Adabiyotlar:
1.Karimova V.M. Oila psixologiyasi”. Darslik-T:Fan va texnologiya. 2008.152b.
2. Shoumarov G.B. tahriri ostida. “Oila psixologiyasi”.T.: Sharq, 2009. -272 b.
3. Fayzieva M., Jabborov A. “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi”. - T.Шарқ 2007.
4. Доброславович В. Любовь или влюбленность? Москва. Академия 1999 г.
5. Karimova V.M. “Oilaviy hayot psixologiyasi” O‘quv qo‘llanma. T.,Шарқ 2006
6. Андреева Т. В. Семейная психология: Учеб. пособие. - СПб.: Речь, 2004. - 244 с.
7. Карабанова О.А. Психология семейных отношений и основы семейного консультирования. Учебное пособые. – М.: Гайдарики, 2005. – 320 с.
8. Shoumarov G.B. Muhabbat va oila. – T.: Ibn Sino, 1994. - 120 b.
9. Сатир В.М. Kak строит себя и свою семью. M.: Педагогика - Пресс. 1992. -191 с.
10. Психология семейных отношений: конспект лекций / сост. С.А.Векилова. - M.: АСТ; - СПБ: Сова, 2005. - 127 с.
11. “Социология семьи:” Учебник, под. ред. проф. A.И.Антонова- 2-е изд., перераб. и доп. - M.: ИНФРА-M, 2005. - 640 С. (Kлассический университетский учебник).
12. Faxr-ul Banot Sibhatulloh qizi. Oila saboqlari. - T.: Yozuvchi, 1992. – 96 b.
13. XXI asr oilasi kontsepsiyasi. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi. - T.: NISIM, 2002. - 28 b.
14. Bo‘riev O. O‘zbek oilasi tarixidan. - T.: O‘qituvchi, 1995. - 128 b.
15. Nishonova Z. Va boshqalar. Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiya. T.2017
6-Mavzu Oilaning hayotiy sikli
Mavzuning qisqacha mazmuni: Umr yo'ldosh tanlash nazariyalari. Oila qurishdan avvalgi davming o'ziga xos xususiyatlari. Nikohning yuzaga kelishiga asos bo'ladigan omillar kompleksi. Tanishish shartlari va sharoitlari. Nikoh yoshi xususiyatlari. Nikoh motivlari va er-xotin munosabatlari. Oila butun bir tizim sifatida. Oiladagi emotsional munosabatlar harakteri. Sevgi - er-xotin munosabatlarini qurishda asos sifatida. Muhabbat borasidagi nazariyalar. Sevgining xissiyot sifatida rivojlanishi. Muhabbat turlari, bosqichlari, belgilari.
Dunyoda hamma narsa jufti bilan yaratilgan: oy va quyosh, kecha va kunduz, yer va osmon, erkak va ayol, musbat va manfiy, issiq va sovuq, go‘zal va xunuk va hokazo. Eng qizig‘i, ana shu barcha juftliklar ajralmasdir, biri birini to‘ldiruvchidir. Musbat va manfiy zarralar birlashsagina elektr quvvatini hosil qilganiday, ikki aks narsa juftlashib, yaxlit bir komil narsani paydo qiladi. Allohning hikmatini qarangki, jamiki mavjudotlarning eng oliyi bo‘lmish odamzod juftligini ham bir-biriga hech qaysi jihatdan o‘xshamagan, hatto turish-turmushda, fe’l-atvorda, voqelikka munosabatda, fikrlashda, his-tuyg‘ularda farqlanadigan qilib yaratgan.
Ana shunday mutlaqo bir-biriga o‘xshamagan, biri ikkinchisining g‘irt aksi sanalgan erkak va ayolning ilohiy nikoh rishtalari tufayli bir xonadonda, bir oilada ahil-totuv bo‘lib yashab ketishlari, bora-bora bir-birlarisiz tura olmasliklari, muhabbat qo‘yishlari, hayot davomiyligini ta’minlab umrguzaronlik qilishlari haqiqatan Yaratganning san’ati va hikmatidan dalolatdir.
Biror inson yo‘qki, hayotining qaysidir pallasida «Men baxtli yashadimmi?» deya o‘ziga savol bermagan bo‘lsin. Har bir kishi baxtga intiladi, shu yo‘lda kurashadi, baxti uchun ko‘p narsani qurbon qiladi. Ammo insonlarning «baxt» tushunchasiga qarashlari turlicha: birovga arzimas tuyulgan narsa birov uchun chinakam baxtiyorlik ramzidir. Xastalarga sog‘lik, xunuklarga chiroy, kambag‘alga mol-dunyo, majruhlarga to‘rt muchchaning mukammal bo‘lishi chinakam baxt timsoli sanaladi. Lekin ko‘pchilik bir narsada yakdil: oilaviy baxt hamma narsadan aziz va ardoqliroq deb hisoblaydi.
Yigitlar go‘zal va vafodor, soliha va shirinso‘z, farosatli va hayoli rafiqaga ro‘para bo‘lgan kunlarini hayotlaridagi eng baxtli damlar sifatida bir umr eslab yurishadi. Qizlar mard, mehnatkash, ibodatli, oilasi haqida qayg‘uradigan, xushmuomala va g‘ayratli yigitga turmushga chiqishsa, ular uchun bundan ortiq baxt bormikin?.
Oila qo‘rg‘onining poydevori, uning mustahkam qal’asi, er-xotinni mahkam bog‘lovchi rishtasi va xuquqiy asosi nikohdir. Nikoh insonlar jamiyatida eng muqaddas bitim hisoblanadi. Chunki hayotda halol va haromni ajratish, er-xotinning haq-huquqlariga rioya etish, oila tuzish, inson naslining davomiyligini ta’minlash, yosh avlod tarbiyasi shar’iy nikohga bog‘liq masalalardir.
Islom ta’limotiga ko‘ra oila Yaratganning roziligini topish, Payg‘ambar alayhissalom axloqlari, islomiy odob bilan ziynatlanish maqsadida quriladi. Shuning uchun dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida ahamiyat beradi. Alloh taolo aytadi: «Alloh sizlar uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun o‘g‘illar va nabiralar paydo qildi» (Nahl surasi, 72-oyat). Payg‘ambar alayhissalom bir hadislarida: «Nikoh mening sunnatimdir, kim sunnatimdan voz kechsa, u mendan emas» (ya’ni ummatimdan emas), deganlar. Demak, nikoh asosida turmush qurish Alloh taoloning buyrug‘i, Payg‘ambar alayhissalomning sunnatlari ekan, musulmon kishi oila qurish yo‘lida harakat qilishi, oilasini shar’iy nikoh asosida qurishi lozim. Nikoh tufayli inson o‘z nasl-nasabining pokligini saqlaydi, iffatini asraydi, buzuqlik, zino singari harom ishlardan tiyiladi.
Nikoh asosiga qurilgan oilaviy turmush – nozik masala. Unga aql va farosat, mulohazakorlik va bosiqlik bilan, ikkovi tomonning manfaatlarini taroziga solib yondoshish kerak. Eng achinarlisi, keyingi paytlarda ayrim yoshlar nikoh va taloqning mohiyatini his etmay, bo‘lar-bo‘lmas sabablar bilan xotinini taloq qilishga borishyapti, nafs va shayton so‘ziga kirib shirin turmushlarini og‘uga aylantirishyapti, gulday oilani barbod qilib, farzandlarini tirik yetimga aylantirishyapti. Ba’zi kelinlarimiz oilaning qadriga yetmay turmush qurishga qanchalik oshiqishsa, erdan ajralishga ham shunchalik tez kirishishadi. Bugungi kunda hayotga yangi qadam qo‘yayotgan yoshlarning nikoh masalasiga mas’uliyatsizlik bilan qarab, «turmush» deya atalgan buyuk olamning sir-sinoatlariga, uning turli mashaqqatlariga, hayot achchiq-chuchuklariga, sinov-imtihonlari hamda tashvishlariga tayyor emasliklari ayon bo‘lmoqda.
Yoshlarning aksariyati turmush, oila, baxt degan tushunchalarni juda yuzaki tushunadi. Hayot hamisha o‘yin-kulgidan, ko‘ngilxushlik-lardan, extirosli uchrashuvlardan iborat, deb o‘ylaydi. Kattalar esa farzandlarini baxtli qilishning asliy o‘lchovlaridan chekinib ketishgani uchun o‘zlari xohlamagan holda ularning baxtlariga raxna solishmoqda. Toki axloqimizning, odobimizning azaliy musaffo chashmalaridan suv ichilmas ekan, toki oilamizda chinakam munosabatlarga – rahm-shafqat, mehr-oqibat, hurmat-izzat, muhabbat-sadoqat kabi fazilatlarga qaytilmas ekan, bu ixtiloflar, janjal-mojarolar davom etaveradi, murosasizlik kuchayaveradi.
Har qanday kishi o‘zida yo‘q narsani boshqadan qidiradi va uni qadrlaydi. Ammo fe’l-atvor (xarakter)larning o‘xshamasligi, turli-tumanligi oiladagi murosasizlikka, g‘ishava-janjallarga sabab bo‘lmasligi kerak. Turmush va uy-ro‘zg‘orga tegishli ishlarni er-xotin bir-birlaridan yashirmasliklari kerak. Er ba’zida xotinining noo‘rin ishini bilsa, unga muloyimlik bilan nasihat qilishi, bu ishining xato yoki gunoh ekanini tushuntirishi zarur. Xotin ham erining ehtiyojini, sa’yi va kasbida yalqovligini sezsa, uni to‘g‘ri yo‘lga solib ko‘nglini ko‘tarsin, tasalli bersin, g‘ayrat bag‘ishlasin. Ikki tomon har qanday holatda ham bir-birlari hamdard bo‘lishga ahd-paymon qilishlari talab etiladi. Masalan, ulardan biri kasal bo‘lsa, ikkinchisining iltifotsiz qarab, uni boqmasdan o‘z holiga tashlab qo‘ymasligi lozim.
Oila hayoti hech qachon faqat shodu xurramlik, baxt-saodatdan iborat bo‘lmaydi. Turmushda ixtilof va tashvishlar, qiyinchilik va yetishmovchiliklar, musibat va g‘am-anduhlar keragicha uchraydi. Er-xotin birgalashib qarshi kurashsagina ularni yengish oson kechadi hamda oila xotirjamligi tezroq mustahkamlanadi.
Oila jamiyatning mustahkam poydevori bo‘lib uning mustahkamligi, farovonligi, tinch-totuvligi jamiyat taraqqiyotining asosidir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik xotirjamlik. ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy - ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur".O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Harakatlar strategiyasi’dagi yosh oilalar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida uy-joylar berish, tadbirkor orqali esa ularning bandligini ta’minlash kerakligini aytib o‘tdilar. Shu qatorda mamlakatimizdagi olib borilayotgan islohotlar natijasida respublikamizning barcha viloyatlari, tumanlari va qishloqlarida aholining turmush tarzi, yashash sharoitlari, ijtimoiy ongi ham rivojlanib boryapti. Ayniqsa, so‘nggi yillardagi islohotlar xalq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot davlatimizdagi barchaning muammolarini tez va oson hal etilishiga sabab bo‘lmoqda. Jamiyatning ustuni bo‘lgan oila esa hozirgi kunda ham, avvalari ham davlat uchun muhim bir bo‘g‘in bo‘lib hisoblanib kelgan. Mamlakatimiz yoshlarini jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun barcha shartsharoitlari yaratib berilmoqda.
Yosh er-xotinlar muammolari uzoq vaqtdan beri ko‘plab oilaviy hayot tadqiqotchilari uchun qiziqish uyg‘otadi, chunki nazariy va empirik jihatlar tadqiqot uchun qiziqish uyg‘otadi, chunki oila jamiyatning asosiy institutlaridan biridir. Shu bilan birga, oila kichik guruh va, demak, jamiyatning eng barqaror qismi bo‘lib qoladi. Oila insonning hayotini ta’minlash va nasl qoldirish, madaniy va tarixiy tajribani saqlash va etkazish uchun zarurdir. Shunga qaramay, eng ko‘p ajralishlar 5 yildan kamroq vaqt davomida mavjud bo‘lgan oilaga, ya’ni yosh oilaga to‘g‘ri keladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bunday oila jamiyatda aholining eng himoyasiz qismi hisoblanadi.
Bugungi kunda oilalar ko‘plab muammolarga duch kelishmoqda. Oilalarning daromad darajasi bo‘yicha tabaqalanishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, yana bir muhim muammo - oilaviy an’analar va xulq-atvor normalarini yo‘q qilishdir. Oiladagi munosabatlarning tabiati nafaqat turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi, balki ularning bolalar va keksa avlodlarga bo‘lgan munosabatlari, shuningdek, ta’lim usuli va turidagi kelishmovchiliklardir. Ushbu o‘zgarishlarning muhim qismi jamiyatning o‘zida nikoh institutiga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi bo‘lib, bu rasmiy nikoh o‘rniga birgalikda yashashning tarqalishiga yordam beradi.
Yosh oilaning asosiy xususiyati uning shakllanishi jarayoni bo‘lib, sheriklar bir-birlarini va o‘z munosabatlarini yangicha idrok qila boshlaganlarida. Qoida tariqasida, yosh oilalarning moddiy ta’minoti etarli darajada emas, uning a’zolari o‘rtasida aniq, o‘rnatilgan munosabatlar mavjud. Ijtimoiy rollar hali o‘rnatilmagan, shuningdek, oilaga etarli darajada moslashish va ittifoqning jamiyatga nisbatan ijtimoiylashuvi yo‘q.
Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o‘rtasidagi nizolardir. Xo‘sh, eng ezgu niyatlar bilan bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin ularning o‘zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro‘y beradi? Ular nima uchun urushadilar? Umuman er-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush-janjallarsiz ham yashasa bo‘ladimi? Bu kabi savollarni yana ko‘p davom ettirish mumkin.
Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo‘lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo‘lmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Haqiqatdan ham ilk bolalikdanoq ko‘plab ertaklar eshitib, keyinchalik o‘zlari ham ularni turli kitoblardan o‘qib o‘sgan yoshlar o‘zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlarini adekvat tasavvur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilmlarda ham qahramonlar bir-birlariga yetishgunlariga qadar ne-ne mashaqqatlarni, zahmatlarni boshlaridan kechirib, bu yo‘lda duch kelgan qora kuchlarni yengib. Bundan tashqari aksariyat niuvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-qizlar o‘z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o‘zlarining bo‘lajak oilaviy havotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so‘ng o‘g‘il bolalar xuddi o‘z otasidek va qizlarimiz o‘z onalaridek «ota», «ona», «er», «xotin» bo‘lishni orzu qiladilar. Chunki ular o‘z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy muno- sabatda boiuvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotin- larni ko‘rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo‘lsa ham ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga syezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko‘rsatish an’analari mavjud. Bularning hammasi yoshlar- da oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo‘ladi.
Oila qurish ulkan voqea. Bu nafaqat milliy, balki umumbashariy qadriyat.Bo‘lajak kelin va kuyovning dastlabki oilaga qadami,o‘zaro muloqotga kirishishlari, qiziqishlarining uyg‘unligi hisoblansa, keyinchalik oila qurgan kelin-kuyov o‘zlarining hayotiy sikllarini bosqichma-bosqich bosib o‘tishadi. Yangi oilaviy juftlikning tashkil topishi uning a’zolaridan o‘zlarida nikohgacha mavjud bo‘lmagan integrativ sifatlarni shakllantirishlarini taqozo etadi. Bir vaqtning o‘zida oila qurish kelin-kuyovlarning anglagan holda nimalardandir o‘zlarini chegaralashga roziliklari hamdir. Yosh oila tizim sifatida ma’lum sharoitlarda uning elementlarini qo‘llab-quvvatlaovchi o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmlarini ham shakllantiradi. Mazkur mexanizmlar oilaviy hayotning turli sohalaridagi xulq – atvor normalari hisoblanib,olim Kuzlena inqirozlarni alohida ko‘rsatib, er-xotinning oilada normativ inqirozlarini kechirishlarini ta’riflaydi:
- er-xotinning er-xotinlik majburiyatlarini qabul etishi. Bunda er-xotinning oila muqaddas dargohligini anglagan holda, shunchaki birga yashash emas,balki er-xotinning kunglining tubidan oila barpo etganliklarini, undagi munosabatda er-xotinning qanday vazifa va majburiyatlari borligini chuqur his etishlari lozimligidir.
Majburiyatlarni qabul etishda qaysi tomondan yuzaki munosabat paydo bo‘lsa, oilaning dastlabki normativ inqirozlarida muommoli vaziyatlar ko‘zga ko‘rina boshlaydi;
- er-xotinning ota-onalik rolini anglashi va yangi oila a’zosining paydo bo‘lganligini qabul qilishi.
- Farzandning tashqi ijtimoiy muhitga qo‘shilishi.
- Bolani o‘smirlik davriga kirganligini er-xotin tomonidan qabul qilinishi.
- Voyaga yetgan farzandning uyini tark etishi.
Yangi tuzilgan oilada bir qator moddiy, psixologik, ijtimoiy-psixologik xarakterdagi qiyinchiliklar va muammolarni yengishga to‘g‘ri keladi. Oila-nikoh moslashuv jarayoni qanchalik samaraliligiga qarab yosh oilaning barqaror yoki beqarorligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Oilaga moslashuv vaqti bir qancha omillar- ijtimoiy muhit sharoitlari va talablari, insonning muloqotmandlik, o‘zgalar bilan hamkorlik va kooperatsiyaga intilish, hamdard va hamnafas bo‘la olish qobiliyatlariga , o‘z hissiyotlari va emotsiyalarini nazorat qila olish hamda kundalik tushkunliklarni yenga olish malakasiga bog‘liq bo‘ladi.
Er-xotin munosabatlarinig rivojlanishi o‘ziga xos qonuniyatlarga ega. Shunday xususiyatlardan biri er-xotin munosabatlari rivojlanishida chuqur nonormativ inqirozlarning yuzaga kelishidir. Er-xotin munosabatlari, muloqotida ro‘y beradigan inqirozli bosqichlar quyidagilardan iborat.
Birinchi inqiroz oilaviy hayotning birinchi uch yili davomida namoyon bo‘lib,ya’ni yosh er-xotinlar bir-birlariga va o‘zlari uchun hali yangi bo‘lgan birgalikdagi er-xotinlik hayotiga moslashishi, o‘rganish davriga to‘g‘ri keladi. Bu inqiroz aksariyat xollarda oilaviy hayotning birinchi yillarida ro‘y beradi.
Ikkinchi inqiroz oilaviy hayotning 4-7 yillariga to‘g‘ri keladi. Bu inqiroz nisbatan og‘irroq kechuvchi inqiroz bo‘lib,bunda er-xotinlarning bir-birlariga mos tushishi aniqlanadi. Shuning uchun ham aksariyat muvaffaqiyatsiz oilalarning nonormativ inqirozlari ko‘proq shu davrga to‘g‘ri keladi.
Uchinchi inqiroz er-xotin munosabatlari rivojlanishida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan navbatdagi, ya’ni birgalikdagi hayotning yigirmanchi yillaridan so‘ng, aniqrog‘i,farzandlar voyaga yetib, ular oila qurib, o‘zlari mustaqil bo‘lib ota-ona oilasidan ajralib ketganlaridan so‘ng ro‘y beradi. Albatta, bu bosqich Yevropa xalqlariga mansub millat oilalarida kuchliroq seziladi. O‘zbek oilalarida esa uning etnik xususiyatlari, ko‘p farzandlilik, oilalarning bo‘linmaganligi, ko‘p tabaqaliligi, yosh oilaning ota-onasidan mustaqil emasligi va shu kabi xususiyatlardan kelib chiqqan holda uchinchi inqiroz bosqichi nisbatan yashirin kechadi. Yurtimizda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, uchinchi bosqichni boshdan kechirayotgan o‘zbek oilalarida er-xotinlarni birlashtirib turuvchi maqsadlar, to‘y qilish, quda-andali bo‘lish kabilar ularni bir-birlariga kuchliroq bog‘lab qo‘yadi, lekin bu davrdagi inqiroz farzandlarga, kelinga bo‘lgan munosabatlarni belgilashda, yo‘lga solishda, oiladagi yirik masalalarni hal etishdagi fikrlar qarama-qarshiligida albatta namoyon bo‘ladi.
Nikohdagi hamkorlar, qoida tariqasida, aniq va yoki yozilmagan qoidalar asosida harakat qilishadi. Ko‘pincha er-xotinlarning o‘zlari o‘zaro mas’uliyatlari, oilada mehnat taqsimoti, maishiy budjet taqsimoti to‘g‘risida kelishib oladilar. Manbalarda keltirilishicha, “oilada o‘zaro hamkorlik va hamkorlik tizimi bosqichma-bosqich rivojlanib boradi.
Tabiiyki, er va xotinning harakatlari oilaviy hayotning asosiy maqsad va vazifalarini qanday tushunishlari bilan belgilanadi. Er-xotinning har biri oila hamkorligiga hissa qo‘shadi. Er yoki xotinning xulq-atvori nikoh qoidalari orqali qilgan talablariga javoban tashkil etiladi. Agar xatti- harakatlar bu taxminlar va talablarga javob bermasa, unda mojaroli vaziyatlar, majburiyatlar bajarilmaganligi haqida o‘zaro ayblovlar vujudga keladi”.
Birgalikda yashash har bir oila a’zosidan o‘z harakatlarini boshqalar qanday baholashlari nuqtai nazaridan doimo baholashni talab qiladi. Yillar davomida, er-xotinlar boshqa juftliklarning yashash tarzlarini kuzatib oila haqida juda aniq tasavvurga ega bo‘lishadi.Oilada kelishuv uning har bir a’zosi boshqa oila a’zolarining xulq-atvori, niyatlari va istaklariga qarab asta-sekin o‘z xulq-atvorini o‘zgartirishi mumkin.
Muvaffaqiyatli oilaviy hayot yuqori sabrlilik, moslashuvchanlik va eng muhimi, yuqori darajada rivojlangan adaptiv qobiliyatlarni talab qiladi. Er va xotin o‘z harakatlarini faqat ular o‘rtasida kelishuv mavjud bo‘lgan darajada muvofiqlashtira oladilar. Kelishuv boshqa asoslanadigan umumiy taxminlarni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, nikohning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan er-xotinning muayyan minimal umumiy fikrlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi.
Psixologlarning ta’kidlashicha, har bir inson vaziyatni o‘z ta’rifi asosida tushunadi. O‘zaro tushunmovchiliklar ko‘pincha er va xotin turli hodisalarni o‘z qarichlari asosida baholashi mumkinligidan kelib chiqadi. Misol uchun, oilaviy hayotning turli muammolari ba’zan turmush o‘rtoqlar uchun turli ma’noga ega. Oilaviy munosabatlar o‘zaro munosabatlarning bir turi hisoblanadi.
Rus psixologi N. N. Obozovning fikriga ko‘ra,- “ichki rivojlangan munosabatlar keng doiradagi hodisalarni qamrab oladi: odamlarning bir- birlarini tushunishi va his qilishi, o‘zaro tortishish( jalb qilish va xushyoqish), o‘zaro ta’sir va xatti-harakatlar (xususan, rol o‘ynash)” Shaxslararo munosabatlarning barqarorligi, chuqurligi va yaqinligining asosiy mezoni "insonning insonga jozibadorligi"dir. Odamlarning bir-birini anglashi va tushunishi, o‘zaro hurmati va xulq-atvori keng ko‘lamda tafovutlarga ega bo‘lishi mumkin, lekin "qoniqish-qoniqmaslik" nisbati shaxslararo munosabatlarni baholashning asosiy mezoniga ham aylanadi.
Har bir oilaviy uslub er-xotinning shaxsiy mayllari va ehtiyojlarini aks ettiradi. Ushbu uslublarning har birining shakllanishi turmush tarzi haqida muayyan qadriyatlar va g‘oyalarni ajratish va o‘zaro umid va ehtiyojlarning o‘zaro bog‘liqligini o‘z ichiga oladi. Mos yelmaydigan ehtiyojlari bilan yashaydigan juftliklar nikohi juda zaif bo‘ladi. Misol uchun, bir hissiy yaqin nikoh va nizolarni kamaytirish uchun bir istagi bilan ayolini turtkilovchi oila boshisi dastlab uchraydigan holatdek ko‘rinadi. Lekin ko‘p jihatdan izchil hislar va taxminlar bilan ham juftliklar mojarolardan xoli qilib turmushi kafolatlanmaydi. Oilaviy munosabat uslublarini ko‘rib chiqsak:
"Maslahatli birdamlik" - "yaxshi yoki yomon kunda birga bo‘lish". Bu er-xotin bir-biriga qattiq bog‘lanib, "baxtli yashash va bir kunda o‘lish"ni orzu qilib, birgalikda qiyinchilik va quvonchlarni boshdan kechiradilar. Bir-birlarining didlari bilan bo‘lishib, doimo umumiy fikrga kelishga harakat qiladilar. Ularning shaxsiyati "biz" so‘zidan kelib chiqadi: ular birgalikda erning yuqori tarzda muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlash uchun ishlashadi (xotin ko‘pincha ishlamaydi), shuningdek, bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanishadi. Hamkorlik va fikr birligini qadrlashadi. Bunday er-xotin o‘rtasida kelishmovchiliklar deyarli yo‘q.
Juftliklarning vazifalaridan biri norozilikning sabablari sonini kamaytirishdir. Ularning kundalik hayoti ko‘plab marosimlardan iborat: hamma narsaga joy va vaqt bor va oila a’zolarining har birining roli aniq belgilangan. Bu yerda boshqa ittifoqlarga qaraganda, mas’uliyat turmush o‘rtog‘ining jinsiga qarab taqsimlanadi: xotin uyda shug‘ullanadi va er pul topadi deb taxmin qilinadi. Shunga qaramay, hamkorlar birgalikda qaror qabul qilishadi.
Ba’zan ayollar uydagi vaziyatdan charchaydi. Shunday holatda ular tashqi dunyo sirlarni ko‘rish istagi – yangiliklarni ko‘rish istagida bo‘lishadi. Er yangiliklarga, yashash va fikrlashning boshqa usullariga ko‘proq qiziqish ko‘rsatadi. U "tashqi aloqalar" va oilaning ijtimoiy himoyasi uchun mas’ul bo‘lgan er-xotinning "vakolatli vakili" deb o‘zini his etadi. Xotin ichki masalalarga ko‘proq e’tibor qaratadi: xavfsizlik, g‘amxo‘rlik va muloyimlik. Bu komplementarlik oila a’zolarining bir-biriga bog‘liqligini oshiradi.
Mustahkam bunday “qal’a” oilasining asosiy ko‘zgusibarqarorlikdir. Er-xotin muayyan vazifalarni bajarganda, hayot yanada uyg‘unlashadi. Er-xotinlar ba’zi pozitsiyalaridan voz kechib, to‘qnashuvdan qochishga harakat qiladilar. Muammolarni hal qilishda ular an’anaviy, isbotlangan usullarni afzal ko‘radilar.
Taniqli psixiatr B. Furst er va xotin o‘rtasidagi nizolar avj olganda, ko‘pincha kurashning noto‘g‘ri shakllariga murojaat qilishiga e’tibor qaratgan: er borgan sari erkak ustunligini ko‘rsatadi, uy xo‘jaligini boshqarishda ishtirok etishdan bosh tortadi va xotinga tegishli talablar qo‘yadi. Xotin bunga javoban ayol ustunligini ko‘rsatishga va eriga qarshi turishga harakat qiladi. Vaziyat o‘zaro kurashga aylanadi.
Juftliklar bir-birlarini barcha qiyinchiliklarda ayblaydilar, kim bilan turmush qurishmasin, endi bir-birlari bilan munosabatlarida duch keladigan bir xil muammolarning juda katta qismiga duch kelishlarini anglamaydilar. Turmushdagi sheriklar ularning munosabatlarida yuzaga kelgan muammolar asosan obyektiv, ijtimoiy xarakterga ega ekanligini tasavvur qilmasdan, ularning shaxsiy xususiyatlariga yoki ularning boshqa qusurlari bilan o‘z muammolarini belgilaydilar.
“Er-xotinlar farzandlarini qiyinchiliklarida ayblashlari va ularga qarshi g‘azablanishlari mumkin. Juda tez-tez, er va xotin o‘rtasidagi nizo faqat o‘zaro xudbin pozitsiyadan olib boriladi; har bir hamkor manfaatlari hisobidan o‘z yo‘lini oladi va bir butun sifatida oila umumiy manfaatlariga muvofiq masalani hal qilishga harakat qilmaydi.
Er-xotinlar bir vaqtning o‘zida barcha sohalarda o‘zlarini o‘zi yetarli darajada mukammal qilishga harakat qilishadi: oilaviy munosabatda, ota-ona rolida, madaniy, fuqarolik rollarida ham. Ammo jinsiy tamoyiliga ko‘ra mas’uliyatlarning taqsimlanishi rad etiladi, bu yerda "hamma teng"tamoyili hukm suradi. Muloqot paytida, hamkorlar o‘z his-tuyg‘ular va manfaatlarini keng ochishmaydi. Har ikki er-xotin umumiy qarorlar qabul qilish uchun belgilangan bo‘lsa, eng munosibini qabul qilishi mumkin bo‘ladi: nima bugun ularga mos yoki mos emas qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tashqi dunyo bilan aloqalar er-xotinning individual xususiyatlari kabi yuqori baholanadi. (Birga yoki alohida) chiqib sayohat, ziyorat qilish uchun ota-onalar yoki do‘stlarni taklif qilishadi, davrani kerakli ozuqa va hamkorlar muloqotini boyitadi, bu qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. O‘zlari uchun oilaviy yig‘ilishga toqat qilmaydi, uni zerikish va tashvish manbai deb hisoblaydi. Bunday ittifoqlar ko‘proq rivojlangan jamiyatda shakllanadi, bu yerda xam istaklarni qondirishning iqtisodiy va madaniy shart-sharoitlari mavjud. Oilalar-uyushmalar odatda shaharlarda yashaydi, bu yerda hamkorlar ham rivojlanadi, ham yetarli pul topish imkonini beradi.
Turmush o‘rtoqlari vaziyatni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa, ular hayotdan hamma narsani olish imkoniyatiga ega bo‘ladi: birga yashash quvonch, va bir kishi sifatida o‘zlarini tushunib qobiliyati. Munosabatlarda moslashuvchan ularga yana va yana kartalari shug‘ullanish imkonini beradi, har bir istaklari va imkoniyatlarini moslashtirish. Er-xotinning shaxsiy manfaatlari ajralib chiqsa va oilaviy hayot shaxsiy rivojlanish uchun to‘siq bo‘lib qolsa, muammolar odatda paydo bo‘ladi. Kelishuvga erishish uchun oilaviy uyushmalar a’zolari ko‘pincha muzokara qilishlari kerak. Agar ittifoqni saqlash juda ko‘p qurbonliklarni talab qilsa, er-xotinlar odatda ajratishga qaror qilishadi.
|