493
kerakli hujjatlarni o‘zlari tanlashlari mumkin. Hujjatlar son jihatdan ko‘p bo‘lgan taqdirda,
ularni avtomatik tanlash uchun algoritmlardan foydalanish maqsadga muvofiq keladi.
2-bosqich. Matnlarni oldindan qayta ishlash
. Bunda hujjatlar matni Text Mining
algoritmlarini qo‘llash uchun avval qulay shaklga aylantiriladi. Ushbu bosqichning oxiri
tahlil natijasiga ta’sir qilmaydigan keraksiz so‘zlarsiz matn tuzilishi bilan belgilanadi.
3-bosqich: talab qilingan ma’lumotlarni ajratib olish.
Mazkur bosqich qayta
ishlanayotgan matndagi asosiy tushunchalar to‘plamini keyingi tahlil bosqichi uchun
shakllantirish bosqichi sanaladi.
4-bosqich. Text Mining usullarini qo‘llash.
Bu tahlil jarayonidagi eng asosiy bosqich
bo‘lib, bunda matnda yashiringan yangi bilimlar va qoidalar shakllanadi.
5-bosqich: olingan natijalarni tahlil qilish va interpretatsiyalash.
Tahlil natijalari,
bunda, foydalanuvchilarga qulay shaklda, masalan, tabiiy tildagi matn ko‘rinishida yoki
grafik shaklda taqdim etiladi.
Text Mining texnologiyasidan foydalanish usuli bugungi kunda ta'lim sohasida raqamli
texnologiyalardan foydalanishning ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda talaba yoki
o‘quvchilarning fikr-mulohazalarini tahlil qilishdan tortib, akademik tadqiqotlardagi
tendensiyalarni tartibga solishga qadar Text Mining texnologiyasi o‘zining ko‘pdan-ko‘p
ilovalarini taqdim etadi.
Text Mining texnologiyasi intellektual algoritmlar yordamida tushunchalarni anglash,
shablonlarni aniqlash va ma’lumotlarni kategoriyalarga ajratishda keng qo‘llanishi bilan bir
qatorda, ma’lumotlarning vizual tasvirlarini yaratish, o‘qituvchilar va ta’lim jarayonini
texnik tashkil etishda ishtirok etuvchi administratorlarga eng samarali harakat yo‘nalishini
aniqlashda yordam beruvchi ilg‘or texnologiya sanaladi. Bu o‘qituvchilarga har bir
talabaning o‘rganish uslubiga mos keladigan dars rejalari va o‘quv materiallarini
moslashtirishga yordam beradi va shu bilan ularning akademik samaradorligini oshiradi.
Bundan tashqari, Text Mining texnologiyasi o‘quvchi yoki talabalalarning fikr-
mulohazalarini yanada kengroq tahlil qilish uchun ishlatilishi mumkin, bu o‘qituvchilarga
ta’lim jarayoni ishtirokchilarining xatti-harakatlaridagi turli kamchiliklarni aniqlash va
ularni tuzatish choralarini ko‘rish imkonini beradi, bu o‘qituvchilarga eng muhtoj bo‘lgan
talabalarga maqsadli yordam ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Text Mining texnologiyasi ta’lim sohasida ko‘plab amaliy
dasturlarga (ilovalarga) ega bo‘lgan kuchli vosita bo‘lib, bu talaba yoki o‘quvchilarning fikr-
mulohazalarini chuqur tahlil qilish, tadqiqotlardagi aniq mezonlarni aniqlash va o‘qitish-
o‘rganish tizimiga ko‘proq moslashtirilgan yondashuvni rivojlantirishga yordam beradi.
Text Mining texnologiyasi tomonidan erishilgan yutuqlar bilan o‘qituvchilar o‘z
tinglovchilariga ilg‘or ta’lim tajribasini qulaylik bilan taqdim etishlari mumkin.