiy 3 ta turi bizga ma’lum:
fonetik transkripsiya;
fonematik (fonologik) transkripsiya;
amaliy transkripsiya.
Fonetik transkripsiya
– bu, so‘z talaffuzining grafik yozuvi bo‘lib, u xorijiy tillarning
lug‘atlarida (imlosi talaffuzdan juda uzoq va to‘g‘ri qonuniyatga ega bo‘lmagan; masalan,
ingliz tili), til darsliklarida, diksiya va qiroat darsliklarida, jonli nutq yozuvlarida
(dialektologik yozuvlar, fonetika darsliklari va boshqalarda) keng qo‘llaniladi.
Fonematik transkripsiya
– bu, so‘zlarning faqat fonemalarini aks ettiruvchi, ularning
allofonlarini hisobga olmagan holda yozma va ba’zi bir shartli belgilar bilan tovushni
ifodalash tizimi bo‘lib, uning asosiy tamoyili shundaki, har bir fonema, pozitsiyasidan qat’iy
nazar, doimo bir xil belgi bilan ifodalanadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, fonetik transkripsiyada so‘zlar
[ ]
kabi kvadrat qavs ichida
yoziladi, fonematik transkripsiyada esa so‘zlar
/ /
kabi qiyshiq chiziqlar orasida yoziladi.
Masalan, inglizcha “Man” (erkak) so‘zi fonematik transkripsiyada
/mæn/
kabi yoziladi,
fonetik transkripsiyada esa
[mæn]
(UK) yoki
[mɛən]
(US) kabi yoziladi.
Amaliy transkripsiya
– bu, tilning tarixan shakllanib kelgan mavjud imlo tizimidan
foydalangan holda chet eldagi joy nomlari va kishilarning ismlarini yozishda qo‘llaniladigan
transkripsiyadir. Amaliy transkripsiyada so‘z asl tildagi tovush ko‘rinishini taxminan
saqlab qolgan holda qo‘shimcha belgilarsiz, maqsadli tilning odatiy belgilaridan
(harflaridan) foydalanib, o‘rnatilgan an’anadagi imloni hisobga olgan holda yoziladi.
“Amaliy transkripsiya” atamasi ilk bora 1935-yilda A.M.Suxotin tomonidan o‘zining ilmiy
manbalarida qo‘llanilgan, keyinchalik bu atama 1947-yilda A.A.Reformatskiy tomonidan
o‘zining “Tilshunoslikka kirish” nomli kitobida umumiste’moldagi tushuncha sifatida qabul
qilindi.
Ta’kidlash joizki, bularning ichida eng aniqrog‘i fonetik transkripsiya bo‘lib, u asosan
dialektologik ishlarda qo‘llanadi va uning vazifasi tovushlarni mumkin qadar to‘liq va
barcha nozikliklari bilan birga ifoda etishdir.
O‘zbek dialektologiyasida ko‘proq kirill (rus) grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyadan
foydalanib kelinmoqda. Bu transkripsiyada o‘zbek tili unlilari uchun quyidagi belgilar
olingan (1-jadval):
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming
|