490
Birgalikdagi muhokamadan so‘ng o‘quvchi yoshlar suhbatning yagona reja-loyixasini
tasdiqlaydilar. Ushbu tuzilgan
reja-loyixa kichik jurnal, ya’ni o‘ziga xos og‘zaki jurnal
sahifalariga o‘xshashligi uchun o‘qituvchi ushbu suhbatni – “og‘zaki jurnal” deb nomlashni
taklif etadi va talaba (yoki o‘quvchi)lardan ushbu og‘zaki jurnalga va uning har bir
sahifasiga nom berishlarini so‘raydi.
5. Ishning keyingi bosqichini boshlash uchun, qatnashchilar kichik guruhlarga bo‘linadi.
6. O‘qituvchi guruhlarga bu o‘ziga xos jurnalni ko‘rib chiqishni, har bir sahifaga va
jurnalga umumiy nom berilishi kerakligini taklif etadi.
7. Keyin guruhlarga bitta sahifani (qur’a tashlash yoki o‘z xoxishlari bo‘yicha) tanlash
imkoniyati
beriladi, har bir guruh, o‘zlari tanlagan sahifaning mazmunini ochib berish
uchun tayyorgarlikni boshlaydi.
8. Tayyorgarlik uchun aniq vaqt belgilanadi. Tayyorgarlik vaqtida guruhlar o‘zlari
tanlagan sahifa mazmunini yoritish usullari, shakllari, ijrosini va qanday qilib taqdimot
qilish yo‘llarini aniqlaydilar, vazifalarni bajarish uchun tayyorgarlikni boshlaydilar.
“Do‘ppi tikish texnologiyasi” mavzusidagi og‘zaki jurnal sahifalari quyidagicha
nomlanishi (guruhlar tomonidan umumiy muhokamada kelishilgan
holda tuzilgan reja-
loyiha taxminan shunday bo‘lishi) mumkin:
1-Sahifa. O‘zbek milliy bosh kiyimlari( erkaklar, ayyollar, bolalar do‘ppi, araqchin ,
kulox) haqida ma`lumot.
2. Sahifa. “ Kasbim-faxrim” O‘zbek do‘ppichlik maktablari va bu sohaga o‘z hissasini
qo‘shgan insonlarning hayoti haqida video lavha.
3. Sahifa. “Yangi dizayn” Bunda o‘quvchilar o‘zlari yaratgan yangi dizaynni taqdim
qiladilar ( Bu bolalar, qizlar yoki erkaklar do‘ppilari, yoki zamonaviy taqinchoqlar bo‘lish
mumkin)
4. Sahifa. “Go‘zallik va moda “ Bunda o‘quvchilar o‘zlari yaratgan dizaynga asosan
bajargan amaliy ishlarini taqdim qiladilar.
5. Sahifa. “ Bizning bosh kiyimlarimiz kelajakda” ( fantastik loyihalar taqdimoti)
Guruhlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar va namoyish etishlar yuqorida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
Guruhlarning chiqishlari ketma-ketlik bilan bir-biriga bog‘langan
holda amalga
oshiriladi, iloji boricha guruhlarning namoyishida barcha guruh a’zolarining ishtiroki
ta’minlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Guruhlar namoyishidan so‘ng, o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi)lar bilan birgalikda
guruhlar tomonidan namoyish etilgan sahifalarning ijobiy va salbiy tomonlarini muhokama
qiladilar, ushbu mashg‘ulot ularni nimalarga o‘rgatgani va ular nimalarni bilib olishgani
bilan qiziqadi. O‘qituvchi kerakli tavsiyalar va tushunchalar beradi, so‘ngra mashg‘ulotni
yakunlaydi.
O‘zbekiston xalq amaliy san’atining eng ommaviy va hamma yerda tarqalgan turlaridan
biri har doim do‘ppi – adrasli qattiq yoki yumshoq qalpoqcha bo‘lgan edi. Do‘ppi o‘zbek
milliy kiyimining ajralmas qismi bo‘lib, o‘zbek xalqining hayoti va an’analariga chuqur kirib
borgan. Do‘ppi (turkcha tepa so‘zidan olingan) nafaqat o‘zbeklar, balki boshqa Markaziy
Osiyo xalqlarining ham milliy bosh kiyimidir. Do‘ppilar turlariga qarab ajratilgan: erkaklar,
ayollar, bolalar uchun, qarilar uchun turlari bor. Keksa ayollar bu bosh kiyimni kiymaydilar.
Bolalarning do‘ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do‘ppi, kallapo‘sh)
matolarining turli-
tumanligi va rang-barangligi bilan, popuk va sharchalarining kattaligi, kashtalari, zarlari va
tumorlarining ko‘pligi bilan farqlanadi.
O‘zbek do‘ppilarining eng ko‘p tarqalgan shakllari ozgina konussimon kabi to‘rt qirrali
do‘ppilardir. Do‘ppilar ikki yoki undan ortiq mato qatlamlaridan tikilib, ipak yoki odiiy iplar
bilan qavilib, mutahkamlanar edi. Tayyor do‘ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan
kashta tikish mumkin. Do‘ppi tikish san’atini bilan avvaldan ayollar shug‘ullanishgan.
Do‘ppilardagi eng ko‘p uchraydigan naqshlarga gul naqshlari, hayot va unumdorlik ramzi
491
bo‘lgan bodom naqshi kiradi. Do‘ppilarning naqshida saqlovchi vosita deb hisoblangan ilon
izi naqshi ham tez-tez tikiladi. Geometrik shakllardagi naqshlar ham juda ommaviy
hisoblanadi. Turli tumanlarda yaratilgan do‘ppilar o‘zining shakli, naqshlari va tanlangan
ranglari bilan farqlanadi. O‘zbekistoning ko‘pgina tumanlarida chust do‘ppilari eng ko‘p
uchraydi. Chust do‘ppilarining eng tarqalgan turi qora matodagi to‘rt
dona qalampir
shaklidagi oq naqsh bilan tikilgan bo‘lib, pasti qator joylashgan gumbazchalar bilan
o‘ralgan (1-rasm).
Do‘ppining uchta turi mavjud – dumaloq, to‘rt qirrali dumaloq do‘ppilar va cho‘zinchoq
qalpoqcha. Chust do‘ppilari naqshining keskinligi bilan (bodom donasi to‘la, mo‘ylovchasi
kalta va keskin burilgan)va pastki chetining balandligi bilan ajralib turadi. Farg‘ona vodiysi
do‘ppilarining boshqa turlari “Sandali”,”Akka ikki so‘m”,”Chimboy”,”Surkachekma” va
boshqalar naqshlarining soddaligi bilan ajralib turadi. Samarqand do‘ppilari “piltado‘zlik”
uslubiyotida bajarilgan. Do‘ppilarning boshqa turlari ham bor urgutcha “qalpoq”,
Buxoroning zar tikilgan do‘ppilari, shahrisabzcha “gilam do‘ppi”, Kitob va Shahrisabz
do‘ppilari “sanama” va “chizma”, “taq’ya”, “tayxa”, “chumakli”, “kush” – Xorazmning
erkaklar va ayollar do‘ppilari hisoblanadi. Do‘ppilarda eng ko‘p tarqalgan naqshlar
qalampirnusxa do‘ppi (poklik va barcha foniy narsalardan voz kechish ramzi), xoch, patlar,
bulbul, qush naqshlari (oliy donolik ramzi), atirgul shoxi (tinchlik va go‘zallik ramzi),
muqaddas arab yozuvlari va boshqalar uchrar edi.